Mastopatiya — alomatlari, tasnifi, sabablari, tashxislash, davolash, oldini olish

Mastopatiya — alomatlari, tasnifi, sabablari, tashxislash, davolash, oldini olish

Mastopatiya, fibroz-kistoz mastopatiya (FKM) — ko’krak bezlarining eng keng tarqalgan kasalliklaridan biri hisoblanadi. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) statistika ma’lumotlariga ko’ra, tug’ish yoshidagi deyarli har ikkinchi ayol bu kasallik bilan tanish.

svg%3EFibroz-kistoz mastopatiya

Patogeneziga ko’ra mastopatiya yaxshi sifatli gormonal kasallik hisoblanadi. Uning rivojlanishi uchun asosiy sabab gormonal muvozanatning buzilishi hisoblanadi. Xususan, organizmda progesteron yetishmasligi va giperestrogeniya — estrogen gormonining me’yordan ortiqligi fibroz-kistoz mastopatiya rivojlanishiga olib keladi. Bundan tashqari, bu patologiya rivojlanishiga prolaktin ham bilvosita rol o’ynaydi. U sut bezlari rivojlanishi va faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi, prolaktin sekretsiyasining ortishi bu jarayonlari buzadi.

Yuqorida ko’rsatilgan gormonlar ishlab chiqarishdagi buzilishlar patologik gormonal disbalansga olib keladi, bu esa alveola va ariqchalarni qoplovchi va biriktiruvchi to’qimalarning o’sib ketishiga va buning oqibatida epiteliy va biriktiruvchi to’qima nisbatining patologik shakllanishiga olib keladi. Shu asnoda ayollarda fibroz-kistoz mastopatiya kasalligining birinchi alomatlari bo’lgan ko’krak bezlarida yuqori sekretsiya va og’riq yuzaga keladi.

Fibroz-kistoz mastopatiyaning klinik tasnifi

Zamonaviy tibbiyot FKMning ikkita asosiy shaklini ajratadi:

  • Diffuz (tarqoq);
  • Tugunli.

Diffuz shakli sut bezlarida tariq shaklidagi kichik tugunchalarning paydo bo’lishi bilan ta’riflanadi va o’z vaqtida tashxis qo’yish va davolashga qarab, yoki so’rilib ketadi, yoki kattalashadi. Bu tugunchalar tarkibiy qismining ustunligiga ko’ra, diffuz mastopatiya o’z navbatida to’rt guruhga bo’linadi:

  • Kistoz;
  • Fibroz;
  • Bezli (to’qimaning shiningdek parenxima deb ataladi);
  • Aralash.

Hosil bo’lgan shakllanma kattaligi diametriga 0.5-2 santimetrga yetsa, fibroz-kistoz mastopatiya tugunli shaklga o’tadi.

Bundan tashqari, FKM kechish jiddiyligiga qarab uch guruhga ajratiladi: yengil, o’rta va sezilarli, shuningdek, tugunchalar bir yoki ikkala ko’krakda paydo bo’lganligiga qarab bir yoki ikki tomonlama shakllarga bo’linadi.

Mastopatiya rivojlanishi uchun turtki bo’ladigan omillar

FKM rivojlanishida ishtirok etadigan omillar ikki guruhga bo’linadi:

  • Asosiy (birlamchi);
  • Ikkinchi darajali.

Asosiy omillarga ko’p tug’ishlar, uzoq vaqt davomida gormonal ta’sirga ega kontratseptivlardan foydalanish, abortlar, 30 yoshdan keyin ham farzandlarinig yo’qligi, hayz bilan bog’liq muammolar, ayollar bolani ko’krak bilan emizishdan bosh tortishi, jinsiy a’zolar tuzilishdagi anomaliyalari mavjudligi kiradi.

Fibroz-kistoz mastopatiya kasalligi rivojlanishida ikkilamchi omillar quyidagilardan iborat:

  • Irsiyat — birinchi va ikkinchi tartib qarindoshlarida FKM mavjudligi;
  • Patologik a’zolar faoliyatining gormonlar ishlab chiqarishga ta’sir qilishi (qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari, gipofiz bezi);
  • Hayot tarzi. Noto’g’ri ovqatlanish, ratsionida vitaminlar yetishmasligi, tana vazni bilan bog’liq muammolar mastopatiya rivojlanishi xavfini oshiradi;
  • Yomon odatlar: chekish, spirtli ichimliklarni suiste’mol qilish.

Fibroz-kistoz mastopatiyaning alomatlari

FKMning dastlabki bosqichda maxsus diagnostika usullarisiz aniqlash mumkin bo’lgan alomatlar deyarli namoyon bo’lmaydi. Shu sababli, barcha ayollar uchun bu patologiyaning erta bosqichda aniqlash imkonini beradigan muntazam tibbiy nazoratdan o’tib turish juda muhim hisoblanadi.
Keyingi rivojlanishi bilan fibroz-kistoz mastopatiya o’zini quyidagi belgilar orqali namoyon qila boshlaydi:

  • Paypaslash orqali seziladigan va og’riqli tabiatga ega ko’krak bezidagi zichlanishlar;
  • Hayz oldi davrida ko’krak bezlarining dag’allashishi va kattalashishi;
  • Ko’krak siynalari sezuvchanligining ortishi;
  • Qo’ltiq osti yoki yelkaga tarqalishi mumkin bo’lgan ko’krakdagi og’riqlar;
  • Ko’krakdan oq yoki jigarrang ajralmalar ajralishi.

Bu alomatlarning har biri chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkish zarurligini anglatadi. Ayniqsa sut bezlaridan ajralmalar ajralas tekshiruvdan o’tish kerak. Ular — xavfli o’simtalarga aylanishi mumkin bo’gan mastopatiyaning juda xavfli alomatlaridir.

Fibroz-kistoz mastopatiya tashxisi

Shifokorlar bir ovoz bilan ta’kidlashmoqda: «Har bir ayol FKM haqida so’zlashi mumkin bo’lgan tugunchalarni aniqlash uchun ko’krak bezlarini muntazam vizual tekshirib borishlari kerak». Bunday amaliyot G’arbda me’yorga aylangan, lekin bizda hali keng tarqalgani yo’q.

Vizual tekshirish quyidagi algoritm bilan bajariladi:

  1. Oyna oldiga turing va qo’llaringizni pastga erkin tushuring. Bezlarning simmetriyasini, ularning joylashish tenglik darajasini, to’g’ri chegaralarini, shakli va o’lchamlarini baholang. Bu natijalarni keyingi tekshiruv vaqtida taqqoslab ko’rish uchun eslab qolish joiz.
  2. Tanangizni yon taraflarga eging va ko’krak harakatlanishi darajasi bir xilligini tekshiring. Bu bosqichda shakllanishlarning chuqurliklari va balandliklarini aniqlash, shuningdek harakatda ajralish borligini kuzatish mumkin.
  3. Xuddi shu holatda terining holatini baholang. Uning rangi tabiiy va bir tekis bo’lishi, unda hech qanaqa ajinlar, kichik yarachalar va toshmalar bo’lmasligi kerrak.
  4. Ko’krak bezlarini yotgan va tik turgan holatda paypaslab ko’ring. Ushbu jarayonni qulayroq qilish uchun tekshirilayotgan sohani shartli kvadratlarga bo’ling va ularni birma-bir tekshirib chiqing. Sizning e’tiboringizni har qanday zichalnishlar, tugunchalar va boshqa g’ayritabiiy tuzilmalar jalb qilishi kerak.
  5. Siyna va ularning atrofini diqqat bilan tekshiring. Shakli, rangi, terining har qanday o’zgarishi klinik tashxisga bo’lgan ehtiyojning belgisidir.

Bunday ko’rikni bir oyda bir marta, hayz siklining aynan bir kunida amalga oshirish kerak. Bu turli davrlarda ayol ko’kragidagi tabiiy o’zgarish bilan bog’liq farqlardan holi qiladi.

Bunda tashqari, muntazam tekshiruvlar hatto kichik o’zgarishlarni his qilish imkonini beradi va ular aniqlanganda, kasallikni rivojlanishining dastlabki bosqichlarida bartaraf qilsa bo’ladi.

Mastopatiyaning klinik tashxisi bir qator ko’riklarni va uch mutaxasis — ginekolog, endokrinolog va mammolog konsultatsiyasini o’z ichiga oladi. Birinchi navbatda, fibroz-kistoz mastopatiya mavjudligi gumon qilinayotgan ayol sut bezlari ultratovush tekshiruvi va magnit-rezonans tomografiyasi yordamida tekshirilib ko’riladi. Ushbu usullar eng informativ hisoblanadi va tugunchalarni rivojlanishning dastlabki bosqichlarida ham aniqlay oladi.

MRT va UTT yordamida taxmin qilinayotgan kasallik tashxisi qo’yilgach, batafsil tekshirish uchun mamografiya, biopsiya va duktografiya tayinlanadi. Ular o’smalar joylashishini ko’rsatib berish va saraton oldi o’simtalar mavjudligini aniqlash imkonini beradi.

Ushbu beshta usullar aniq tashhis qo’yish uchun mutlaqo yetarli. Va ularning natijalariga ko’ra, shifokorlar patologiyani to’g’ri tashxislashi va to’g’ri davolash usullarini belgilashlari mumkin. Bitta istisno — bu tugunli mastopatiya bo’lib, u hosil bo’lgan tugunchalar punktsiyasi o’tkazishni talab qiladi. Bu amaliyot saraton o’simtalari mavjudligini istisno qilish yoki tasdiqlash uchun amalga oshiriladi.

Mastopatiyani davolash

Yengil va o’rta bosqichdagi mastopatiyani davolash uch yo’nalishda amalga oshiriladi:

  • Ichki qo’llash uchun gormonal bo’lmagan preparatlar;
  • Tashqi qo’llash uchun kremlar;
  • Fito- va vitamin preparatlari majmuasi.

Ichki foydalanish uchun eng ko’p ishlatiladigan dorilar quyidagilardir:

 Preparat  Ta’rifi
 Fitolon  Kuchli immunomodulyator, anitseptik va antioksidant. To’qimalarda mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi, saratonli o’simtalar rivojlanishini sekinlashtiradi.
 Mastodinon  Prolaktin ishlab chiqarilishini pasaytiradi, fibroz-kistoz mastopatiyaning diffuz shakli rivojlanishini to’xtatadi.
 Mastofit  Modda almashinuvi fermentlari faolligini nazorat qiladi. Ba’zi shakldagi onkologik patologiyalarda himoya vazifasini bajaradi.
 Klamin  Mastopatiyaning patologik namoyon bo’lishlarini pasaytiradi, onkoprotektiv ta’sir ko’rsatadi, qalqonsimon bez faoliyatini normallashtiradi.

Mastopatiyada tashqi qo’llash uchun eng ommabop vositalar qatorida:

 Preparat Chiqarilish
shakli
 Ta’rifi
 Mastofit  Krem  O’simlik asosidagi preparat. Shishlarni kamaytiradi, modda almashinuvini jarayonlarini me’yorlashtiradi, sut bezlari shaklini yaxshilaydi.
 Mastokrel  Gel  Preparat yallig’lanishga qarshi, og’riq qoldiruvchi, antispazmatik va tinchlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi.
 Progestogel  Gel  Gestagen gormonal preparat bo’lib, biriktiruvchi to’qima shishlarini kamaytiradi, epiteliy faolligini pasaytiradi va kichik qon tomirlar o’tkazuvchanligini oshiradi.

Fibroz-kistoz mastopatiya uchun vitaminli terapiya A va E vitaminlari, shuningdek, yod miqdorini oshirishdan iborat. Ular gormonal metabolizmning faolligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va normal gormonal fonni tiklaydi.

Ushbu guruh preparatlari kerakli natijalarni bermagan hollarda va fibrokistoz mastopatiyaning og’ir shakllarida gormonal davolash tayinlandi. Faqatgina mutaxassis tomonidan, ayolning patologiyasi va tanasining o’ziga xos xususiyatlariga qarab tanlanadi.

Bu maqsadlar uchun asosan progestogen guruhiga kiruvchi og’zaki kontratseptivlar, shuningdek tabletka shaklidagi progestogen ishlatiladi. Ushbu dorilar bilan davolanish jarayoni juda uzoq davom etadi — olti oygacha, ammo ko’pchilik hollarda davolanishning samarasi yaqqol kuzatiladi.

Fibroz-kistoz mastopatiyani xalq tabobati yordamida davolash usullari

Xalq tabobatida mastopatiyani davolash uchun ko’plab retseptlar mavjud. Ular ko’p hollarda mustaqil terapiya sifatida emas, balki dori-darmonlar bilan davolashda yordamchi element sifatida qo’llaniladi. FKM bilan kurashish uchun ko’plab mashhur retseptlar fitoterapiya elementlari hisoblanadi. Keling, ularning ayrimlarini ko’rib chiqaylik:

  1. Yarim litr sutda 100 gramm shivit urug’i qaynatiladi. Olingan damlama issiq joyga ikki soat davomida qoldiriladi, undan keyin uch qismga bo’linadi va qismlar kun davomida ovqatdan 30 daqiqa oldin qabul qilinadi. Davolash davomiyligi uch hafta bo’lib, kistoz mastopatiyada samarali hisoblanadi.
  2. FKM da quyidagi o’tlar jamlanmasi foydali: bir qismdan quritilgan qichitqi o’t (krapiva) va mavrak (shalfey), ikki qismdan shuvoq bilan zubturum aralashtiriladi, keyin bir chimdim aralashma bir stakan qaynoq suv bilan damlab qo’yiladi va bir soat davomida tindiriladi. Damlama suyuqligi kun davomida uchta bo’lingan miqdorda ichiladi.
  3. Bir kechaga ko’krakka yo’l-yo’l qilib biroz kesilgan karam barglari qo’yiladi. Karam hosil bo’lgan tugunchalarning so’rilib ketishiga yordam beradi. Ushbu usulni ikki hafta davomida qo’llash kerak, undan so’ng bir haftalik tanaffus talab etiladi.
  4. Sut bezlarini moylash uchun qariqizning quruq barglarini ishlatish foydalidir, uning barglari qayta ishlangan kungaboqar moyiga solib qo’yiladi. Ushbu malham 1: 3 nisbatda tayyorlanadi.

Uy sharoitida tayyorlanadigan xalq tabobatida mavjud komponentlar mastopatiyani davolash uchun tavsiya etilgan tibbiy preparatlarda ham mavjud. Ularning birgalashtirib qo’llash davolashning vaqtini va dori hajmini qisqartirishga imkon beradi.
Shu bilan birga, eng oddiy xalq tabobati retseptlarini qo’llashdan oldin ham shifokor bilan maslahatlashish kerak, bu dozani oshirib yuborish, allergik reaktsiyalar va nojo’ya ta’sirlarni oldini olish uchun muhimdir.

FKMni oldini olish

Fibroz-kistoz mastopatiyani oldini olishning asosiy tamoyillarini ushbu patologiyani rivojlanishi uchun zaruriy shartlaridan ajratib olish mumkin.
Mastopatiya rivojlanishi xavfini kamaytirishning ikkita asosiy tamoyili: bolani emizish va o’z ko’krak bezlarini doimiy tekshirishdir. Bundan tashqari, samarali profilaktika choralari quyidagilardan iborat:

  • Abort qilmaslik;
  • Sog’lom turmush tarzi;
  • Sut bezlarining travmatik jarohatlaridan qochish;
  • Barqaror stress holati.

Albatta, bu qadamlar fibroz-kistoz mastopatiyaning rivojlanish ehtimolini butunlay yo’q qilmaydi, ammo bularning natijasida kasallikning paydo bo’lishi xavfi ancha pastroq bo’ladi.

Mastopatiyaning oqibatlari

FKMning asosiy xavfi bu patologiyaga ega bo’lgan ayollarda ko’krak bezi saratoni rivojlanish ehtimoli besh baravar ko’roq bo’lishidir. Bundan tashqari, bunday bayonot nisbatan yaqinda paydo bo’ldi, ammo zarur klinik tasdig’ini topdi.

Yigirma yil oldin fibroz-kistoz mastopatiya ayolning hayot uchun tahdid emas va faqat simptomatik namoyon jihatidan xavfli deb ishonishgan. Hozirda esa FKMning erta va to’g’ri tashxisi o’ta zarur, chunki bu patologiya saraton oldi kasalliklari sinfiga mansubdir.

Ko’krak bezi saratonidan tashqari, mastopatiyada yuzaga keladigan gormonal muvozanating buzilishi bachadon bo’yni va tuxumdonlar saratoni rivojlanishiga turki bo’ladi. Shu jihatdan mastopatiyaning o’z vaqtida aniqlash va davolash ahamiyati yanada muhimroq bo’ladi.

Shu bilan birga, hammasi u daraja dahshatli emas. Muntazam shifokor ko’rigi va mustaqil tekshiruvlar mastopatiyani erta davrlarda aniqlash imkonini beradi, bu esa murakkab davolanishni talab qilmaydi va deyarli 100% ijobiy yakunlanadi. Aynan shu sababli deyarli har bir ayollar maslahati xonasida ko’krak bezini mustaqil tekshirish bo’yicha stendlarni uchratsa bo’ladi va shifokorlar bot-bot muntazam tekshiruvdan o’tib turish muhimligini ta’kidlashadi. Bu ikki omil mastopatiyaning o’ta murakkab patologiyalarga o’tib ketishidan qutulishning kalitidir.

Kasalliklar
davolash, Mastopatiya — alomatlari, oldini olish, sabablari, tashxislash, tasnifi