Matematika fanidan 1-sinflar uchun eng yaxshi dars ishlanma uchun taqdirlandi

Matematika fanidan 1-sinflar uchun eng yaxshi dars ishlanma uchun taqdirlandi

Musbat va quyidagini hosil qilamiz:

8-sinf Algebra Mavzu Ko’paytmaning kvadrat ildizi Dars maqsadi

O’quvchilarga olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida tarqatma savollari beriladi.

Tarqatmalardan namunalar:

1) ɑ sonining arifmetik kvadrat ildizi deb nimaga aytiladi va u qanday belgilanadi ?

3) Kvadrat ildiz chiqarish amali nima ? U qanday amalga teskari amal ?

4)ɑ soning qanday qiymatida ifoda ma’noga ega?

5)Ratsional son deb nimaga aytiladi ? Misollar keltiring

6)Irratsional son deb nimaga aytiladi ? Misollar keltiring

7)Haqiqiy sonlar to’plami qanday sonli to’plamlarni o’z ichiga oladi?

8)Ayniyat deb nimaga aytiladi ? Misollar keltiring

9)Ifodani soddalashtiring: a) b)

10)Sonlarni taqqoslang: 6 va

Yangi mavzu bayoni (15 daqiqa)

Kvadrat ildizlar ustida amallarni bajarish bo’yicha buyuk qomusiy olimlarimiz Abu Rayhon Beruniy , Mirzo Ulug’bek ,al-Xorazmiy, G’iyosiddin Jamshid al- Koshiy va boshqa ko’plab ijodiy ishlar olib borganlar .

Abu Rayhon Beruniy o’zining mashhur “Qonuni Ma’sudiy” asarida

“aylana uzunligining uning diametriga nisbati irratsional son” ekanini aytadi. Jamshid al- Koshiy , , sonlarni 10 -9 gacha aniqlikda hisoblay olgan. Kvadrat ildizni kabi belgilashni K.Rudolf kiritgan. Al-Xorazmiy “Al-jabr val-muqobala” asarida

kvadrat ildizlarga doir misollarni hal etish usullarini ko’rsatadi. Bu

misollar bilan mavzuni mustahkamlash qismida tanishamiz.

1-masala. = ∙ ekanini ko’rsating. = =20; ∙ =4∙5=20.

Teorema. Agar b≥0 bo’lsa,u holda

Ya’ni nomanfiy ko’paytuvchilar ko’paytmasining ildizi shu ko’paytuvchilar ildizlarining ko’paytmasiga teng.

∙ ifoda ning arifmetik kvadrat ildizi ekanini isbotlash uchun:

ekanini isbotlash kerak.

Kvadrat ildizning ta’rifiga ≥0 , ≥0 , shuning uchun ∙ . Ko’paytma darajasining xossasi va kvadrat ildizning ta’rifiga ko’ra

Isbotlangan teoremaga ko’ra, ildizlarni ko’paytirishda ildiz ostidagi ifodalarni ko’paytirish va natijadan ildiz chiqarish mumkin: ∙ =

Teorema istalgan sondagi nomanfiy ko’paytuvchilar uchun to’g’ri bo’ladi. Masalan, agar , b≥0 , ≥0 bo’lsa,u holda = ∙

2- masala. ni hisoblang = = = ∙ ∙ =3∙6∙2=36 ifoda berilgan bo’lsin. Agar b≥0 bo’lsa,u holda ko’paytmadan ildiz chiqarish haqidagi teoremaga ko’ra, bunday yozish mumkin:

Bu kabi shakl almashtirishni ko’paytuvchini ildiz belgisi ostidan chiqarish deyiladi.

Ba’zi hollarda ko’paytuvchilarni ildiz belgisi ostiga kiritish ,ya’ni

ko’rinishdagi shakl almashtirishlarni bajarish foydali bo’ladi,bunda ≥0 ≥0.

4-masala. Ifodani soddalashtiring:

Musbat va quyidagini hosil qilamiz:

4. Mustahkamlash (13 daqiqa)

260- misol. Hisoblang

262- misol. Hisoblang

1)( + ) 2 =( ) 2 +2 +( ) 2 =8+8+2=18

3)( – ) ( + )=( ) 2 -( ) 2 =7-6=1

265- misol. Ifodani soddalashtiring

5. Baholash va uy ishi berish (2 daqiqa)

Uyga vazifa:256-262(2-,4-) 263 -266 -misollar

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

Matematika fanidan 1-sinflar uchun eng yaxshi dars ishlanma uchun taqdirlandi

Darsning ta’limiy maqsadi: 13-4, 13-5, 13-6 ko’rinishidagi misollarni yechish. Darchalarni to’ldirishga doir misollar yechish haqida bilim berish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: Insoniyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida madaniy, ma’naviy, milliy merosdagi avlod-ajdodlarimizdan qolgan odob-axloq haqidagi bilimlardan boxabar qilish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi; Darsda o’quvchilarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash.

O`quv jarayoniga oid kompetetsiyalar: TK1 matematikaga oid turli axborotlarni tinglab, ko‘rib tushunish; sodda matematik matn ma’nosini so‘zlab bera olish.TK3 o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqish. FK2 o‘qituvchi bilan hamkorlikda o‘quv va amaliy masaladagi maqsadni ifodalay oladi, o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi.

FK10 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, to‘g‘ri va teskari tartibda sanay oladi;

Darsning turi: Noan’anaviy.

Darsning jihozlanishi: a) 1-sinf «Matematika» darsligi; b) magnit taxtacha, plakar, AKT, tarqatmalar ,Klaster Darsning borishi:

Tashkiliy qism: O`quvchilarni darsga jalb etish.

O’tgan mavzuni mustahkamlash:

1. O’quvchilar diqqatini darsga jalb etish.

3. O’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida «Estafeta» o’yinini tashkil etish. O’qituvchi o’yinni sharti bilan tanishtiradi. O’qituvchi magnitli taxtachaga misollarni yopishtirib qo’yadi.

1-guruh: 20 + 30 50-10 40 + 40 80-20 60 + 30

Sinfdagi o’quvchilarni uch guruhga bo’lib qo’yiladi.Klaster usulida o’tilgan mavzu takrorlanadi.

Har bir guruhga alohida beriladi.

Ularga misollarning javobini topayotganlarida birining javobi ikkinchi qayiqdagi sonning boshlanishiga to’g’ri kelishi kerakligi tushuntiriladi.

Yangi mavzuni bayon etish. 1-misol.

Misollarni bajarilishini misollar yordamida tushuntirish.

2- masala. Gulzorda 13 ta oq va qizil chinnigullar ochilgan edi. Qizil chinnigullar 7 ta bo‘lsa, oq chinnigullar nechta?

Jami – 13 ta

Qizil chinnigul – 7 ta 13 – 7 = 6

Oq chinnigul – ? ta Javob: 6 ta oq chinnigul.

Dam olish daqiqada ,,Quvnoq koptok” koptokni olgan bola savollarga javob berishi kerak .Masalan 13-4, 13-7, 13-8, 13-6

3-misol. Amal ishoralarini tengliklar to‘g‘ri bo‘ladigan qilib qo‘ying:

13 – 6 =7 8 + 7 =15 11 – 6 =5

12 -3 =9 7 + 6 =13 12 -8 =4

Misollarni o`quvchilar mustaqil bajaradilar. Misolni birinchi va to`g`ri bajargan o`quvchi baholanadi.

Yangi mavzuni mustahkamlash.

4 -misol. Qisqa yozuv bo‘yicha masala tuzing va uni yeching:

13 – 7 = 6 Javob: 6 ta kompyuter.

5-misol. Shakllarni taqqoslang. Har birida nech tadan uchburchak bor?

Shakllar hammasi rangli qog’ozdan tayyorlanadi.

Darsni yakunlash. O’quvchilar bilimini baholash, faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish.

Uyga vazifa. 6-misol.

Jomboy tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 7-umumta’lim maktabi rasmiy sayti

Mavzu : “Sonli va harfli ifodalar”
Dars taqsimoti :
1 Tashkiliy qism 5 daqiqa
2. O`tgan mavzuni so`rash 5 daqiqa
3. O`tgan mavzuni mustahkamlash 5 daqiqa
4. Yangi mavzu bayoni 20 daqiqa
5. Yangi mavzuni mustahkamlash 6 daqiqa
6. Darsning yakuni.Uyga vazifa berish va baholash 4 daqiqa

Darsning texnologik xaritasi
Mavzu: “Sonli va harfli ifodalar”
Soatlar soni: 1 soat
Mavzuni qisqacha ta’rifi: O’tilgan mavzuni mustahkamlash, sonli va harfli ifodalar mavzusi yuzasidan tushuncha berish
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod: Guruhlash metodi
Shakl: jamoa va kichik guruhlar bilan ishlash
Jihoz: darslik, doska va bo’r, tarqatma materiallar
Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish
Baholash: o’quvchilar 5 ballik reyting tizimi asosida baholanadi.
Darsning maqsadlari
Ta’limiy: Sonli va harfli ifodalar mavzusida yangi bilimlarni egallash, sonli va harfli ifodalarda misollar bilan mustahkamlash
Tarbiyaviy: mavzuni tushuntirish va mustahkamlash jarayonida o’quvchilarning hozirjavoblik, zukkolik, topqirlik fazilatlarini tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: matematik topshiriqlarni bajarish orqali o’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish
Kutilayotgan natija
O’qituvchidan:
Mavzuning barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishish, o’quvchilarning harfli va sonli ifodalar haqidagi misol va masalalarni yechishni o’zlashtirishga darsga o’quvchilarning faol qatnashishiga erishish
O’quvchilardan:
Chiroyli, to’g’ri, xatosiz yozishga o’rganadi. Turli mashqlar yordamida sonli va harfli ifodalarni o’rganish malakalari takomillashadi
Dars jarayoni va texnologiyasi
Ishning nomi Bajariladigan ish mazmuni Metod Vaqt

1 – bosqich
Tashkiliy qism Salomlashish.O`quvchilarni darsga tayyorlab olish. Navbatchi hisoboti. She’rlar va maqollar aytish.
Savol – javob , suhbat , ko`rgazmalilik .

3 daqiqa
2 – bosqich
O`tgan mavzuni so`rash O`tilgan mavzu: ,,Natural sonlarni ayirish va uning xossalari“ mavzusini so`rash va nazorat qilish. Daftarlarni almashtirish. O`quvchilarni 4 guruhga bo`lish .
Savol – javob , suhbat .

5 daqiqa
3 – bosqich
O`tilgan mavzuni mustahkamlash . O`tilgan mavzuni ,, Qarmoq “ , ,,Pochtachi “ o`yinlari orqali mustahkamlash . Didaktik o`yin , musobaqa .

5 daqiqa
4 – bosqich
Yangi mavzu bayoni Yangi mavzu: “Sonli va harfli ifodalar”. Mavzu yuzasidan tushuntirish;
Darslikda 1-6-misol va masalalarni tushuntirish va
Guruhlar bilan birgalikda bajarish

Tushuntirish, ko`rgazmalilik , musobaqa, o`yin .

20 daqiqa
5 – bosqich
Yangi mavzuni mustahkamlash
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun metod va texnologiyalardan foydalanish
“Zinama-zina” didaktik o`yini
7 daqiqa
6 – bosqich
Dars yakuni Uyga vazifa 7-8- misol va masalalar. Uy ishini tushuntirish. Guruh ishini, darsga faol qatnashgan o`quvchilar bilimini baholash.

Tushuntirish , nazorat
5 daqiqa
Darsning borishi:
1-bosqich. Tashkiliy qism:
O`quvchilarni darsga tayyorlab olish :
Salomlashish. Sinf tozaligini ko`zdan kechirish
O`qituvchi : Darsimiz qaysi dars ?
O`quvchilar : Matematika darsi.
O`qituvchi : Hamma darsga tayyormi ?
O`quvchilar : Tayyormiz.
O`quvchilar yaqinlashib kelayotgan davlat ramzlari bayroq va konstitutsiyamiz qachon qabul qilinganligi haqida ma’lumotlarni aytib o`tadilar.
Navbatchi hisoboti tinglanadi :
Bugun darsimizda 31 ta o`quvchi qatnashyapti. Shulardan 15 tasi qizlardir.O’lkamizda kuz faslining so’nggi oyi o’z jozibasini taratmoqda.
Ikkinchi navbatchi:
Sana, oy, yil haqida ma’lumot beradi. sinfimiz toza va ozoda .Gullarimizni yaxshi parvarish qilayapmiz
O`qituvchi : Barakalla,bugun navbatchilarimiz ishiga besh baho qo`yamiz.Ikki
navbatchiga “Eng dono” rasmlari beriladi.
2 – bosqich. O`tgan mavzuni so`rash
O`qituvchi : Qani bolajonlar , o`tgan darsimizda qaysi mavzuni o`tgan edik ?
O`quvchi : “Natural sonlarni ayirish va uning xossalari” . Uy ishi 18-19 – masala va misol berilgan edi .
O`qituvchi o`quvchilarni daftarlarida uy ishlarini kim yozib bajarib kelgan kelmaganliklarini bir nazorat qilib chiqadi , daftarlar almashtiriladi .
18- misol
1) 4487-923=3564
2) 3010-2318=692 3) 19334-15722=3612
19- masala
Kit akuladan 20 metr uzunroq. Agar kitning uzunligi 31 metr bo’lsa, akulaning uzunligini toping.
Yechish: 1) 31-20=11
Javob: akulaning uzunligi 11 metr.
Demak o’tgan darsimizni qisqacha takrorlab olamiz:

4-bosqich. Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi : Aziz o`quvchilar endi sizlar bilan yangi mavzuni o`rganishga kirishamiz.
Yangi mavzu: Sonli va harfli ifodalar
O`qituvchi : Bolajonlar, biz siz bilan sonli ifodalar ustida misol va masalalar yechishni o`rganib kelganmiz. Endi harfli ifodalar ham qatnashgan misollarni qaraymiz:
SONLI VA HARFLI IFODALAR
Sonli ifodalar
(280 – 120) + 60 yozuv sonlar, arifmetik amallar va qavslardan tuzilgan. Bunday yozuvlar sonli ifodalar deb ataladi.
Sonli ifodada amallar ko’rsatilgan tartibda bajarilsa, sonli ifodaning qiymati hosil bo’ladi. Yuqoridagi sonli ifodaning qiymati 460 ga teng.
1- misol. Ishchi 2 soat ishladi. U birinchi soatda 12 dona, ikkinchi soatda esa undan 6 dona ko‘p detal tayyorladi. Ishchi ikki soatda jami necha dona detal tayyorlagan?
Yechish. Masalani sonli ifoda tuzib yechamiz. Ishchi ikkinchi soatda 12 + 6 dona detal tayyorlagan.
Demak, u ikki soat ichida 12 + (12 + 6) dona detal tayyorlagan.
12 + (12 + 6 ) yozuv sonli ifodadir. Uning qiymati 30 ga teng. Demak, ishchi ikki soatda jami 30 ta detal tayyorlagan.
2- misol. Ishchi 2 soat ishladi. U birinchi soatda 12 dona, ikkinchi soatda esa undan 8 dona ko‘p detal tayyorladi. Ishchi ikki soatda jami necha dona detal tayyorlagan?
Yechish. Bu masalani yechish uchun 12 + (12 + 8) sonli ifodani hosil qilamiz. Bu ifodaning qiymati 32 ga teng. Demak, ishchi 2 soatda jami 32 dona detal tayyorlagan.
Harfli ifodalar
Yuqorida ko’rilgan ikki masala bir-biridan 6 sonini 8 soniga o’zgartirilgani bilan farq qiladi. Hargal bu masalalarni yangidan yechmaslik uchun, masaladan-masalaga o’zgarib borayotgan sonni m harfi bilan belgilaymiz. Unda bu ikki masala quyidagi yangi masalaga birlashadi:
3-misol. Ishchi 2 soat ishladi. U birinchi soatda 12 dona, ikkinchi soatda esa undan m dona ko‘p detal tayyorladi. Ishchi ikki soatda jami necha dona detal tayyorlagan?
Yechish. Bu masalani yechish uchun ham 1- misoldagidek ifoda tuzamiz:
12 + (12 + m).
Bu ifodada sonlar bilan bir qatorda m harfi ham qatnashyapti. m harfi o’rniga 6 sonini qo’ysak, 1-masala uchun tuzilgan sonli ifodani, 8 sonini qo’ysak, 2-masala uchun tuzilgan sonli ifodani hosil qilamiz. Bu sonli ifodalar qiymatini hisoblab mos ravishda 1- va 2-masala yechimlarini topamiz.
Son va harflar qatnashgan ifoda harfli yoki harfiy ifoda deb ataladi.

Harfli ifodadagi harf o’rniga turli sonlarni qo’yish mumkin. Bu sonlar harfning qiymatiari deb ataladi. Harf o’rniga son qo’yib hisoblaganda chiqqan natija harfli ifodaning qiymati deyiladi.
Dam olish daqiqasi 1) Nafas olishga doir mashqlar

Keyingi bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash :
1-topshiriq Sonli ifodalarni topish uchun darchalarni to’ldirish daftarda bajariladi

2-topshiriq b=20 bo’lganda, harfli ifodaning qiymatini aniqlang

3-topshiriq daftarda bajariladi:

O`qituvchi : Aziz o`quvchilar bugungi darsimizni tushundilaringizmi ?
O`quvchilar – ha :
O`qituvchi : Unda uyga vazifani belgilab olingizlar .
Uyga vazifa : 8-9– masala va misollar.

28-12=16 28-24=4 139-109=30 523-109=414
9-misol

(19-7*1)+(9*1-8)=12+1=13 (19-7*2)+9*2-8)=5+10=15
(5*1-3)+(8*1+16)=2+24=26 (5*2-3)+(8*2+16)=7+32=39
O`qituvchi: Sinfimizda faol qatnashgan o`quvchilariga rag`bat kartochkalati beriladi va ballar qo`yiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati .
1) A . Yo . Yusupov ,, Matematika kechalari “ Toshkent . 1976 – yil
2) Bikboyeva N . U . Va boshqalar . ,, Boshlang`ich “ sinflarda matematika o`qitish metodikasi . Toshkent . ,, O`qituvchi “ 1996 – yil
3) Boltayev J . Qodirov B ,, Boshlang`ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlar ,, Toshkent “ , ,, O`qituvchi “
4) Burxonov S., Xudoyorov O`., Norqulova Q., ,,Matematika “ 3-sinf. Toshkent ,, O`qituvchi “ 2012 – yil
5) Quchqarov A., Sariqova Sh., Usmonova P., Raxmonov U. “Matematika”.4-sinf. Toshkent. “O`qituvchi”. 2013-yil.
6) T . G`affarova ,, Boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar” 2012 – yil
7) ,, Boshlang`ich ta’lim jurnali 2009 – yil aprel 4 – son
8) ,, Boshlang`ich ta’lim “ jurnali mart 3 son .

Qiziqarli malumotlar
Matematika fanidan 1-sinflar uchun eng yaxshi dars ishlanma uchun taqdirlandi