MAUNT-VILSON ASTRONOMIK RASADXONASI

MAUNT-VILSON ASTRONOMIK RASADXONASI

MAUNT-VILSON ASTRONOMIK RASADXONASIVashington Karnegi in-tining (AQSH) i. t. muassasasi, Kaliforniya shtatida joylashgan. 1904-y. da tashkil etilgan. Koʻzgusining di-ametri 1,5 va 2,5 m boʻlgan teleskoplar 1917—18 y. lardayoq oʻrnatilgan. Rasadxonada bajarilgan tadqiqotlar Quyosh, yulduzlar, Galaktika, tumanliklar va Galaktikamizdan tashqaridagi obyektlar va b. yulduz sistemalarini oʻrganishda muxim rol oʻynadi. Rasadxona Quyoshni oʻrganishga qaratilgan tadqiqotlar uchun ilk bor minorali teleskop, spektrogelioskop, spektrogeliograf va magnitograf kabi asboblar yaratildi. 1949-y. da rasadxona Maunt-Palomar astronomik rasadxonasi b-n birlashtirildi.

Ensiklopediya.uz
MAUNT-VILSON ASTRONOMIK RASADXONASI