MAYDALAGICH

MAYDALAGICH

MAYDALAGICH, maydalash mashinasi — I ) texnikada — qattiq materiallar (rudalar, kumir, fosforitlar va b.)ni mayda (5 mm dan kichik) zarralarga aylantirish uchun moʻljallangan mashinategirmon. Konchilikla foylali qazilmalarni boyitish uchun, metallurgiya, kimyo va sement sanoati, qurilish va b. sohalarda qoʻllaniladi. Foydali qazilmalarni, kimyo va sement sanoati materiallarini maydalash uchun, asosan, barabanli (sharli, sterjenli, toshli va b.) tegirmonlarpai; qurilishda toshlar, kesaklar, kvars, dala shpatini maydalash uchun yugurdaklarlan, yumshoq va oʻrtacha yumshoq materiallar (fosforitlar, kumir) ni maylalashla rolikli va halqali tegirmonlardan; mayin (1—2 mm dan 0,05 mm gacha) materiallarni tuy i shla titrama tegirmonlardan; yirikligi 0,1—0,2 mm li oʻta mayin materiallarni 2—10 mkm gacha yiriklikda tuyishla oqimli tegirmonlardan foydalanilali. Materiallarni yaxshi maydalash va tuyysh uchun saralagichlar (klassifikatorlar) ishlatiladi. Maydalagichda yaxshi maydalanmay yoki tuyilmay qolgan materiallar saralagichdan yana M. ga qaytariladi va yana maydalanadi yoki tuyilali;

Ensiklopediya.uz
MAYDALAGICH