MASJID

MASJID

MASJID, machit (arab. — sajda qilinadigan joy) — musulmonlar jamoa boʻlib, namoz oʻqiydigan joy, ibodatxona. M. lar, asosan, kundalik besh vaqt namoz oʻqish uchun moʻljallangan. Juma va hayit namozlari esa jome masjidlarida oʻqiladi. Birinchi Masjidni Madinada Muhammad (sav) qurdirgan. Masjidlar dastlab shaharlarda, keyinchalik qishloq va mahallalarda barpo etilgan. Masjid larning toʻrida, Makkaga qaragan (qibla) tomonida mehrob, hovlisida hovuz, bir yoki bir necha minora boʻladi. Ayrim yirik Masjidlar mehrobining oʻng tomonida vaʼzxonlik uchun moʻljallangan minbar, baʼzilarida esa Qurʼon oʻqiladigan maxsus joylar ham boʻladi. Baʼzi Masjidlar huzurida maktablar ham boʻlib, ularda oʻgʻil bolalarga Qurʼon oʻqish oʻrgatiladi. Masjid larda juma va hayit namozi kunlari imom-xatiblar xutba oʻqib, turli diniy masalalar boʻyicha vaʼzxonlik qiladi. Oʻzbekistonda 2000 ga yaqin Masjid bor (2003). Masjid larda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida»gi qonunga amal qilingan holda faoliyat yuritiladi.

Ensiklopediya.uz
MASJID