MEHNAT GIGIYENASI
MEHNAT GIGIYENASI, kasb gigiyenasi — gigiyenaning bir boʻlimi. Mehnat jarayonlari va i. ch. muhitining odam organizmiga taʼsirini oʻrganadi hamda qulay mehnat sharoitini yaratish va kasb kasalliklarining oldini olish uchun gigiyena meʼyorlari va tadbirlarini ishlab chiqadi. Har. qanday joydagi mehnat sharoitlari i. ch. jarayoni texnologiyasiga va ish oʻrinlarida yaratiladigan sanitariyagigiyena sharo-itlariga bogʻliq. Jismoniy mehnat jarayonida, asosan, odam muskullariga, akdiy mehnatda esa asabiyruhiy tomondan zoʻr keladi. Texnika rivojlanib, i. ch. jarayonlari mukammalashgan sari jismoniy mehnat oʻrnini aqyaiy mehnat egalladi va aqliy mehnat jarayonlarini koʻproq oʻrganishga ehtiyoj tugʻildi. I. ch. ning sanitariyagigiyena sharoitlari deganda ishlovchi kishining atrofidagi butun vaziyat, jumladan, unga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan kimyoviy moddalar, chang, shovkin, vibratsiya, ionlashtiruvchi nurlar, shuningdek, havo harorati, namligi, harakatning tezligi, xonalar yoki boshqa ish joyining yoritilishi, mikroorganizmlar koʻpkamligi va b. tushuniladi. Kishini muhofaza qilinadigan tegishli choralar koʻrilmasa, mana shu omillarning har biri yoki bir nechtasi birga salomatlikka ziyon yetkazadi. Mehnat gigiyenasi fanining asosiy vazifasi ham ana shu no-joʻya taʼsirlar oldini olishdan iborat. Mehnat sharoitlarini yaxshilash OʻzRda umumdavlat vazifasi hisoblanadi. «Oʻzbekiston Respublikasi davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisidagi nizom»ga muvofiq, Mehnat gigiyenasi sohasida davlat sanitariya nazoratining bajaradigan asosiy vazifasi sanitariya qonunlariga rioya qilinishini kuzatib borishdir (q. Davlat sanitariya nazorati).
Ensiklopediya.uz
MEHNAT GIGIYENASI