MATJONOV
MATJONOV Bayram (1940.29.4, Qoʻngʻirot) — qoraqalpoq xonandasi (lirik bariton) va rej. Qoraqalpogʻiston (1974), Boshqirdiston (1978), Oʻzbekiston (1982) xalq artisti. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1963). Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda (1963—66), Qoraqalpoq tele-studiyasida rej. (1966-y. dan), bosh rej. (1967—69), Qoraqalpoq davlat filarmoniyasi (1971-77 va 1981-y. dan), Qoraqalpoq yosh tomoshabinlar teatri direktori (1978—80). Yoqimli, keng diapazonli, lirik ovoz sohibi. Ijro uslubi yuksak madaniyati, oʻziga xos milliyligi, ijrosidagi falsafiy mazmuni, mahorat kuchi bilan ajralib turadi. Repertuaridan qoraqalpoq musiqali drama («Oygul va Obod», O. Halimov; «Gʻarib Oshiq», A. Begimov, T. Ollanazarov, O. Halimov va b.) va opera («Ajiniyoz», N. Muxammaddinov) lardan ariyalar, milliy kompozitorlar asarlari («Goʻdak haqida ballada», «Mening yigitlik paytim, sening qiz payting», «Yoshlik haqida ballada», «Boʻlmas», N. Muxammaddinov; «Ulkamga keling», «Yulduzlar», X. Turdiqulov; «Men dehqon farzandiman», N. Musayev va b.) oʻrin olgan. Hamza nomidagi Uzbekiston Davlat mukofoti laureati (1974, 1988).
Ensiklopediya.uz
MATJONOV