Matematika fani oyligi doirasidagi tadbirlar uchun ssenariy
Assalomu alaykum , katta – kichik mehribon Bilimga tashna ko`ngil ,ziyrak tanho o`quvchim. Keldi oylar sultoni ,hisob – kitob makoni Matematika , informatika aniq fanlarning joni. Bellashuvni boshlaylik ,olg`a qadam tashlaylik, Ilm cho`qqilarini egallashni boshlaylik. Kimdir g`olib ,kim mag`lub aytar buni hakamlar G`olib aniqlanganda ,sizga tanish odamlar . Davramiz kengroq olib bilimdonni chorlaymiz Aql , idrok sirlarin sizga taqdim qilamiz. Kechga qolmang birodar ,ro`yhat boshlangan erta Ro`yhatdan o`tish uchun, nima kerak? – aslida Bunda kerak bilmingiz , aqilli qo`l ishingiz Kerak albom tarzida yaratgan ixtirongiz . Matematika sahnasi chorlagay sizni bu kun Ko`pgina jumboqlarin oson hal qilish uchun. Hayot qaynaydi unda ,aql peshlaydi bunda Sabr qanoat bo`lsa , javobi tayyor unda . Keling qishning qahraton qorli kun ilhomiga Fevral oyining ayni 28 ta kuniga Xar bir kunimiz bayram ,sovrinlidir u xar dam Tanlovlari ham bisyor ,biri – biridan hushyor Xar kun uchun g`olib bor ,Xar kim uchun g`olib bor. Oyning xar bir kuniga ,biling yana g`olib bor. Besamar ketmasin deb, xar bir o`tgan kunimiz Bellashaylik sinflar kesimida kelingiz. Bobomizga bag`ishlab o`tkazaylik kechani Nomi qolsin bizdanda ,mangu shonli tarixda . Albomlar tayyorlaylik ,yozaylik referatlar Xar xil turdagi maket, bo`lsin romba – yu kvadrat. Oyning oxirgi kuni bo`ling ajoyib g`olib Esdalik uchun oling bizdan bir uyum sovg`a. Salom aziz yurtdoshlar! Ustozlar – u safdoshlar! Jajji qaqajonlar – u , Katta kichik ukalar! Marhamat qiling sizlar , sahnada bu kun,yoshlar Maktabimiz zalida , Aylanma stol yonida , Algoritm va Nihol , Bellashadi mantiqda. Kim aqlli , kim chaqqon Bilinadi shu tobda. Sahnamiz muntazir bugun ham sizga Akalar opalar marhamat qiling . Ilmingiz kuchini ko`rsatib yana G`oliblik shoxsupasiga har dam intiling. Baringiz bilimdon ,baringiz chaqqon Baringiz maktabning faxri siz bu kun. Bugun ham sahnamiz bezagi bo`lib Bellashing opalar haqqoniy dildan. Berilur savollar bunda hayotiy Mantiqiy , mo`jizakor, bir muncha qiyin. O`ylasangiz agar to`gri va aniq Javobni qilursiz hakamlarga siz. O`tkir zehinlisiz bugun davrada Bilasiz fanlarning qiziq tamonin . Faqat shoshilmangiz o`ylang siz obdon O`shanda bo`ladi olam guliston . Ustozlar oldida bu kun siz turib, Imtihon qilarsiz olgan ilmingiz. Savolga javobni bir daqiqada Shoshilmay beringiz to`g`ri va aniq. Kelinglar azizlar chorlaylik bu kun Aka – yu opani zakovatga biz. Marhamat qilingiz davra sizniki, Omad ham sizniki , baxt ham sizniki. Navbatni maktabimizning 9-sinf o`quvchilaridan tashkil topgan “Algoritm” va “Nihol” jamoalariga beramiz . Ular shu davr maboynida olgan bilimlarini sizlar bilan o`rtoqlashishadi. Zakovot savollari: 1.Қуёш энергиясининг 19 фоизи атмосферага сингиб кетади, 47 фоизи Ерга тушади, 34 фоизи qayerga ketadi? O`sha hududda xam yoz juda issiq kelishi bois, deyarli xar bir xonadon oldida hovuz va uning atrofida bir daraxt o`stirilgan. Bu daraxt boshqa hududlarda deyarli uchramaydi. U toza kislorod ishlab chiqarish bilan birga havoni salqinlashtirish xususiyatiga ega. Ushbu daraxt qaysi viloyatda o`sadi va nomi nima ? Ushbu viktorinada siz har kuni belgilangan masalalarni yechimini kunning ikkinchi yarmiga qadar , ya`ni soat 15°°ga hayat qutisiga tashlashingiz lozim. Siz bajargan masalalaringiz natijalari bilan ertasi kuni soat 9°°da tanishasiz va kunning g`olibi sovriniga ega bo`lasiz. 07.02.2017 yil 08.02.2017 yil Matematika fani oyligi doirasidagi tadbirlar uchun ssenariy
DO`STLARGA ULASHING:
Matematika fani oyligi doirasidagi tadbirlar uchun ssenariy
Matematika fani oyligi doirasidagi tadbirlar uchun ssenariy