Mehnat — rohat va baxt
Mehnat — rohat va baxt
DO`STLARGA ULASHING:
Mehnat va rohat inson hayotining ikki muhim sharti — shaxsiy va ijtimoiylikni tashkil etadi.
V. VEYTLINGMehnatning samaradorligini anglab yetish eng zo‘r lazzatlardan biridir.
L. VOVENARGMehnat va huzur-halovat tabiatan turlicha bo‘lsa ham, baribir ular orasida qandaydir tabiiy bog‘lanish mavjud.
TIT LIVIYRohatning otasi ko‘pincha mehnatdir.
F. VOLTERMehnat oddiy kunlarni ham bayramga aylantirib yuboradi.
Ya. RAYNISFaqat mehnatgina odamning qalbiga tiniqlik, mutanosiblik va o‘z-o‘zidan qanoat tuyg‘usini olib kirib, uni baxtiyor qiladi.
V. G. BELINSKIYHayotda eng asosiysi mehnatdir. Hamma kasofatlardan, hamma qiyinchiliklardan faqat bir yo‘l — mehnat bilan qutilish mumkin.
E. XEMINGUEYDunyodagi hamma shodlik, hamma ezguliklarning manbai mehnatdir.
M. GORKIYBoqmasa dehqon chamanin tunu kun, Naql tarin ongla qurug‘on o‘tun.
A. NAVOIY
Mehnat baxt padaridir.
B. FRANKLINIshdan bir daqiqa ham bo‘shamagan soatlaringda o‘zingni g‘oyat baxtli sezasan.
J. FABRKishi mutlaqo jiddiyat bilan mehnat qilmasa, ya’ni o‘zi yeydigan bir burda nonini o‘z mehnati bilan ishlab topmasa — u baxtli bo‘lolmaydi.
D. I. PISAREVKishini tang qoldiradigan gumrohliklardan biri — inson baxti uning hech narsa qilmasligida, deb tushunilishidadir.
L. N. TOLSTOYBaxtning eng zarur sharti — mehnat: birinchidan, sevimli va ozod mehnatdir; ikkinchidan, ishtaha ochadigan va qattiq, tiniqtirib uxlatadigan jismoniy mehnatdir.
L. N. TOLSTOYMehnat, mehnat! Mehnat qilayotganimda o‘zimni qanchalar baxtiyor his etaman.
D. N. TOLSTOYMehnat odamlar uchun huzur-halovatdir.
EZOPIsh mening birinchi huzur-halovatimdir.
V. MOTSARTHuzur-halovatga erishmoq uchun mehnat qil.
J. J. RUSSOJismoniy mehnat ma’lum sharoitlarda «mushaklarning shodligi»ga aylanadi.
I. P. PAVLOVFaqat mehnatgina hayot safosini suring huquqini beradi.
N. A. DOBROLYuBOVBaxt mehnatni takomillashtirib borishdadir.
Ya. RAYNISDala, dastgoh, stol uzra bo‘lmasin
Ter to‘kmoqlik, mehnat — muazzam shodlik!
Tandan qaynoq ter chiqquncha bilma tin,
Ishla, tirish, mehnatda bo‘l otashin,
Mehnat bilan dunyodagi obodlik!
V. Ya. BRYuSOVO‘z ishini topa olgan odam saodatlidir, u boshqa saodatni axtarmay qo‘ya qolsin. Uning qiladigan ishi va yashashdan maqsadi bor.
T. KARLEYLAgar siz ishni o‘rinli tanlay bilsangiz va unga o‘zingizni, butun qalbingizni baxsh etsangiz, baxtning o‘zi sizni qidirib topadi.
K. D. UShINSKIYHar doim o‘z sevgan ishi bilan mashg‘ul bo‘lish insonning nodir baxtidir.
V. I. NEMIROVICh-DANChENKOBaxtga mehnat to‘g‘ri yo‘l solgay,
Boshqa yo‘l baxt sari bormagay.
A. ShUKURDoimiy ravishda va izchil olib boriladigan biron-bir ish turmushdagi qolgan hamma narsalarni ham tartibga soladi, hamma narsa shuning atrofida aylanadi.
E. DELAKRUAMehnat qilgan va sabr qilgan — Kishiga oshnodir chin baxtiyorlik.
I. GYoTESevgan ish g‘amga davo.
V. ShEKSPIRJismoniy mehnat ruhiy iztiroblarni unutishga yordam beradi.
F. LAROShFUKOKo‘ngling g‘ash bo‘lsa ishla, bug‘amdan qutulishning yagona vo-sitasidir. Iztirobga tushmas-lik uchun ishla: ishdan boshqahech narsa bu g‘amnok bo‘shliqdan
xalos etolmaydi. Omading yurishganda ham ishlayver: dimog‘dor bo‘lib ketishning oldini oladigan ishdan ham zo‘rroq dori-darmon yo‘q.
I. BEXERHalovatga qaraganda har qanday ish ham ko‘gilliroqdir.
DEMOKRITDunyoda o‘zi uchun munosib ish topolmagan odam eng baxtsiz odamdir.
T. KARLEYLIshni xohlagan, lekin o‘ziga ish topolmagan odam — yer yuzida baxt hammaga birdek taqsimlanmaganini ko‘rsatuvchi eng noxush manzaradir.
T. KARLEYLKommunizmda eng tuban qilmish uchun mehnatdan chetlashtirishdan ko‘ra og‘irroq jazo bo‘lmaydi.
L. M. DEONOVziyouz.uz
Mehnat — rohat va baxt