Mehri Bekchanova Biografiyasi to’liq malumot oling
Galdagi qahramonimiz o`zini teatrga bag`ishlagan va san`atdan ikki karra baxt topgan baxtli ijodkor, O`zbekiston xalq artisti Mehri BEKChANOVA. Aktrisa ortga nazar tashlab, umr va hayot yo`lini yodga oldi…
— 1962 yil 1 yanvarda Namangan viloyati Pop tumanida tug`ilganman. Rahmatli otam G`ulomjon Hojimatov oddiy ishchi bo`lgan, insultga chalinganidan so`ng nogironlik nafaqasiga chiqqan. Onam Aziza Otajonova kolxozda ishlagan, hozirda nafaqada. Oilada uch farzandmiz, ikkita ukam bor. Tabiatan o`g`il boladek fe`lim bor, shaddodman. Taqdir taqozosi bilan ota-onamning turmushi bo`lmagach, onamning ota-onasi qo`lida katta bo`lganman. Buvam temirchi edi, yonida shogirdidek turib, o`g`il bola qiladigan ishlarni ham bajaraverardim. Hatto meni «Mehrillo, o`g`lim”, deb chaqirardilar (kuladi). Bolalarcha fikrlab, otam va uning qarindoshlariga nafrat ko`zi bilan qarardim. Onamning qiynalganini ko`rganim uchunmi ajrashishgani ruhiyatimga qattiq ta`sir qilgan. Institut talabasi bo`lgan kezlarim buvam «O`g`lim, avvalo otangizni, buva-buvingizni ko`rib keling. Ular ham sizni sog`inishadi”, deb borishga majburlardilar. Birga yashamaganimiz uchun otam meni «Mehrixon, qizim”, deb sizlab gapirardi, bundan esa g`azab otiga minardim, g`ashim kelardi. Ota mehri, to`laqonli oilada yashash baxtidan judo qilgani uchun ham otamni yomon ko`rardim. Ulg`aygach, bolalarcha fikrlab xato qilganimni tushunganman.
Ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi, ustozim Salomatxon Dehqonovaning kiyinishi, soch turmagi, yurish-turishidan to dars o`tishigacha havas qilib, «Katta bo`lsam, albatta, o`qituvchi bo`laman”, deb niyat qilardim. Dars bir nafasda o`tardi, nazarimda tez tugab qolgandek tuyulaverardi. Ustozim uy vazifalarni tekshirish uchun daftarlarni menga ishonib berib yuborardi, o`qituvchilikka ixlosim baland edi-da. Keyinchalik san`at tarozi pallasini bosib, rejalarim o`zgarib ketdi.
Bir yili bizning «v” sinfni ikkita sinfga bo`ladigan bo`lishganida, dugonam Gulnora Qahhorova «a” sinfga o`ting, hamma a`lochilar birga o`qiymiz”, deganida fikrini ma`qullagandim. Shunda «v” sinfdagi sinf rahbarim chaqirib, «nega «a” ga o`tib ketding, o`zimizga qaytgin”, deganida er chizib turganman. Shunda sinfdoshlarim singari ustozim ham mendan ranjib, «bor, chiqib ketaver”, degandi. O`shanda ularni xafa qilib qo`ygandim. Intizomli o`quvchi bo`lsam-da, bir marta shumlik qilganman. Qaysidir yili qish juda sovuq kelganida, sinfdoshim Gulnora bilan shumligimiz tutib, birgalikda «Nazarali Niyozov nomli 40-sonli muzlatkich”, deb sarlavha qo`yib, e`tirozlar «guldasta”si bilan to`lgan devoriy gazeta tayyorlab, maktabning kiraverishiga ilib qo`yganmiz. Direktor surishtira-surishtira oxiri maqola mualliflari biz ekanimizni bilgan va rosa tanbeh bergandi. Lekin shumligimiz ortidan maktabni isitish tizimini ta`mirlab berishgan (kuladi).
O`quvchilik davrimda o`ksinishimga sabab bo`ladigan holatlar juda ko`p bo`lardi. Maktabdagi ansambl qizlari bilan bir xilda oyoq kiyim olmoqchi bo`lganmiz. Otamning oldiga borib, 1 so`m 40 tiyin so`raganimda, «Pul yo`q edi-da”, degan. Xo`rligim kelib, uyga borib, buvamning ko`ksiga boshimni qo`yib yig`laganman (ko`ziga yosh oldi). Sinfdoshlarim 5 tiyinlik «pirojki” eyishsa, havasim kelib, otamdan pul so`rasam, yana o`sha gapni eshitardim. Otamning uyi maktabimizning oldida edi-da. Shu kabi holatlar bo`lganida yum-yum yig`lardim. Hozir mulohaza qilsam, o`sha vaqtda otamni haqiqatda puli bo`lmagan. Chap oyoq-qo`li ishlamaydigan otam nogironlik nafaqasini kutib o`tirardi. Bolalarcha o`ylaganman-da, hozir «bekor xafa bo`lganman”, deya o`zimni koyiyman.
— 7-sinfda o`qib yurgan kezlarim, maktabimizga Toshkentdan O`zbekiston xalq artisti Farog`at Rahmatova kelgan. Rayon rahbarlaridan biri Farida Ibrohimova «40-maktabdagi iste`dodli qiz — Mehri Hojimatovaning ovozini bir eshiting”, deb maktabga boshlab kelgan. Farog`at opaga Sultonposhsha O`daevaning «Oltin qo`llar”, «San`at — saodatim” qo`shiqlarini kuylab berganimda, «Ovozing yaxshi ekan. Senga maslahatim poytaxtga borib, Toshkent teatr va rassomlik san`ati institutida o`qigin! Nasib qilsa, shogirdim bo`lasan”, deb maslahat bergan. Ustoz san`atkor bilan uchrashganimdan hayajonlanib, kechalari bilan uxlolmay chiqqanman. Xayolan har kuni Toshkentda yurardim (miriqib kuladi). 1979 yil 10-sinfni a`lo baholar bilan tamomlaganimda kasb borasidagi tanlovim aniq edi. Toshkentga ham otam olib borolmagan, «Kim olib boradi, bir o`zim qo`rqaman”, deb yig`laganman. Shunda rahmatli Mo`minjon tog`am «O`zim olib boraman”, degan.
Baxtim shundaki, O`zbekiston xalq artistlari Baxtiyor Ixtiyorov, Husan Sharipovning kursida o`qish nasib qilgan. Keyin eshitishimcha, to`lachadan kelganim uchun Baxtiyor aka kursiga qabul qilmoqchi bo`lmagan. Vokaldan dars beradigan domla Asad Azimov ovozimni eshitib ko`rib, «Kelajakda zo`r san`atkor bo`ladi. Muqimiy nomidagi o`zbek davlat musiqali teatri uchun ham tayyor kadr”, degan. Shu gapdan so`ng ovozim uchungina Baxtiyor aka Musiqali teatr aktyori fakultetiga o`qishga qabul qilgan. O`qish boshlangach, tinmay jismoniy tarbiya bilan shug`ullanib, havas qilgulik qomatga ega bo`lganman. O`qishga kirgan yilim an`anaviy ijrochilik, maqom kafedrasi ochilgan. Yana bir omadim — ham vokal, ham maqomdan pedagoglar Sulaymon Taxalov, Oynisa Kuchlikova, Ishoq Kataev, Kommuna Ismoilova, sahna nutqidan esa Zuhra Olimjonovadan dars olganmiz. Leningraddan pedagoglar kelib, imtihon olishardi, maqtov eshitardim.
— Ma`lum vaqt spektakllarda ommaviy sahnada chiqib yurdim. Keyin Baxtiyor aka «Layli va Majnun” spektaklini sahnalashtirganida bosh rol — Laylini ijro etganman. Shundan so`ng ustoz o`n besh yil ketma-ket bosh rollarni ishonib topshirgan. Teatr borasida menga yoqmaydigan jihat bu — so`nggi vaqtlarda dramaturglarimiz zamonaviy asarlar yozishni boshlagandi. Spektakl uchun ariyalar zo`rma-zo`raki yoziladigan bo`lib qoldi. «Yuk”i bor asarlarda rol ijro etib, aktyor sifatida shakllanganimiz bois, mumtoz asarlarni teatr uchun zaruriyatini chuqur anglaymiz. «Bobur sog`inchi”, «Farhod va Shirin”, «Nodirabegim” kabi spektakllar repertuardan olib tashlanganida xafa bo`lganman. Bu spektakllar sahnaga chiqqunga qadar yaxshigina mehnat sarflangan, axir. Teatr komediyadan iborat emas-ku! Shukr, vaqt o`tib, Birinchi Prezidentimizning qarorlari bilan mumtoz asarlarimiz yana sahnaga qaytdi. «Tohir va Zuhra”, «Layli va Majnun” spektakllari qayta sahnalashtirildi. Yosh tomoshabinlarimiz bunday asarlardan bahramand bo`lishi shart. Teatrimiz avvalgidek zax-sovuq, tomidan chakka o`tadigan emas. Hozir kapital ta`mirdan chiqib, o`zgacha ko`rinish kasb etgan. Orkestr uchun ajratilgan joy kengaytirildi, yangi pardalar ilindi, sahna ta`mirlandi. Grim xonalarimiz ham jihozlanish arafasida. Qisqasi, ijod qilishga ham, undan bahramand bo`lishga ham barcha sharoitlar bor.
— Turmush o`rtog`im Aleksandr Bekchanov bilan tanishuvimiz qiziq kechgan. U kishi mendan bir yosh katta bo`lsa-da, bilim yurtini tamomlab, institutga kirgani uchun mendan bir kurs pastda o`qirdilar. Kimnidir izlab, Sasha akaning kursi etyud repetisiya qilayotgan xonani eshigini ochib qolganman. Shunda kursdoshi — dugonam Minavvar Boboeva «Ayni vaqtida keldingiz-da, kelin kerak bo`lib turgandi”, deya majburlab Sasha akani oldiga o`tkazib qo`yishgan. Keyin bilishimcha, Sasha aka meni bir ko`rishda sevib qolgan ekanlar (kuladi). Institutda to`qnashib qolsak, «Qalaysiz, kelinbola?” deb o`tardilar. Shu-shu bir-birimizga o`rganib, do`stlashib, keyin ko`ngil ham qo`ydik. Sahnadagi muhabbat, hayotga ko`chgan (kuladi). Uchinchi bosqichda o`qib yurgan kezlarimiz tanishgan bo`lsak, uch yil bir-birimizni sinaganmiz. 1982 yilda institutdan yozgi ta`tilga chiqqanimizda, Sasha aka rasmimni onasiga ko`rsatgan ekan. O`shanda «Kelinim o`zbek bo`ladi, albatta, shu qizga uylanasan!” degan ekanlar.
1984 yil institutni tamomlab, bir yil Sasha aka o`qishni tamomlashini kutganman (kuladi). Onamga Sasha akaga ko`ngil qo`yganimni aytganimda, «Kim u, nega ismi Sasha? Rusga kelin bo`lasanmi?” deb yig`laganlar. Qaynonam Nadya momo rus, qaynotam o`zbek. Lekin o`zbekona oila bo`lishgan, mahallada hurmati baland bo`lgan. Namanganga sovchilikka Xorazmdan opasi Zoya va Ahmadjon ismli do`sti kelgan. Qaynonam 1982 yilda vafot etgan-da. Taqdir ekan, 1985 yil Xorazm, Namangan va Toshkentda to`y qilganmiz. Rahmatli qaynotamning xizmatini qilganman, juda mehribon edilar. Yangi turmush qurganimizda sharoitimiz bo`lmagani uchun yotoqxonada yashaganmiz, doim Xorazmdan guruch, yog`, novvot kabi mahsulotlarni yuborishni kanda qilmasdilar. Sasha aka to`ydan avval «Mehri, sharoitimizni tushuning. Xudo xohlasa, hamma narsani o`zim olib beraman”, degandi, va`dasining ustidan chiqdi. Shukr, hozir ham hech kimdan kamimiz yo`q. Bir qiz, bir o`g`limiz, bitta nabiramiz bor. Dildora hozirda «Toshkent” teleradiokanalida jurnalist, dublyajda ham faol. Diyorbek O`zbekiston Davlat san`at va madaniyat institutining ikkinchi bosqich talabasi. Qizimiz Dildora, o`g`limiz Diyorbek izimizdan borishdi. Kelajakda o`z sohasining mohir ustasi bo`lishlari tarafdorimiz!
«To`laqonli oilada yashash baxtidan judo qilgan…»

— 1969 yil Lunacharskiy nomli 1-o`rta maktabning birinchi sinfiga qadam qo`yganman. Bu maktabda 4-sinfgacha o`qiganman. Boisi, bir nechta mahalla uchun yangi maktab qurilgan. Va mahallamizdagi yoshlarni Nazarali Niyozov nomidagi 40-o`rta maktabga o`tkazishgan. A`lochi, eng faol o`quvchilardan biri bo`lganman. Maktabimizdagi «Nihol” nomli san`at to`garagiga ham a`zo edim. Hamma tadbir, tanlovlarda doim birinchi o`rin menga nasib qilgan, hatto respublika bosqichigacha etib borganman. Yodimda, televidenie shu ansamblimiz haqida teleocherk tayyorlaganida uchta qo`shig`im bilan ishtirok etgandim. Direktorimiz meni «Maktabimiz yulduzi” derdi (kuladi). Meva va paxta terimlariga borganimizda, oshpazlik doim mening chekimga tushardi. Katta doshqozonda ovqat tayyorlardim.
Mehri Bekchanova Biografiyasi
Ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi, ustozim Salomatxon Dehqonovaning kiyinishi, soch turmagi, yurish-turishidan to dars o`tishigacha havas qilib, «Katta bo`lsam, albatta, o`qituvchi bo`laman”, deb niyat qilardim. Dars bir nafasda o`tardi, nazarimda tez tugab qolgandek tuyulaverardi. Ustozim uy vazifalarni tekshirish uchun daftarlarni menga ishonib berib yuborardi, o`qituvchilikka ixlosim baland edi-da. Keyinchalik san`at tarozi pallasini bosib, rejalarim o`zgarib ketdi.
Bir yili bizning «v” sinfni ikkita sinfga bo`ladigan bo`lishganida, dugonam Gulnora Qahhorova «a” sinfga o`ting, hamma a`lochilar birga o`qiymiz”, deganida fikrini ma`qullagandim. Shunda «v” sinfdagi sinf rahbarim chaqirib, «nega «a” ga o`tib ketding, o`zimizga qaytgin”, deganida er chizib turganman. Shunda sinfdoshlarim singari ustozim ham mendan ranjib, «bor, chiqib ketaver”, degandi. O`shanda ularni xafa qilib qo`ygandim. Intizomli o`quvchi bo`lsam-da, bir marta shumlik qilganman. Qaysidir yili qish juda sovuq kelganida, sinfdoshim Gulnora bilan shumligimiz tutib, birgalikda «Nazarali Niyozov nomli 40-sonli muzlatkich”, deb sarlavha qo`yib, e`tirozlar «guldasta”si bilan to`lgan devoriy gazeta tayyorlab, maktabning kiraverishiga ilib qo`yganmiz. Direktor surishtira-surishtira oxiri maqola mualliflari biz ekanimizni bilgan va rosa tanbeh bergandi. Lekin shumligimiz ortidan maktabni isitish tizimini ta`mirlab berishgan (kuladi).
O`quvchilik davrimda o`ksinishimga sabab bo`ladigan holatlar juda ko`p bo`lardi. Maktabdagi ansambl qizlari bilan bir xilda oyoq kiyim olmoqchi bo`lganmiz. Otamning oldiga borib, 1 so`m 40 tiyin so`raganimda, «Pul yo`q edi-da”, degan. Xo`rligim kelib, uyga borib, buvamning ko`ksiga boshimni qo`yib yig`laganman (ko`ziga yosh oldi). Sinfdoshlarim 5 tiyinlik «pirojki” eyishsa, havasim kelib, otamdan pul so`rasam, yana o`sha gapni eshitardim. Otamning uyi maktabimizning oldida edi-da. Shu kabi holatlar bo`lganida yum-yum yig`lardim. Hozir mulohaza qilsam, o`sha vaqtda otamni haqiqatda puli bo`lmagan. Chap oyoq-qo`li ishlamaydigan otam nogironlik nafaqasini kutib o`tirardi. Bolalarcha o`ylaganman-da, hozir «bekor xafa bo`lganman”, deya o`zimni koyiyman.
«Baxtiyor Ixtiyorov kursiga qabul qilishni istamagan»
— 7-sinfda o`qib yurgan kezlarim, maktabimizga Toshkentdan O`zbekiston xalq artisti Farog`at Rahmatova kelgan. Rayon rahbarlaridan biri Farida Ibrohimova «40-maktabdagi iste`dodli qiz — Mehri Hojimatovaning ovozini bir eshiting”, deb maktabga boshlab kelgan. Farog`at opaga Sultonposhsha O`daevaning «Oltin qo`llar”, «San`at — saodatim” qo`shiqlarini kuylab berganimda, «Ovozing yaxshi ekan. Senga maslahatim poytaxtga borib, Toshkent teatr va rassomlik san`ati institutida o`qigin! Nasib qilsa, shogirdim bo`lasan”, deb maslahat bergan. Ustoz san`atkor bilan uchrashganimdan hayajonlanib, kechalari bilan uxlolmay chiqqanman. Xayolan har kuni Toshkentda yurardim (miriqib kuladi). 1979 yil 10-sinfni a`lo baholar bilan tamomlaganimda kasb borasidagi tanlovim aniq edi. Toshkentga ham otam olib borolmagan, «Kim olib boradi, bir o`zim qo`rqaman”, deb yig`laganman. Shunda rahmatli Mo`minjon tog`am «O`zim olib boraman”, degan.
Maktabimizdagi ona tili va adabiyotidan dars beradigan ustozimiz xat yozib qo`limga tutqazib, «Do`stim Haydarali Uzoqov o`sha institutda ona tilidan dars beradi. Xatni do`stimga bergin, yordami tegadi”, degan. Haydarali domlani ko`rganman, lekin xatni berishga uyalganman. Imtihonlardan muvaffaqiyatli o`tib bo`lgachgina xatni ko`rsatganimda, «Nega avvalroq bermading? Mayli, muhimi o`z kuching bilan o`qishga kirib olding!” degandi.
Baxtim shundaki, O`zbekiston xalq artistlari Baxtiyor Ixtiyorov, Husan Sharipovning kursida o`qish nasib qilgan. Keyin eshitishimcha, to`lachadan kelganim uchun Baxtiyor aka kursiga qabul qilmoqchi bo`lmagan. Vokaldan dars beradigan domla Asad Azimov ovozimni eshitib ko`rib, «Kelajakda zo`r san`atkor bo`ladi. Muqimiy nomidagi o`zbek davlat musiqali teatri uchun ham tayyor kadr”, degan. Shu gapdan so`ng ovozim uchungina Baxtiyor aka Musiqali teatr aktyori fakultetiga o`qishga qabul qilgan. O`qish boshlangach, tinmay jismoniy tarbiya bilan shug`ullanib, havas qilgulik qomatga ega bo`lganman. O`qishga kirgan yilim an`anaviy ijrochilik, maqom kafedrasi ochilgan. Yana bir omadim — ham vokal, ham maqomdan pedagoglar Sulaymon Taxalov, Oynisa Kuchlikova, Ishoq Kataev, Kommuna Ismoilova, sahna nutqidan esa Zuhra Olimjonovadan dars olganmiz. Leningraddan pedagoglar kelib, imtihon olishardi, maqtov eshitardim.
Institutdagi besh yillik o`qishdan so`ng ustozimiz Baxtiyor Ixtiyorov kursimizni «guldasta” qilib, Muqimiy nomidagi o`zbek davlat musiqali teatriga ishga olib borgan.
«O`zimni kinoga urmaganman»
— Yoshligim teatrda katta-katta rollarni ijro etish bilan o`tgani bois o`zimni kinoga urmaganman. Shu sabab kinoga o`rta yosh vaqtimda kirib keldim. «Otalar so`zi – aqlning ko`zi” ko`rsatuvida turmush o`rtog`im Aleksandr Bekchanov bilan rollar ijro etganmiz. Buning uchun ustozimiz Mirabbos Mirzaahmedovdan juda minnatdormiz. Keyin rejissyor Mashrab Yunusovning olti qismli «Jaloliddin Manguberdi” telefilmida Mehrijahon rolini o`ynaganman. «Tog`li kuyov” filmiga esa tasodifan tushib qolganman. Bilishimcha, rollarga Saida Rametova va Muqaddas Xoliqova tasdiqlangan, biroq ularning vaqti to`g`ri kelmagan. Shu bois rejissyor Mashrab Kimsanovning tanlovi men va Barno Qodirovada to`xtagan. So`ng «Jahon otin Uvaysiy” telefilmida salbiy rol Nozikshoh nasib qilgan. Rejissyor Ahad Farmonovning «Muhabbatimsan” filmida ham ona rolini ijro etdim.
Bu yil esa sermahsul ijod qildim. «Tugun”, «Saodat”, «Dugonajonlar” seriallarida band bo`ldim. Rejissyor Jahongir Qosimovning «Nazira” filmida rol o`ynadim. Nasib bo`lsa, ketma-ket bari tomoshabinlarga namoyish etiladi.
«Teatr komediyadan iborat emas-ku»
— Ma`lum vaqt spektakllarda ommaviy sahnada chiqib yurdim. Keyin Baxtiyor aka «Layli va Majnun” spektaklini sahnalashtirganida bosh rol — Laylini ijro etganman. Shundan so`ng ustoz o`n besh yil ketma-ket bosh rollarni ishonib topshirgan. Teatr borasida menga yoqmaydigan jihat bu — so`nggi vaqtlarda dramaturglarimiz zamonaviy asarlar yozishni boshlagandi. Spektakl uchun ariyalar zo`rma-zo`raki yoziladigan bo`lib qoldi. «Yuk”i bor asarlarda rol ijro etib, aktyor sifatida shakllanganimiz bois, mumtoz asarlarni teatr uchun zaruriyatini chuqur anglaymiz. «Bobur sog`inchi”, «Farhod va Shirin”, «Nodirabegim” kabi spektakllar repertuardan olib tashlanganida xafa bo`lganman. Bu spektakllar sahnaga chiqqunga qadar yaxshigina mehnat sarflangan, axir. Teatr komediyadan iborat emas-ku! Shukr, vaqt o`tib, Birinchi Prezidentimizning qarorlari bilan mumtoz asarlarimiz yana sahnaga qaytdi. «Tohir va Zuhra”, «Layli va Majnun” spektakllari qayta sahnalashtirildi. Yosh tomoshabinlarimiz bunday asarlardan bahramand bo`lishi shart. Teatrimiz avvalgidek zax-sovuq, tomidan chakka o`tadigan emas. Hozir kapital ta`mirdan chiqib, o`zgacha ko`rinish kasb etgan. Orkestr uchun ajratilgan joy kengaytirildi, yangi pardalar ilindi, sahna ta`mirlandi. Grim xonalarimiz ham jihozlanish arafasida. Qisqasi, ijod qilishga ham, undan bahramand bo`lishga ham barcha sharoitlar bor.
«Sahnadagi muhabbat, hayotga ko`chgan»
— Turmush o`rtog`im Aleksandr Bekchanov bilan tanishuvimiz qiziq kechgan. U kishi mendan bir yosh katta bo`lsa-da, bilim yurtini tamomlab, institutga kirgani uchun mendan bir kurs pastda o`qirdilar. Kimnidir izlab, Sasha akaning kursi etyud repetisiya qilayotgan xonani eshigini ochib qolganman. Shunda kursdoshi — dugonam Minavvar Boboeva «Ayni vaqtida keldingiz-da, kelin kerak bo`lib turgandi”, deya majburlab Sasha akani oldiga o`tkazib qo`yishgan. Keyin bilishimcha, Sasha aka meni bir ko`rishda sevib qolgan ekanlar (kuladi). Institutda to`qnashib qolsak, «Qalaysiz, kelinbola?” deb o`tardilar. Shu-shu bir-birimizga o`rganib, do`stlashib, keyin ko`ngil ham qo`ydik. Sahnadagi muhabbat, hayotga ko`chgan (kuladi). Uchinchi bosqichda o`qib yurgan kezlarimiz tanishgan bo`lsak, uch yil bir-birimizni sinaganmiz. 1982 yilda institutdan yozgi ta`tilga chiqqanimizda, Sasha aka rasmimni onasiga ko`rsatgan ekan. O`shanda «Kelinim o`zbek bo`ladi, albatta, shu qizga uylanasan!” degan ekanlar.
1984 yil institutni tamomlab, bir yil Sasha aka o`qishni tamomlashini kutganman (kuladi). Onamga Sasha akaga ko`ngil qo`yganimni aytganimda, «Kim u, nega ismi Sasha? Rusga kelin bo`lasanmi?” deb yig`laganlar. Qaynonam Nadya momo rus, qaynotam o`zbek. Lekin o`zbekona oila bo`lishgan, mahallada hurmati baland bo`lgan. Namanganga sovchilikka Xorazmdan opasi Zoya va Ahmadjon ismli do`sti kelgan. Qaynonam 1982 yilda vafot etgan-da. Taqdir ekan, 1985 yil Xorazm, Namangan va Toshkentda to`y qilganmiz. Rahmatli qaynotamning xizmatini qilganman, juda mehribon edilar. Yangi turmush qurganimizda sharoitimiz bo`lmagani uchun yotoqxonada yashaganmiz, doim Xorazmdan guruch, yog`, novvot kabi mahsulotlarni yuborishni kanda qilmasdilar. Sasha aka to`ydan avval «Mehri, sharoitimizni tushuning. Xudo xohlasa, hamma narsani o`zim olib beraman”, degandi, va`dasining ustidan chiqdi. Shukr, hozir ham hech kimdan kamimiz yo`q. Bir qiz, bir o`g`limiz, bitta nabiramiz bor. Dildora hozirda «Toshkent” teleradiokanalida jurnalist, dublyajda ham faol. Diyorbek O`zbekiston Davlat san`at va madaniyat institutining ikkinchi bosqich talabasi. Qizimiz Dildora, o`g`limiz Diyorbek izimizdan borishdi. Kelajakda o`z sohasining mohir ustasi bo`lishlari tarafdorimiz!
Biografiya
Mehri Bekchanova Biografiyasi
Related Posts