Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish
Xususan, Bo’stonliq tuman tibbiyot birlashmasida ham mazkur sanaga bag’ishlangan ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyat bo’limi rahbari Sayyora Fayzieva ochib berdi. Shuningdek, unda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Gulbahor Jumaeva, Bo’stonliq tumani “Istiqlol” madaniyat markazi filiali rahbari Mehriddin Tilyapov hamda “Ma’rifat” targ’ibotchilari jamiyati a’zosi, kino aktrisa Oygul Abdurahmonova tilimizning jahonaro tutgan nufuzi, unga qaratilayotgan e’tibor haqida so’zladilar.
2 sinf ona tili daftari
O’zbek tili bayramiga bag’ishlangan tadbirlar viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.
Xususan, Bo’stonliq tuman tibbiyot birlashmasida ham mazkur sanaga bag’ishlangan ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyat bo’limi rahbari Sayyora Fayzieva ochib berdi. Shuningdek, unda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Gulbahor Jumaeva, Bo’stonliq tumani “Istiqlol” madaniyat markazi filiali rahbari Mehriddin Tilyapov hamda “Ma’rifat” targ’ibotchilari jamiyati a’zosi, kino aktrisa Oygul Abdurahmonova tilimizning jahonaro tutgan nufuzi, unga qaratilayotgan e’tibor haqida so’zladilar.
Tashkilotchilar tomonidan tadbir ishtirokchilariga esdalik uchun kitoblar sovg’a qilindi.
Shuningdek, Nurafshon shahridagi “Prezident maktabi”da ham shu mavzuda ma’naviy-ma’rifiy kecha tashkil qilindi.
Tadbirda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo’limi rahbari, O’zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir ishtirok etdi.
Kechada bundan 33 yil muqaddam o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo’lidagi muhim qadamlaridan biri bo’lganligi, “Davlat tili to’g’risida”gi Qonun ona tilimizning bor go’zalligi va jozibasini to’la namoyon etish bilan birga, uning ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratganligi ta’kidlandi.
Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish
18
1. Havo kuzni oladigan darajada tiniq va yorqin. 2. Bogimizdagi olmalar hamda
shaftolilar gulladi. 3. Hamma yoqda yerning chirik, lekin baquvvat isi anqirdi.
4. Goh futbol, goh voleybol o‘ynaymiz, vaqti bilan meva terishda yoki uzum
uzishda ota-onalarimizga yordam beramiz. 5. Vodiyda, bo‘glarda, elning uyida
oftob mehri bilan hayot boshlanur.
Gaplarni o’qing. Uyushiq bo‘laklarni toping.
Qaysi gaplarda uyushiq bo‘laklar o‘zaro teng bog‘lovchilar yordamida
bog‘langan? Bu bog‘lovchilarning turini ayting. Qaysi gaplarda bog‘lovchisiz
bog‘langan?
Uyushiq bo‘laklar orasida vergul qo‘yilgan va qo‘yilmagan o‘rinlarga diqqat
qiling. Qaysi bog‘lovchi yordamida bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasiga vergul
qo‘yilmagan? Qaysilarida qo‘yilgan?
Javoblar xulosalanadi:
Gapning uyushiq bo‘laklari o‘zaro teng bog‘lovchilar— biriktiruv, zidlov, ayiruv
bog‘lovchilari yoki bog‘lovchisiz bog‘lanadi.
O‘zaro biriktiruv bog‘lovchilari yordami bilan bog‘langan uyushiq bo‘laklar
orasiga vergul qo‘yilmaydi.
Uyushiq
bo‘laklar zidlov bog‘lovchilari yordami bilan bog‘lansa,
bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi.
Takrorlanib qo‘llangan ayiruv bog‘lovchilari bilan bog‘langan uyushiq
bo‘laklar orasiga vergul qo‘yiladi.
yo, yoki, yoxud ayiruv bog‘lovchilari takrorlanib qo’llanmasa, uyushiq
bo‘laklar orasiga vergul quyilmaydi.
O‘zaro bog‘lovchisiz, ohang yordamida bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasiga
vergul quyiladi.
1. Moskvani ko‘rish, unda yashash, o‘qish, ijod qilish ulug‘dir.
2. Maqsadimiz- tinch yashash, o‘qish, ishlash va qurish.
3. Maktabimiz bog‘ida olma, o’rik, nok, uzum va bodomlar bor.
4. Shamol yomg‘ir tomchilarini dam tomga, dam vagon devoriga shopirib
o‘ynardi.
19
O‘qituvchi keltirilgan gaplarni ifodali o‘qib, quyidagilarni bayon qiladi:
Bog‘lovchisiz uyushiq bo‘laklar sanash tugamaganligini (1-gap), va biriktiruv
bog‘lovchisi uyushiq
bo‘laklarning oxirgisidan oldin qo‘llanib, uyushiq
bo‘laklarni sanash tugaganligini (2- va 3- gap), takrorlanib qo‘llangan bog‘lovchi
esa (4-gap) uyushiq bo‘laklarning har biri ta’kidlanishini bildiradi.
O‘quvchilar bu gaplarni tegishli ohangga rioya qilib ovoz chiqarib o‘qiydilar.
Yana misollar keltiriladi.
Esayotgan mayin shabada bog‘larda, dalalarda o‘sibyotgan gullarning iforini
uzoq-uzoqlarga olib ketdi.
Malika odamlar bilan suhbat qilishni, hayot to‘g‘risida ularning so‘zlarini
eshitishni yaxshi ko‘rardi.
3. Matematikada oluv, qo‘shuv, ayiruv va boshqa hodisalar o‘rganiladi.
O‘quvchilardan so‘raladi:
1. Qaysi gaplarga uyushiq bo‘laklar qo‘shish mumkin? Nima uchun? (1- va 2-
gapga. Chunki uyushiq bo‘laklar bog‘lovchisiz bog‘lanib, sanash tugamaganligini
bildiryapti.)
1. Qaysi gapga uyushiq bo‘lak qo‘shib bo‘lmaydi? Nima uchun? (3-gapga.
Chunki uyushiq bo‘laklarning oxirgisidan oldin va bog‘lovchisi qo‘llanib, uyushiq
bo‘laklarni sanash tugaganligini bildiryapti.)
Matnni o‘qib, biriktiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan uyushiq
bo‘laklarni topish.
1. Inson turmushining birinchi asosi mehnatdir. Mehnat insonning mavjud
bo‘lishini, yashashini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish qurollarining tinmay
yaxshilanishi, mehnat unumdorligining oshishi, yuksak texnika va yanada
takomillashgan texnologiyaning yaratilishi odamlarning atrofdagi dunyoga ongli
hamda maqsadga muvofiq ta’sir imkoniyatlarini kengaytirdi.
2. Mahmud bog‘ va ekinzorda ishlashdan hech vaqt zerikmas hamda dangasalik
qilmas edi. U gulxonaga gul ko‘chatlarini, pushtalarga esa karam va pomidor
ko‘chatlarini o‘tqizishda bizga yordamlashar edi. Bizning ekinzorimizda
kartoshka, pomidor, piyoz, bodring, rediska va karam o‘sardi.
Dostları ilə paylaş:
Qiziqarli malumotlar
Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish