MEGAOMMETR

MEGAOMMETR

MEGAOMMETR (mega…, om va …metr) — katta (106 va undan yuqori) qarshiliklarni oʻlchaydigan asbob. Tarkibida oʻzgaruvchan tok generatori (500 V kuchlanishgacha), Mom larga boʻlingan shkala, ikki ramkali magnitoelektr logometr va qoʻshimcha qarshiligi boʻlgan Megaommetr eng kengtarqalgan. Logometrning ramkalari ikkita parallel tarmoqlarni hosil qilib, ulardan biri oʻlchanadigan qarshilikka ulanadi. Megaommetr yordamida izolyatsiyaning elektr qarshiligini oʻlchashda atrof muhitning t-rasi, namligi hisobga olinadi. Bundan tashqari, elektron M. va raqamli hisoblash qurilmasi boʻlgan Megaommetrlar ham mavjud. Megaommetr yordamida elektr simlar, transformatorlar, elektr mashinalari chulgʻamlari, kabellar, izolyatsiya qarshiliklari, shuningdek, izolyatsiya materiallarning sirtqi va hajmiy qarshiliklari oʻlchanadi.

Ensiklopediya.uz
MEGAOMMETR