MEHRIBONLIK UYLARI

MEHRIBONLIK UYLARI

MEHRIBONLIK UYLARIyetim va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalar uchun davlat tomonidan ochilgan taʼlim tarbiya muassasasi. Yetim yoki qonuniy vasiylar qaramogʻida boʻlmagan bolalar, ota-onalari sud hukmi bilan otaonalik huquqidan mahrum qilingan, otaonalari voz kechgan bolalar uchun tashkil qilingan. Mehribonlik uylarida 3 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan sogʻlom bolalar yashashi va tarbiyalanishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi. Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchilarni oʻqitish va boqish toʻla davlat taʼminoti asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Mehribonlik uylari 3—7 yoshli bolalar uchun bolalar botasi tartibida, 7—16 yoshli bolalar uchun umumiy oʻrta taʼlim maktabi tartibida ishlaydi hamda maktab taʼlimtarbiyaviy dasturiga muvofiq ish olib boradi. Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchilarning maktab oʻquv dasturini toʻliq oʻzlashtirishlari, ularning mehnat koʻnikmalarini shakllantirish va mustahkamlash, jismoniy kamol topishlari, axloqiy hamda estetik tarbiya olgan barkamol shaxslar boʻlib yetishishlari taʼminlanadi. Щuningdek, yuqoridagi maqsadlarga qaratilgan maʼnaviymaʼrifiy, madaniy-ommaviy tadbirlar olib boriladi.

Ensiklopediya.uz
MEHRIBONLIK UYLARI