MEDAL YASASH SANʼATI

MEDAL YASASH SANʼATI

MEDAL YASASH SANʼATI, medalyerlik — tasviriy sanʼat (haykaltaroshlik)ning alohida sohasi; tanga va medal quyish uchun qolip, ularni zarb qilish uchun tamga (shtempel) yasash sanʼati, gliptika turi. Xom ashyo sifatida mayda shakllarni anik, bera oladigan mustahkam va shaklga oson beriluvchan metallar (mis, kumush, oltin va b.)dan foydalaniladi. Nafis sanʼatning rivojlanish qonuniyatlariga boʻysungan Medal yasash sanʼati bir qator oʻziga xos xususiyatlarga ega: berilgan shakl (asosan, aylana) ichiga tasvirni joylashtirish, tasvir bilan yozuv uygʻunlashtirilgan kompozitsiya yaratish, tasvirda ramz, nishon, majozlarni keng qoʻllash va b. M. ya. s. ning yuzaga kelishi tanga pullarning paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Tanga zarb qilish mil. av. 8—7-a. lar (Lidiya va Yunoniston)da yuzaga kelgan. Tanga yasashda kandakori usulida tasvir tushirilgan bosma metall tamgʻalar qoʻllanilgan, ayrim hollardagina, ayniqsa, yirik tangalarni kuyishda sopol va gips qoliplardan foydalanilgan. Yunoniston tangalari uncha katta boʻlmagan va bir tomoniga ixcham va aniq tasvir ishlangan. Mil. av. 5—4-a. larda tangalar yiriklashgan, ularga koʻp shaklli kompozitsiyalar joylashtirilgan; ellin davri (mil. av. 4—1-a. lar)da kompozitsiyaga hukmdorlarning portretlari, yozuvlar kiritilgan. Sharqda tangalarga yozuvlar (asosan, arab yozuvi) naqsh darajasida jozibador qilib ishlangan.

Ensiklopediya.uz
MEDAL YASASH SANʼATI