MAXACHQALA

MAXACHQALA

MAXACHQALA [1857-y. gacha Petrovsk, 1857— 1922-y. larda Petrovsk— Port, 1857-y. dan shahar] — Dogʻiston Respublikasi poytaxti (1923-y. dan). Kaspiy dengizining gʻarbiy sohilidagi port. T. y. st-yasi. Katta Kavkazning etagida. Aholisi 337,2 ming kishi (1998). Maxachqala 1844-y. da Anji-Arka tepaligida pod-sho hukumati harbiy qismlarining Petrovsk tayanch istehkomi sifatida qurilgan. 1896-y. da Vladikavkaz, Rostov-Don va Boku sh. lari bilan t. y. orqali birlashtirilgan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida neftni qayta ishlash va bochkasozlik z-dlari, ipyigiruv va tamaki f-kalari, t. y. ustaxonalari vujudga keldi. M. Dogʻistonning sano-at markazi. Mashinasozlik va metallsozlik (elektr payvandlash uskunalari, oziq-ovqat va b. sanoat tarmoq,lari uchun uskunalar i. ch., kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat (baliq-konser-va, vinochilik) korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Maxachqala yonidan neft qazib olinadi. Maxachqala orqali Boku—RostovDon t. y. liniyasi oʻtgan. Yirik binolari: «Dogʻiston» mehmonxonasi (1938), Hukumat uyi (1967), Drama teatri binosi va b. M. da Rossiya FAning Dogʻiston ilmiy markazi, un-t, politexnika, q. x., tibbiyot va ped. in-tlari, 5 teatr, Dogʻiston birlashgan muzeyi, Dogʻiston tasviriy sanʼat muzeylari bor.

Ensiklopediya.uz
MAXACHQALA