MEʼYORIY NAFLILIK NAZARIYASI

MEʼYORIY NAFLILIK NAZARIYASI

MEʼYORIY NAFLILIK NAZARIYASI, qoʻshimcha naflilik nazariyasi — isteʼmolchilarning bozordagi feʼlatvori, harakati, talabning shakllanishi, talab va taklif chizmasida talab egri chizigʻi holati qonunlarini izohlab beradigan nazariya. Qisqarib boradigan qoʻshimcha naflilik qonuniga muvofiq, isteʼmolda neʼmatlar miqdorining oʻsib borishiga qarab neʼmatning har bir qoʻshimcha birligidan olinadigan eng koʻp qoʻshimcha naf qisqarib boradi, bu esa talab egri chizigʻining salbiy ogʻishini keltirib chiqaradi. Meʼyoriy naflilik nazariyasi, shuningdek, naflilik bilan xarajatlar, yaʼni talab va taklif oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlikni ham anikdashga xizmat qiladi, bu bilan narxning vujudga kelishi (narx belgilash) qonunini ham izohlaydi. Mazkur qonunga koʻra neʼmat narxi jamiyatda ishlab chiqariladigan oxirgi neʼmat birligi beradigan qoʻshimcha (nalilik b-n belgilanali.

Ensiklopediya.uz
MEʼYORIY NAFLILIK NAZARIYASI