MAYSA CHIVINI

MAYSA CHIVINI

MAYSA CHIVINI (Hylemyia cilicrura Rd.) — ikki qanotlilar turkumi chin pashshalar oilasiga mansub hasharot; q. x. ekinlari zararkunandasi. Tanasining uz. 3—5 mm; qoramtir-qoʻngʻir. Kulrang qorni boʻylab qora ingichka yoʻl oʻtgan (erkaklarida yaqqolroq koʻrinadi). Choʻzinchoq tuxumlari (0,9 mm) oq. Lichinkasining (7 mm cha) orqa qismi yoʻgʻonroq, mayda tishchali jagʻi qora, baquvvat. Soxta pillasi choʻziq-ovalsimon (4—5 mm), jigarrang. Yevropa, Shim. Amerika, Sibir, Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston va b. mamlakatlarda tarqalgan. Gʻoʻza, makkajoʻxori, kungaboqar, gʻalladoshlar va b. ga zarar keltiradi. Oʻrta mintaqalarda bir yilda 2—3, jan. da esa 3—4 avlod beradi. Urgochisi tuxumini (1—4) tuproq yuzasi va yorikdariga tarqoq qoʻyadi. 2—10 kunda lichinkalar chiqib, 3—5 sm chuqurlikda yashaydi va makkajoʻxori, sabzavot va b. ekinlarning maysasi, turli chirindilar, baʼzan boʻrtgan urugʻ, jumladan, chigit b-n oziqlanadi.

Ensiklopediya.uz
MAYSA CHIVINI