MECHNIKOV Ilya Ilich
MECHNIKOV Ilya Ilich (1845.3.5, Xarkov viloyati — 1916.2.7, Parij) — rus biologi, qiyosiy patologiya, eva-lyutsion embriologiya va immunologiya asoschilaridan. Peterburg FA muxbir aʼzosi (1883), faxriy aʼzosi (1902). Mechnikov Paster vafotidan soʻng Parijdagi Paster in-tini boshqargan(1888). N. F. Gamaleya b-n hamkorlikda Rossiyada dastlabki bakteriologiya st-yasini tashkil etgan (1886) va hamkasblari bilan birga saramas, qaytalama terlama, tovuq vabosi va qoʻylarning quydirgi kasalliklari ustida izlanishlar olib bordi. «Yuqumli kasalliklarga bardoshlilik» asari (1901) b-n immunitetnyant fagotsitar nazariyasini yaratdi. Koʻp hujayrali organizmlarning kelib chiqish nazariyasini ishlab chiqqan. U dengiz yulduzi lichinkalari yot omillarni oʻrab olib yutib yuborishini kuzatadi va fagotsitoz hodisasini kashf etdi (1883). Mechnikov hayotining keyingi davrida qarish va oʻlim muammolarini oʻrgangan. «Ortobioz» yoki «Toʻgʻri yashash», shuningdek, «Odam tabiati toʻgʻrisida etyudlar» kitobida soglom va uzoq yashash uchun sutqatiq mahsulotlarini koʻp ichib turish lozimligini uqtirgan va qatiq tayyorlashning («bolgar tayoqchalari» yordamida) yangi usulini yaratdi. Asarlari qarilik muammolariga bagishlangan. Nobel mukofoti laureati (1908, P. Erlix b-n hamkorlikda).
Ensiklopediya.uz
MECHNIKOV Ilya Ilich