MEHNAT INTIZOMI
MEHNAT INTIZOMI — davlat tomonidan oʻrnatilgan mehnat jarayonida barchaning amal qilishi lozim boʻlgan umumiy tartib. Amaldagi qonunchilikka binoan, xodim oʻz mehnat vazifalarini halol va vijdonan bajarishi, Mehnat intizomiga rioya qilishi, ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini oʻz vaqtida va aniq bajarishi, texnologiya in-tizomiga, mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va i. ch. sanitariyasi talablariga rioya qilishi, ish beruvchining mol-mulkini avaylab asrashi lozim. Xodimning mehnat vazi-falari ichki mehnat tartibi qoidalarida, in-tizom haqidagi ustavlar va nizomlaraa, korxonada qabul qilinadigan boshqa hujjatlar (jamoa shartnomalari, yoʻriqnomalari va h. k.) da, mehnat shartnomasila aniq belgilab qoʻyiladi. Har bir xodim oʻziga yuklatiladigan mehnat vazifalari doirasi bilan oldindan tanishtiriladi. Ish beruvchi xodimlar mehnatini toʻgʻri tashkil qilishi, qonunlar va b. normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini yaratib berishi, mehnat va i. ch. in-tizomini taʼminlashi, mehnat mu-hofazasi qoidalariga rioya etishi, xodimlarning ehtiyoj va talablariga eʼtibor bilan qarashi, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab borishi, jamoa shartnomalarini tuzishi lozim. Ish beruvchi xodimdan uning mehnat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishni, qonunga xilof yoki xodim va b. shaxslarning hayoti va sogʻligi uchun xavf tugʻdiruvchi, ularning shaʼni va qadrqimmatini kamsituvchi harakatlar qilishni talab etishga hakli emas (OʻzR Mehnat Kodeksining 177moddasi).
Ensiklopediya.uz
Mehnat intizomi