MEʼDA
MEʼDA, oshqozon — ovqat hazm qilish sistemasining kengaygan qismi (q. Ovqat hazm silish sistemasi). Meʼdada ovqat saqlanadi, maydalanadi va qisman hazm boʻladi (q. Ovqat hazm kilish). Meʼda ichakning oldingi ixtisoslashgan qismi sifatida birinchi marta ayrim boʻshliqichlilar, yassi chuvalchanglar va xalqali chuvalchanglarda paydo boʻladi (q. Ichak). Umurtqali hayvonlarda Meʼda ichakning oldingi kengaygan qismi hisoblanadi. Biroq yumaloqogʻizlilarda va ayrim baliqlap»^ M. ixtisoslashmagan, koʻpchilik baliqlarda qiziloʻngach va ichakdan aniq ajralmagan. Suvda va quruklikda yashovchilarda Meʼda hazm qilish sistemasining boshqa qismlaridan aniq ajralgan. Qushlar M. si mustaqil bezli va muskulli boʻlimdan iborat. Sut emizuvchilar M. si murakkab tuzilgan boʻlib, kirish va chiqish qismi hamda Meʼda tubi va tanasidan tashkil topgan. Koʻpchilik kavshovchi sut emizuvchilar Meʼdasi 4 boʻlma: katta qorin, toʻrqorin, qatqorin va shirdondan iborat. Ayrim kitlar Meʼdasi 5 va 6 boʻlmali boʻladi. Bezli qavatning tuzilishiga koʻra, bezli yoki ichak ti-pidagi (odam, mushuklar, itlar), qiziloʻngach (yexidna, oʻrdakburun) hamda aralash, yaʼni qiziloʻngach-ichak (otlar, choʻchqalarda) tipidagi Meʼda farq qilinadi. Koʻpchilik sut emizuvchilarda Meʼda bezlari ixtisoslashgan boʻladi.
Ensiklopediya.uz
MEʼDA