Masshtab to‘g‘risida ma‘lumot to’liq malumot oling

Masshtab to‘g‘risida ma‘lumot to’liq malumot oling

🔰Masshtab to‘g‘risida ma‘lumot

📌Yer yuzidagi joylarni qog’ozda tasvirlash uchun uni bir necha marotaba

kichraytirish lozim bo’ladi. Mana shu kichraytirish darajasi masshtab deb

aytiladi.

📌Masshtab-nemischa mass — uzunlik va shtab — temir taxtacha degan ma’noni bildiradi. Masshtab asosan uch xil bo’ladi va topografiya hamda kartografiyada quyidagi masshab turlari alohida ajratib ko’rsatiladi:

📌Sonli masshtab-asosan kasr son ko’rinishida beriladi kasr suratiga bir

maxrajida esa tasvir necha marotaba kichraytirilgan ligini ko’rsauvchi raqam

beriladi. Masalan 1:1000; 1:10000; 1:1000000 va hokazo.

📌Nomli masshtab-kartadagi chiziq uzunligi yer yuzasida qanchaga teng

ekanligi so’z bilan ifodalanadi. Masalan: 1sm da 100 m; 1sm da 1000 m; 1sm da

10000 m va hokazo.

📌Chiziqli masshtab- bu teng kesma qismlari santimetrlarga bo’lingan ikkita to’g’ri chiziqdan iborat. Kartada masofalarni aniq o’lchash maqsadida chiziqli masshtabning birinchi qismi kichik bo’laklarga bo’linadi. “0” raqamdan o’ng

tomonga qarab yirik qismlarning qiymati yoziladi.

Chiziqli masshtabning yirik

kesma bo’laklari masshtab asosi deb aytiladi.

Boshqa mavzular
Masshtab to‘g‘risida ma‘lumot