Matematika fanidan dars ishlanma
Matematika fanidan dars ishlanma
DO`STLARGA ULASHING:
Matematika fani o’qituvchisi Mahmudova Surayyoning 5- sinf lar uchun matematika fanidan dars ishlanmasi
Darsning texnologik xaritasi
Sana:
19.02.2019
Mavzu:
O’nli kasrlarni qo’shish va ayirish
Maqsad va vazifalar
1. Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga o’nli kasrlarni qo’shish va ayirish amallarining xossalarini o’rgatish va ular orasidagi bog’lanishlar haqida tushuncha berish va ko’nikma hosil qilish
2. Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, ota-onaga mehr-oqibat va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
3. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Har bir o’quvchida mavzu haqidagi tushuncha hosil qilish, ularda shaxsiy fikrini erkin ayta olish va fanga qiziqishlarini yanada oshirish
O’quv jarayonining mazmuni
Misollarni yangi mavzu yordamida hal etish bosqichlari: Misolning maqsadi va qo’yilishi, misollarni yechish, natija olish va uni tahlil qilish
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Uslub: aralash
Shakl: Jamoa va kichik guruhlarda ishlash
Vosita: darslik, ko’rgazma, tarqatma materiallar, tezkor savol-javoblar.
Metod: ko’rgazmali, og’zaki, yozma, test
Kutiladigan natijalar
O’quvchilarning o’tgan mavzulardagi bilimlarini o’nli kasrlar mavzusiga bog’lash, mavzu haqida to’liq ma’lumot berish, shu mavzuga doir misollar yechishni o’rgatish
Kelgusi rejalar
O’qituvchi o’z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosida keying darslariga o’zgartirishlar kiritiladi va rejalashtiriladi.
1
Tashkiliy qism
5 min.
2
O’tgan mavzuni mustahkamlash
10 min.
3
Yangi mavzu bayoni
15 min.
4
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
10 min.
5
Baholash va uyga vazifa
5 min.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars uslubi: bilim, ko’nikma, malaka hosil qilish
Dars jihozi: darslik, taqratma materiallar, ko’rgazmali qurollar, televizor
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: salomlashish, davomadni aniqlash, uyga vazifani tekshirish.
O’quvchilar 2 guruhga bo’lib olinadi va darsimiz musobaqa tarzida o’tkaziladi. Bunda har bir bosqichdan yaxshi natija bilan o’tgan guruh maktab tomon bir pog’ona yuqorilaydilar. Musoboqa shartlari:
“Domino” o’yini. (O’quvchilar o’tgan mavzuni takrorlash bosqichida domino savollariga javob berishadi va ketma-ketlikni to’g’ri aniqlashlari kerak) 2.Zukko jamoa sharti (bunda o’quvchilar doskada misollar ishlashadi)
3.Qiziqarli savol-javob sharti
Sonli jumboq o’yini
Suratdagi jumboqni yeching sharti.
O’quvchilarning dars davomidagi ishtiroki kartochkalar yordamida baholab boriladi.
O’tgan mavzunini takrorlash: O’tgan mavzuni takrorlash “domino o’yini” tarzida o’tkaziladi. Barcha savollarga to’liq javob bergan o’quvchilar baholab boriladi
ulushni boshqa nom bilan atang.
1 sm ni metrda ifodalang.
Kasrning maxraji va surati nimani anglatadi?
Maxraji bir xil kasrlarni qanday taqqoslaymiz?
5.Sonlar nurida ikkita kasrdan qaysi biri kattaligini qanday aniqlaymiz?
kasr kattami yoki kasrmi?
18 ning qismi nechaga teng bo’ladi?
Maxraji 8 ga teng bo’lgan ikkita to’g’ri va ikkita noto’g’ri kasr ayting.
tonnada necha kilogramm bor?
Aralash son deb qanday songa aytiladi?
Bir xil maxrajli kasrlar qanday qo’shiladi?
Noto’g’ri kasr aralash songa qanday aylantiriladi?
13.O’nli kasrlarni taqqoslash qoidasini ayting.
14.Qanday sonlarni o’nli kasr ko’rinishida yozish mumkin?
III. Yangi mavzu bayoni
O’nli kasrlarni qo’shish (ayirish) uchun
Oldin ularning verguldan keying raqamlari soni nollar qo’shib tenglashtiriladi
So’ng ular “ustun” qilib, vergul vergulning tagiga tushadigan qilib yoziladi
Vergulga e’tibor bermasdan qo’shish (ayirish) bajariladi
Hosil bo’lgan songa tepadagi o’nli kasrlar vergullari tagiga tushadigan qilib vergul qo’yiladi
Aytish joizki, o’nli kasrlarni ularning verguldan keying raqamlarini nollar qo’yib tenglashtirmasdan ham qo’shish va ayirish mumkin. Bu holda, nollar yozilmasdan ular bo’sh o’rinlarda turibdi deb ish ko’riladi.
1-misol. 4,5 va 1,451 o’nli kasrlarni qo’shaylik.
Oldin ularning verguldan keying raqamlari sonini englashtiramiz. Buning uchun ulardan birinchisining o’ng tomoniga ikkita nol qo’yamiz: 4,5=4,500.
So’ng uni aralash son ko’rinishida yozamiz va qo’shamiz:
4,500=4 , 1,451=1
4,5+1,451=4 + 1= 5
Demak, 4,5 va 1,451 o’nli kasrlarning yig’indisi 5,951 ga teng. Bu natijani o’nli kasrlarni “ustun” ko’rinishida qo’shib ham hosil qilish mumkin.
0,658=0,6+0,05+0,008 bu yozuv 0,658 sonining xona birliklari bo’yicha yoyilmasi yoki xona qo’shiluvchilari bo’yicha yig’indisi deb ataladi.
Shunday qilib, 0,658 soni o’nli kasrning verguldan keying birinchi 6 raqami-o’ndan birlar sonini, ikkinchi 5 raqami-yuzlar birlar sonini va uchinchi 8 raqami esa mingdan birlar sonini ko’rsatadi.
Kasrning o’nli yozuvida verguldan keyingi:
Birinchi xona-o’ndan birlar xonasi;
Ikkinchi xona-yuzdan birlar xonasi;
Uchinchi xona-mingdan birlar xonasi deb ataladi.
O’nli kasrlar uchun qo’shish qonunlari
Natural sonlarda bo’lgani kabi o’nli kasrlar uchun ham qo’shishning o’rin almashtirish va guruhlash qonunlari o’rinli bo’ladi.
O’nli kasrlar uchun qo’shishning o’rin almashtirish qonuni: a+b=b+a
O’nli kasrlar uchun qo’shishning guruhlash qonuni: (a+b)+c=a+(b+c)
Hisoblang: 6,33+4,57+5,67
O’nli kasrlar uchun qo’shishningo’rin almashtirish qonunidan foydalanib oxirgi ikki qo’shiluvchining o’rnini almashtirib olamiz:
6,33+4,57+5,67=6,33+6,67+4,57
O’nli kasrlar uchun guruhlash qonunidan foydalanib qo’shiluvchilarni quyidagicha guruhlab olamiz va amallarni bajaramiz:
6,33+6,67+4,57=(6,33+6,67)+4,57=13+4,57=17,57
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
“Zukko jamoa” sharti. Qaysi jamoa misol va masalalarni xatosiz yechsa yana bir pog’ona yuqorilaydi.
819-misol.
Omborga birinchi kun 2,14 t, ikkinchi kuni esa 3,65t yuk tushirildi. Bu ikki kun ichida omborga qancha yuk tushirilgan?
Yechish: 2,14+3,65=5,79 tonna
820-misol. (Og’zaki)
a)3,8+6,1=9,9 b)0,02+0,01=0,03 d)1,23+9,77=11
e)0,003+0,006=0,009 f)1,02+0,99=2,01 g)24,2+0,8=25
821-misol.
a)8,23+2,18=10,41 b)11,35+6,47=17,82 d)82,12+54,42=136,54
e)4,22+10,82=15,04 f)10,32+10,01=20,33 g)0,321+0,346=0,667
822-misol.
a)6,83+5,1=11,93 b)1,3+6,47=7,77 d)82,1+5,42=87,52
e)4,20+0,8=5 f)10,52+10=20,52 g)1,3+0,346=1,646
h)67,9+2,99=70,89 i)4,259+22,64=26,899
823-misol. (O’g’zaki)
a)9,5-6,1=3,4 b)12,23-9,12=3,11 d)8,9-3,6=5,3
e)24,7-0,3=24,4 f)0,06-0,02=0,04 g)0,008-0,001=0,007
h)1,01-0,99=0,02 i)42,53-2,53=40
“Mantiqiy savol-javob” sharti
1.Shunday sonni topingki, uni 7 ga ko’paytirib, chiqqan sondan 1 ni ayirsa 90 hosil bo’lsin? (13)
2.Uzunligi 12 m bo’lgan yog’ochni 4 ta bo’lakka bo’lish uchun uni necha marta kesish kerak? (3marta)
3.Oilada 5 nafar o’g’il bo’lib, har birining bittadan singlisi bor. Oilada nechta farzand bor? (6 ta)
3 yildan keyin Baxtiyor 14 yoshda bo’ladi. 5 yil avval Baxtiyor necha yoshda bo’lgan? (6 yosh)
5.Soat 5 da yomg’ir yog’a boshladi va 6 soatdan keyin yomg’ir to’xtab, bulutlar tarqab ketdi, lekin quyosh chiqmadi buning sababi nima? (tungi vaqt aytilgan)
6.Och qoringa nechta tuxum yeyish mumkin? (1 ta)
7.Uch o’rtoq bozorga ketayotib, 3ta tanga topib olishdi. Agar o’rtoqlardan bittasi o’zi bozorga ketayotgan bo’lsa, nechta tanga topgan bo’lardi? (3 ta)
Bir son o’yladim. Uni 7 ga bo’lib, keyin 7 qo’shib, 7 ga ko’paytirsam 77 soni paydo bo’ldi. Men qanday sonni o’ylagan edim? (28)
36m matoni sotuvchi har bir xaridorga 3 m dan sotdi. Sotuvchi necha marta kesgan?(11marta)
Birinchi terakda 9 ta, ikkinchisida undan 5 ta ko’p olma bor edi. Ikkala daraxtda nechta olma bor? (terakda olma pishmaydi)
“Sonli jumboq” o’yini. Bunda o’quvchilar sonli piramidadagi bo’sh kataklarni to’g’ri to’ldirishlari kerak.
Suratdagi jumboqni yeching sharti
Dars so’nggida qaysi guruh tezroq pog’onalardan o’tib maktabga yetib kelsa shu jamoa g’olib jamoa deb e’lon qilinadi.
O’quvchilarni baholash (2-3daq)
Uyga vazifa berish (2-3daq) (834-836-misol)
Matematika fanidan dars ishlanma