MEʼMORLIK ORDERLARI
MEʼMORLIK ORDERLARI (lot. ordo, frans. ordre — tartib) — ustun va toʻsinlardan iborat qurilmalarda turli qismlarning oʻzaro muvofiq boʻlishi, ularning tarkibiy va badiiy uslubi. Meʼmorlik orderlariga xos belgilar qad. Sharq meʼmorligida bor boʻlsa ham, lekin ular muayyan va oʻzgarmas tartibqonun asosida yunon meʼmorligida (mil. av. 5-a. dan boshlab) tatbiq va tartib etila boshladi. Mumtoz orderlarning nomi Yunonistondati mahalliy qabila va manzillar nomidan olingan. Meʼmorlik orderlari ustun tanasi (kolonna), boshasi (kapitel) va poyustun — kursi (baza)dan tashkil topadi. Toʻsin qismi ustma-ust joylashgan arxitrav (bosh ustun), friz va karnizdan iborat boʻlib, ular birgalikda antablementni tashkil etadi.
Ensiklopediya.uz
MEʼMORLIK ORDERLARI