Mehnat haqida
Mehnat haqida
DO`STLARGA ULASHING:
Ishchi mehnati, dehqon g‘allasi — shu ikki o‘q atrofida tezkor davr shitob bilan oqib bormoqda va butun hayot shu o‘qlar atrofida aylanmoqda.
V. V. MAYaKOVSKIYJamiyatning butun boyligi beistisno o‘sha jamiyat mehnati bilan belgilanadi.
D. I. PISAREVOzod mehnat — dunyoni to‘ntarish uchun Arximed talab qilgan tayanch nuqtasi ham shu.
M. GORKIYButun umrim davomida mehnatsevar va ishlashni bilgan odamlarnigina chinakam qahramon, deb bilganman.
M. GORKIYMehnat bizning zamonda buyuk huquq va buyuk burchdir.
V. GYuGOMadaniyat yuksakligi doimo to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnatga muhabbat bilan bog‘liqdir.
M. GORKIYMadaniyat qanchalik yuksak bo‘lsa, mehnat shunchalik yuksak qadrlanadi.
V. ROShERMehnat hamisha inson hayoti va madaniyatining asosi bo‘lgan.
A. S. MAKARENKOHamma narsa mehnat sharofatidandir. Hamma narsa — inson mehnatidan, tarixning shiori shu.
D. I. MENDELEEVHayotda hech narsa mashaqqatli mehnatsiz qo‘lga kiritilmaydi.
GORASIYBiz yashayotgan dunyo so‘z bilan emas, balki faoliyat, mehnat bilan yaralgan.
M. GORKIYVijdonan bajarilgan harqanday mehnat foydalidir, binobarin, u hurmatga loyiq.
STENDALHar qanday mehnat olijanoblikdir va faqat mehnatgina olijanob.
T. KARLEYLHar bir odam nimadir bajarmoq uchun dunyoga keladi. Yer yuzida yashab yurgan har bir insonning hayotda o‘z vazifasi bor.
E. XEMINGUEYQilayotgan ishingni sevishing kerak, ana shunda mehnat — hatto eng og‘ir mehnat ham — ijodga aylanadi.
M. GORKIYDildan mehnat qilgan odam har qanday ishni ham san’at darajasiga ko‘taradi.
N. G. ChERNIShEVSKIYJismoniy mehnat nafaqat aqliy faoliyat imkoniyatini inkor etadi, nafaqat uning qadrini oshiribgina qoladi, aksincha, aqliy mehnatni kuchaytiradi.
L. N. TOLSTOYZo‘r berib mehnat qilinmasa, na iste’dod va na daho tug‘iladi.
D. I. MENDELEEVUlug‘ kishilarni mehnat yetiltiradi.
SENEKAShon-sharafga olib boradigan yo‘l mehnatda.
PUBLILIY SIRShon-sharaf mehnatning qo‘lida.
LEONARDO DA VINChIMehnatdan, kollektiv, ahil, ozod mehnatdan bo‘lak har qanday kuch ham insonni bu qadar buyuk va dono qilolmaydi.
M. GORKIYBirgalikda qilingan mehnat kishilarda shunchalik g‘ayratshijoat uyg‘otadiki, yakka holda kamdan-kam bunday samaraga erishish mumkin.
R. EMERSONOdamzodning irodasi, mehnati, hayratomuz ajoyibot yaratur!
N. A. NEKRASOVDoimiy mehnat san’atning ham, hayotning ham qonunidir.
O.BALZAKInson tabiatida chuqur ildiz otgan ehtiyojlardan biri — ko‘ngil istagan ishni tanlash va uni rang-barang qilishga intilishdir.
A. BEBELMehnat miya va mushaklar faoliyatidir, u tabiiy, ichki ehtiyojdan kelib chiqadi.
N. G. ChERNIShEVSKIYMehnatga ko‘nikkandan keyin usiz yashab bo‘lmaydi. Bu dunyoda hamma narsa mehnat bilan bog‘liq.
L. PASTERKimgaki ish bo‘ldi qanoat fani, bilki, ani qildi qanoat g‘aniy.
A. NAVOIYInson mohiyati hammadan ko‘ra yaxshiroq, hammadan olijanobroq va mukammalroq tarzda uning faoliyati, uning mehnati va ijodida namoyon bo‘ladi.
A. FADEEVNamaiki mehnatsiz, o‘ng‘ay orttirilgan bo‘lsa, u harqalay shubha qilishga arziydigan omonat boylikdir.
L. M. LEONOVFaoliyat qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, ko‘nikma va u orqali qo‘lga kiritilgan ishlash qobiliyati buyuk yutuqdir. Qiladigan ishi bo‘lmagan vaqtida ham qo‘l qovushtirib o‘tirmagan odam payti kelishi bilan faol harakat qila oladi.
V. G. BELINSKIYMehnatsevarlik kundalik hayotiy yumushlarda har qanday buyuk aql egasi qila oladigan va shu bilan birga u qila olmaydigan ko‘pgina ishlarga ham qodirdir.
G. BIShERIshchining jismoniy g‘ayrati mo‘jizalar yaratishga qodir.
M. GORKIYHech bir millat toki yer haydash ham — doston yozishdek munosib ish ekanligini tushunib yetmas ekan, u yuksaklikka ko‘tarilolmaydi.
B. VAShINGTONOyog‘ida tik turgan dehqon tiz cho‘kkan oliftadan ming bora afzal.
B. FRANKLINBirdan-bir chinakam davlat inson mehnatidir.
A. FRANSMehnat chinakam olijanoblikning yagona unvonidir!
R. ROLLANInson mehnat yordamida kamol topadi.
T. KARLEYLMehnat odamni yuksaklikka ko‘taradi.
V. G. BELINSKIYOdamni hech narsa mehnatchaliik yuksaqlikka ko‘tarmaydi. Odam mehnatsiz o‘z insoniy qadr-qimmatini saqlay olmaydi
L. N. TOLSTOYO‘ziga xoslik va o‘z qadrini bilish faqat mehnat va kurash bilan qo‘lga kiritiladi.
F. M. DOSTOEVSKIYMehnat insonda ijodiy kuch uyg‘otadi.
A. N. TOLSTOYShunday sharoitda yashash kerakki, mehnat zaruratga aylansin. Mehnatsiz sof va quvnoq hayot bo‘lishi mumkin emas.
A. P. ChEXOVInson kim bo‘lishidan qat’iy nazar, mehnat qilishi, terga botib ishlashi kerak, uning yashashdan maqsadi, baxti va hayajonlari ham ayni shu mehnatda mujassamlashgan.
A. P. ChEXOVButun irodani ishga solib mehnat qilish kerakki, irodamiz xuddi minaga o‘xshab portlasinu to‘siqlarni uloqtirib tashlasin.
J. FABRIshlamoq, ishlamoq va doimo ishlamoq kerak. Aks holda, tiriklikdayoq mog‘or bosib qolasan.
G. GAUPTMANYashamoq ishlamoq demakdir. Mehnat — kishining hayoti.
F. VOLTERInson mehnat qilayotgan vaqtdagina tom ma’noda insonga aylanadi.
J. GYuYOO‘zingni boshqalar uchun mehnatda kamol toptir — asosiy qonun mana shu.
Ya. RAYNISToki seni ish zo‘rlamasdan butun ishingni o‘zing zo‘rla.
B. FRANKLINIsh bizni uch xil illatdan: zerikish, qusur, muhtojlikdan halos etadi.
F. VOLTEREsam arpa nonini mehnat bilan, Shirindir birovlarning oq nonidan.
SA’DIYHayot kemasi mehnat langariga suyanmasa, hamma shamollaru dovullarga dosh berolmaydi.
STENDALOdamlar uchun haqiqiy xazina — mehnat qila bilishdir. Kunda mehnat qilib o‘rganganlar nogiron va qari bo‘lsalar ham kuchli va ko‘nikmasi yo‘q o‘spirinlarga qaraganda ishni oson bajaradilar.
GIPPOKRATMehnat ishlayotgan kishi bilan shu mehnat foyda keltirayotgan jamiyat o‘rtasidagi eng mustahkam va ishonchli aloqadir.
D. I. PISAREVInsoniyat farovonligi yo‘lida mehnat qilish qanchalar buyuk ishdir!
A. SEN-SIMONMehnat hayot qonuni ekanini bolaligidanoq bilib olgan, non peshona teri bilan undirilishini yoshligidanoq tushungan odam jasorat ko‘rsatishga qodirdir, chunki zarur kun va soatda u jasorat ko‘rsatishga o‘zida iroda ham va bunga kuch ham topa oladi.
JYuL VERNJamiyat va o‘zi uchun befoyda bo‘lishdan hamda aqlu idrokni hech qanday ish qilmaslikka sarflashdan ham ortiqroq uyatli narsa, yo‘q.
B. PASKALMehnat kishini yerga urmaydi;afsuski, ba’zan mehnatni yerga uradigan odamlar uchrab turadi.
U. GRANTQilayotgan ishing toza bo‘lmasa ham undan uyalma, faqat bir narsadan: bekorchi hayotdan uyalish mumkin va uyalish lozim.
L. N. TOLSTOYHatto eng nozik jismoniy yoki axloqiy fazilatlar ham ishlab chiqarishda qatnashmay turib tekintomoqlik qilishdek ijtimoiy gunohni yuvishga ojizlik qiladi.
B. ShOUO‘zini mehnatdan ozod qilish — jinoyat.
L. N. TOLSTOYIshyoqmas va tekinxo‘r odamlar asalari qutisidagi zahmatkash ari yiqqan asalni yeb qo‘yuvchi tekintomoq ariga o‘xshaydilar.
M. SERVANTESTekinxo‘rlarni yo‘q qilish va mehnatni ulug‘lash tarixning doimiy tendentsiyasi bo‘lib kelgan.
A. N. DOBROLYuBOVYuvindixo‘rlar, parazitlar, xushomadgo‘ylarga xalq aql-zakovatiga zid bo‘lgan istisno tariqasida qarovchi qadimgi Afina singari mamlakat, ularni telbalik deb qarovchi mamlakat— bunday mamlakat erkin va mustaqil mamlakatdir.
K. MARKSKelajak bundan buyon ikki xil toifa kishilar: aqliy va jismoniy mehnat kishisi qo‘lidadir.Aslida ular bir butunlikni tashkil etadi, zero fikrlash mehnat qilish demakdir.
V. GYuGOHar qadamda ishdan o‘zini olib qochishga urinuvchi, boshqalar mehnatiga tomoshabin bo‘lib turuvchi, ular mehnatining mevalaridan foydalanuvchi odam jamiyatdagi eng axloqsiz odamdir.
A. S. MAKARENKOMehnatni xalq qadrlar, muqaddas u, do‘stlar, bas,
Usiz bizning umrda muhabbat yo‘q, baho yo‘q.
Qayda mehnat bo‘lmasa u yerda bog‘ gullamas,
Qayda ishga mehr yo‘q, u yerda hech vaqo yo‘q.
S. N. SERGEEV-SENSKIYziyouz.uz
Mehnat haqida