Mavrikiyda dam olish
Mavrikiyda dam olish
DO`STLARGA ULASHING:
MАVRIKIY
Mavrikiy – yilning istalgan vaqtida tashrif buyurish mumkin boʼlgan keng yoʼlakli oq qumli plyajlarning ertaknamo mamlakati. Mavrikiy tabiati hayajonlantiradi va zavqlantiradi – bu yerda ham marjon qoyalari, ham soʼngan vulqonlar uchun joy topilgan. Orolda kichik shaharcha singari oʼz barlari, restoranlari, suzish havzalari, sartaroshxona, SPA-salonlar, sportzal va magazinlarni oʼz ichiga olgan yuzga yaqin mehmonxonalar mavjud. Mavrikiyda dam olish yevropaliklar tomonidan yuqori baholanadi, shu sababli bu yerda ot minish, katta tennis va golьf sport turlaridan dars olish mumkin. Biroq Mavrikiy – bu faqatgina aristokratik sayqal berilgan ekzotik mamlakat emas, balki urf-odat va madaniyatning ajoyib uygʼunligidir. Orolda turli millat va din vakillari bahamjihatlikda tinch-totuv hayot kechirishadi. Bekorga Mavrikiyni Yerdagi jannatning kichik nusxasi deyishmaydi.Orolda odatiy subtropik iqlim hukmron boʼlsa-da, jazirama issiq kuzatilmaydi: janubi-sharqiy passat shamollari yil davomida salqinlikni olib keladi. Oʼrtacha yillik harorat +25+27 °S, suv esa +23+27 °S gacha isiydi. Oktyabrdan maygacha davom etuvchi qishki vaqt Mavrikiyga tashrif buyurish uchun eng qulay davr. Fevraldan may oylariga qadar orolda kuchli mussonlar kuzatilishi mumkin.
Mavrikiyda dam olish