MATEMATIK FIZIKA TENGLAMALARI
MATEMATIK FIZIKA TENGLAMALARI — fizik xrdisalarni matematik tahlil qilish natijasida kelib chiqadigan xususiy hosilali differensial hamda integral va funksional tenglamalar. Matematik fizika tenglamalarini fizik qonunlarning matematik ifodasi deb izohlash mumkin, tenglamadagi miqdorlar, odatda, bevosita fizik maʼnoga ega boʻladi (mas, t-ra, elektr zaryadi, tebranuvchi muhit nuktalarining holati va b.). M. f. t. nazariyasi, asosan, xususiy hosilali differensial tenglamalar nazariyasining bir qismi boʻlib, mat. ning boshqa boʻlimlari b-n xam bogliq. Oddiy differensial tenglamalardagidek har bir xususiy hosilali differensial tenglama, umuman, cheksiz koʻp xususiy yechimga ega boʻladi. Aniq fizik masala yechilayotganda bu yechimlardan masalaning fizik maʼnosidan kelib chiqadigan ayrim qoʻshimcha shartlarni qanoatlantiradigan yechimni ajratib olish zarur. Bunday qoʻshimcha shartlar, asosan, chegaraviy shartlar (q. Chegaraviy masalalar) va boshlangʻich shartlar (q. Koshi masalasi) dir.
Ensiklopediya.uz
MATEMATIK FIZIKA TENGLAMALARI