MEHTAR

MEHTAR

MEHTAR (fors. — ulugʻ, janob) — saroy mansablaridan biri. Somoniylar davlatida boobroʻ shaxslar, davlat arkonlari. Baʼzi manbalarda Mehtar «qishloq oqsoqoli» yoki «otboqar, sayis» — maʼnolarida ham qoʻllanilgan. Buxoro xonligida Mehtar hukmdorga yaqin 4 davlat mansabdorlaridan ikkinchisi boʻlib, baʼzan u oliy farmonga muvofiq, saroyga otdan tushmagan holda kirishga haqli hisoblangan. Mehtar zimmasiga zakotdan, shuningdek, tovar, aqcha, don, chorva singari tushumlarning qonunga binoan, zarur oʻrinlarda ishlatishni nazorat qilish vazi-fasi yuklatilgan;

Ensiklopediya.uz
MEHTAR