MAYDONTOL TOGʻ XRUSTALI KONI
MAYDONTOL TOGʻ XRUSTALI KONI — Toshkent piloyatidagi kon. Piskom daryosining yuqori xavzasida. Piskom tizmasila, 3000 m balandlikda joylashgan. Chatqol antiklinoriysi yuqori paleozoy granit intruziyalarining 2 genetik turi — pegmatitlar va gilrotermal kvars tomirlari bilan bogliq. Konda togʻ xrustalining bir necha turi manjud: shaffof, rangeiz, tiniq kulrang (rauxtopaz), kora (morion), tillasimon sariq (setrin), binafsha rang (ametist). Hoz. gacha kon hududida togʻ xrustali boʻlgan bir mechta uchastka aniqlangan: Shamterak, Onaoʻlgan, Ayutor, Qurumtor va b. 1930—60 y. larda Maydontol togʻ xrustali konining Shamterak uchastkasida, asosan, radiotexnikada ishlatish maqsalida oz mikdorda togʻ xrustali qazib olingan. Umuman istiqbolli kon hisoblanadi.
Ensiklopediya.uz
MAYDONTOL TOGʻ XRUSTALI KONI