MEHNATOBOD TUMANI
MEHNATOBOD TUMANI — Sirdaryo viloyatiщti tuman. 1979-y. 6 dek. da tashkil etilgan (1988-y. avg. da yangi tashkil etilgan Yangiyer tumaniga qoʻshib yuborilgan, 1990-y. 5-martda yana alo-hida tuman sifatida tiklandi). Mehnatobod tumani viloyatning jan. dan Xovos, sharkdan Boyovut, gʻarbdan Sharof Rashidov tumanlari, shim. dan Mirzaobod tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,42 ming km2. Aholisi 23,1 ming kishi (2000). Mehnatobod tumanida 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Bahoriston, Binokor, Zafarobod, Yoʻldo-shobod, Turkiston, Chamanzor, Qahramon, Husnobod) bor. Markazi Qahramon qishlogʻi.
Ensiklopediya.uz
MEHNATOBOD TUMANI