MEHNAT QOBILIYATI

MEHNAT QOBILIYATI

MEHNAT QOBILIYATI — xodimning sogligʻidagi holatidan kelib chiqadigan mehnat faoliyatiga boʻlgan qobili-yati. Xodim bajarishi mumkin boʻlgan ishlarning xususiyatiga qarab Mehnat qobiliyati quy-idagicha farqlanadi: umumiy Mehnat qobiliyati, yaʼni odatdagi sharoitlarda muayyan ishni bajarish qobiliyati; kasbga doyr Mehnat Qobiliyati, yaʼni muayyan kasb (ixtisos) boʻyicha ishni bajarish qobiliyati; maxsus Mehnat qobiliyati Q,, yaʼni muayyan i. ch. va ogʻir noqulay tabiiy iqlim sharoitlarida (yer osti ishlarida, noqulay mehnat sharoitidagi ishlar, mehnat sharoiti oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlar va b.) ishni bajarish krbiliyati. Ish koʻlamiga qarab toʻliq Mehnat qobiliyati va cheklangan Mehnat qobiliyati mavjud. 16 yoshga yetgan har bir fuqaro Mehnat qobiliyatiga ega deb hisoblanadi va uni ishga qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi (OʻzR Mehnat kodeksining 77moddasi). Ishga qabul qilishda istis-no tariqasida 15 yoshga toʻlgan oʻsmirlar ham Mehnat qobiliyatiga ega deb eʼtirof etiladi. Qonunga binoan, 14 va 15 yoshga toʻlgan shaxslar ota-onasidan birining yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxsning yozma roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin. Yoshlarni mehnatga tayyorlash maqsadida umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus, kasbhunar oʻquv yurtlarining 14 yoshga toʻlgan oʻquvchilarini ota-onalaridan birining yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxsning roziligi bilan bolalar sogʻligʻiga va kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan va taʼlim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishlarni oʻqishdan boʻsh vaqtlarida bajarish uchun ishga qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi. Qonunchilikda ayrim hollarda ishga qabul qilishda va mehnat jarayonida oldindan maxsus va kasbiga doir Mehnat qobiliyatini aniqlash nazarda tutilgan. Bunday tekshirish topshiriladigan ishga xodimning yaroqdiligini aniqlash va kasb kasalligining oldini olish, shaxsiy va ijtimoiy mehnat xavfsizligi, aholi sogʻligʻini muhofaza qilish maqsadida oʻtkaziladi.

Ensiklopediya.uz
MEHNAT QOBILIYATI