Matematikadan matematik o’yinlar to’liq malumot oling

Matematikadan matematik o’yinlar to’liq malumot oling

Matematikadan matematik o’yinlar

SO’Z BOSHI

Hozirgi kundagi jamiyatimizda bo’layotgan o’zgarishlar,

bozor iqtisodiyoti, turmushning barcha jabhalariga o’z ta‘sirini

ko’rsatmoqda. Mustaqil yurtimiz, navqiron mamlakatimizning

kelajagi asosan shu bugungi iqtisodning rivojlanishiga, unga

hamohang siyosat yurg’izilishiga bog’liqdir. Bu ishlarni

amalga oshirish esa yoshlarning qo’lida.

Ushbu metodik qo’llanmada matematika fanidan qiziqarli

boshqotirmalar, masalalar, qo’shimcha savollar tuzilgan.

Metodik qo’llanma o’rta ta’lim maktablari matematika

fani o’qituvchilariga mo’ljallangan.

Muallif

«ZANJIRLI HISOB» O’YINI

«O’yinda qatnashuvchi bolalar teng ikki komandaga

bo’linib, qarama-qarshi holda qo’yilgan stullarga o’tiradilar.

Birinchi komandadagi bir o’yinchi biror bir misolni (masalan,

12×5) aytadi va koptokni ikkinchi komandadagi bolalarning

biriga otadi. Koptokni qabul qilib olgan bola birinchi misoldan

chiqqan javob ishtirokida yana bir misol aytib (masalan,

60+16), koptokni birinchi komandadagi ikkinchi o’yinchiga

otadi va hokazo.

O’yin shu tarzda davom etaveradi. Qaysi bir o’yinchi

misolning javobini noto’g’ri aytsa yoki kasr natijali misol

aytsa, o’yindan chiqib ketadi. Qaysi komandada ko’p bola

qolsa, o’sha komanda yutgan hisoblanadi.

KO’PRIK O’YINI

Faner rasmda ko’rsatilgan shaklda qirqiladi va vertikal

holatda tekis maydonchaga mahkam o’rnatiladi. O’ynovchilar

navbat bilan koptokni ma’lum bir masofadan yarim doiralar

tomon yo’naltiradilar. Koptok qaysi teshikdan o’tsa, o’ynovchi

shuncha ochkoga ega bo’ladi. Qatnashchilardan qaysi biri

oldin 25 ochko to’plasa, g’olib hisoblanadi.

QAYSI YILDA TUG’ILGANINI

TOPISH O’YINI

O’yin ishtirokchilaridan biri jadvalda otasining tug’ilgan

yilining nechanchi ustunlarda borligipini ikkinchi bolaga

aytadi. U esa shu ustunlardan eng yuqorida joylashgan

yillardagn birlar xonasi yig’ipdisiga 50 raqamini qo’shib,

birinchi bola otasining tug’ilgan yilini keltirib chiqaradi.

I II III IV

1951 1952 1954 1958

1953 1953 1955 1959

1955 1956 1956 1960

1957 1957 1957 1961

1959 1960 1962 1962

1961 1961 1963 1963

1963 1964 1964 1964

1965 1965 1965 1965

Masalan, birinchi bola otasining tug’ilgan yili 1 va 2-

ustunlarda bo’lsin. U holda 1 + 2 = 3, 50 + 3 = 53. Demak, u

1953 yilda tug’ilgan ekan va hokazo.

TEZ HISOBLASH O’YINI

18—11= 31—26= 100—49 =

26—18= 49—31= 135—100=

Boshqaruvchi shu taqlidda misollar yozilgan qog’oz

kartonlarni bolalarning qo’liga bittadan beradida, ulardan

ayirmalar yig’indisi qanchaga teng ekanligini so’raydi.

Qaysi bola to’g’ri va tez javob bersa, u tez hisoblash

musobaqasining g’olibi hisoblanadi.

Yuqoridagi misollarga e’tibor bering-a, uni echish uncha

qiyin emas. Birinchi misolda kamayuvchi vazifasini bajargan

son ikkinchi misolda ayiriluvchi vazifasida kelyapti. Ikkinchi

misolda kamayuvchi vazifasida kelgan son esa uchinchida

ayiriluvchi bo’lib kelyapti va hokazo.

Bu holda ustundagi ayirmalar yig’indisini topish uchun

oxiridagi misol kamayuvchisidan eng birinchi misoldagi

ayiriluvchini ayirish kifoya. 135—11 = 124.

Demak, ustundagi ayirmalar yig’indisi 124 ga teng ekan.

«AJOYIB MATEMATIK» O’YINI

Erkin matematikani sevadi.

Ayniqsa, u qiziqarli misollar topish va

echishga juda usta. Yaqinda Erkin

sinfdosh o’rtoqlariga shunday dedi:

— Undan katta noma’lum ikki xonali

sonni 99 ga ko’paytirib, hosil bo’lgan

natijaning istalgan yonma-yon ikki

raqamini aytsanglar, men ko’payuvchi ioma’lum son va

ko’paytmani aytib beraman.

Shunda Karim ismli bola hech kimga ko’rsatmasdan 12

sonini yozdi va uni 99 ga ko’paytirib, to’rt xonali son — 1188

ni hosil qildi.

— To’rt xonali sonning o’rtasidagi ikki raqamli son

18,— dedi u so’ngra.

— Yaxshi,— dedi Erkin.— Unda ko’payuvchi—12, shundaymi?

Shundan keyin Karim ko’paytmaning dastlabki ikki

raqami—11, oxirgi ikki raqami esa — 88 zkanligini aytgan

edi, Erkin yana uning qaysi sonni nechaga ko’paytirganini

aniq aytib berdi.

Hamma qoyil qoldi. Qiziq, buning siri nimadaykin?

Aytaylik, o’ndan katta ikki xonali sonni 99 ga ko’paytirish

natijasida to’rt xonali son —1188 vujudga keldi. Ko’rib

turibsizki, bu sonning oldingi ikki raqami bilai oxirgi ikki

raqamining yig’indisi 99 (11 + 88=99).

Agar to’rt xonali son o’rtasidagi ikki raqam 18 bo’lsa, u

holda dastlab birinchi va to’rtinchi raqamlarii topish kerak.

Buning uchun 9 dan 1 ni ayirib, to’rtinchi xonadagi raqam —

8 ni topamiz. Birinchi raqamni topish uchun 9 dan 8 ni

ayirib, birinchi raqam — 1 ni aniqlaymiz. Bekitib yozilgan

sonni aniqlash uchun esa ko’paytmada hosil bo’lgan sonning

oldingi ikki raqamiga bir sonni qo’shamiz. Masalan, 12 sonini

hosil qilish uchun ko’paytma—1188 ning dastlabki soni 11 ga

1 ni qo’shsak, 12 hosil bo’ladi.

Erkin topgan misolning siriga endi tushungandirsiz!

Bolalar, qani, yana shunga o’xshash misollarni topib ko’ringchi?

Bolalar! Qiziqarli boshqotirmalar, masala va

mashqlarning turlari juda ko’p, ularning ba’zi xillarini echish

yo’llari bilan tanishtirib, sizlarga bir necha qiziqarli

bosotirmalarni echish vazifasini beramiz. Quyidagi misolda

kvadrat, doira va uchburchaklarni raqamlar bilan ifoda qilib,

uning echimini tekshiring.

Misoldagi birlar xonasiga e’tibor beramiz. Nechani

to’qqizga qo’shganda 6 kelib chiqadi? Bunda faqat 7 + 9=16

bo’ladi. Demak, uchburchaklar o’rniga 7 ni qo’yib chiqamiz.

Quyidagi natija hosil bo’ladi.

Endi 7 ga nechani qo’shsak 1 kelib chiqadi: 7 + 4=11.

Demak doira 3 ekan. Muhokamani shunday davom ettirsak,

kvadratning 8 ekanligi ma’lum bo’ladi. Natija:

7 79 2 9

27 7 _2______

306216 3 0 6 2 1 6

Yoki mana bu «Gul» boshqotirmani ko’raylik.

1 dan 20 gacha bo’lgan sonlarni har bir

doiraga bittadan shunday

joylashtiringki, har bir qatordagi 4 ta

son va 21 ning yig’indisi 63 ni hosil

qilsin.

Buning uchun sonlarni quyidagi tartibda doiralarga

joylashtirsak, maqsadga muvofiq bo’ladi:

I qatorda: 19+12+9 + 2 + 21=63

II qatorda: 18+13 + 8+3 + 21 = 63.

III qatorda: 17+14 + 7 + 4+21= 63

IV qatorda: 16 + 15 + 6 + 5 + 21 = 63

V qatorda: 20 + 11 + 10+1+21=63 bo’ladi.

Demak besh qatorning har birining yig’indisi 63 ni

tashkil qiladp.

1. Ushbu misoldagi kvadrat, doira va uchburchaklar o’rnini

raqamlar bilan ifoda qiliig. Uning echimini tekshiring.

2. Ushbu shakldagi doirachalarga 1 dan 20 gacha bo’lgan

sonlarni shunday qo’ying-ki, uchala beshburchak tomonla-rida

joylashgan doirachalardagi sonlarning yig’indisi 105 ga teng

bo’lsin.

3. Ulug’bek observatoriyasini remont qilayotgan paytda

quyidagi qo’lyozmani topdilar, undagi o’chirilgan raqamlar

nuqta bilan belgilangan. Ularni toping.

4. 1, 2, 3, 4, 5, 6, 8, 9, 10, 12, 13 sonlarini bo’sh doirachalarga

shunday joylashtiringki, oltiburchakning istalgan

diagonali, balandligi yoki istalgan tomonidan uchta sonning

yig’indisi 21 bo’lsin.

5. Shu shakldagi bo’sh

kataklarni shunday sonlar bilan

to’ldiringki, har bir uch katakdan

hosil bo’lgan to’g’ri

to’rtburchakdagi sonlar

yig’indisi 17 chiqsin.

6. 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 sonlarini kvadrat shaklga shunday

joylashtiringki, xohlagan tomondan hisoblasangiz 15 chiqishi

kerak.

7. Berilgan raqamlarni kataklarga shunday joylashtiringki,

raqamlar yig’indisi bo’yiga ham, eniga ham, diagonaliga

ham 21 bo’lsin.

8. Raqamlarni bo’sh kataklarga shunday joylashtiringki,

1

4

2 7

7

1 3 13

bo’yiga ham, eniga ham hisoblaganda 98 kelib chiqsin.

9. 140 sonini shunday ikki qo’shiluvchiga ajratingki, agar

birinchisini 8 ga, ikkinchisini 12 bo’lsa, u paytda bo’linmalar

o’zaro teng bo’ladilar. Bu son qanday qo’shiluvchilarga

ajratilgan?

Darsliklar
Matematikadan matematik o’yinlar