MASHQ

MASHQ

MASHQ, musiqada — sozanda va xonanda tomonidan kuy va ashulalarni ustozlar koʻrsatmasi asosida oʻzlashtirish, ijrochilik mahoratini oshirish uchun qilinadigan maxsus tayyorgarlik. Oʻzbek anʼanaviy musiqasida yakka chol-gʻu asboblarida yoki ansambl boʻlib ijro etilgan kuylar ham Mashq deyilgan. Mac, Munojot M., Choʻli Iroq M., Nasrulloyi M. i va h. k. Ashula yoʻllarining cholgʻu variantlari musiqa asarining Mashqi (cholgʻu yoʻli) deyilgan (mas, Mashqi Chorgoh kabi). Sozandalar esa mashshoq, yaʼni Mashq qiluvchi (kuyni soz b-n ijro etuvchi) deb atalgan.

Ensiklopediya.uz
MASHQ