MEGARON

MEGARON

MEGARON (yun. megaron — katta zal) — Yunonistonda, Egey madaniyati davrida barpo etilgan bino va uy-joylar turi (mil. av. 3—2 ming yilliklar). Megaronning tuzilishi oddiy: old tomoni toʻgʻri burchak shaklida, peshayvoni ustunli. Asosiy xona katta zal boʻlib, oʻrtasida oʻchoq joylashgan. Shiftdan tutun chiqadigan teshik qoldirilgan. Bunday Megaronlar Troya, Tirinf, Mikeni va b. shaharlardan topilgan. Keyinroq (mil. av. 8—7-a. lardan boshlab) Yunonistonda Megaronlar asosida ibodatxonalar barpo etilgan.

Ensiklopediya.uz
MEGARON