Mashinangizni o‘t oldirgach darrov konditsionerni ishga tushirmang! to’liq malumot oling
Mashinangizni o‘t oldirgach darrov konditsionerni ishga tushirmang!
Ushbu matnni o‘qish uchun bir daqiqangizni ayamang. Yaqinlaringiz sog‘lig‘i uchun judayam kerakli bo‘lgan ma’lumot!
Soya-salqin joyda kun davomida yopiq oynalar bilan qoldirilgan avtomobilda 400-800 mg. miqdorida benzol to‘planadi. Agar u ochiq quyosh ostida, 16 darajadan yuqori harorat ostida qoldirilgan bo‘lsa, benzol ko‘rsatkichi yanada oshadi. Uning miqdori me’yoriy ko‘rsatkichdan 40 barobar ziyoda, ya’ni 2000-4000 mg.ga yetadi.
Yopiq oynlai mashina ketayotgan odamlar ma’lum bir miqdorda benzol yutib ketishadi. Benzol — buyrak, suyak va jigarga zarar keltiradigan zahar turi hisoblanadi. Eng yomoni organizmni bu zahardan tozalash judayam qiyin. Avtomobillar qo‘llanmasida, konditsioner qo‘shgandan so‘ng, oynalarni ikki daqiqa mobaynida ochib qo‘yish kerakligi, eslatib o‘tilgan. Ammo nega bunday qilish lozimligi haqda so‘z ketmagan. Shunda ham bu maslahatni faqatgina eng zo‘r avtomobillar qo‘llanmasida uchratish mumkin.
Tibbiy asoslar esa shunday deydi:
Tadqiqotlar tasdiqlashicha, konditsioner havoni sovitishni boshlaganda, issiq havoni chiqarib tashlash uchun butun issiqlikni plastikka beradi. Natijada havoda rakni chaqiruvchi benzol paydo bo‘ladi. Buning oldini olish uchun esa oynalarni bir necha daqiqada ochiq holatga keltirish o‘ta ahamiyatlidir.
Mashinani o‘t oldirganiz hamono darrov konditsionerni qo‘shmang!
Bundan oldin oynalarni ochib qo‘yish, biroz o‘tib esa konditsionerni qo‘shish mumkin. Mashinani o‘t oldirgandan keyin ham oynalarni bir necha daqiqaga ochib qo‘ygan afzal. Benzindan havoga chiqadigan uglevodorodlar ham inson salomatligi uchun o‘ta xavfli hisoblanandi.
Shunchaki bu ishingiz bilan, nafaqat o‘zingizni, balki yaqinlaringiz, do‘stlaringiz va begonalarning ham hayotini saqlab qolayotganingiz haqida o‘ylang. Bu ma’lumotni yaqinlaringiz bilan bo‘lishish ham unchalik qiyin emas. Bu ishni hoziroq boshlang.
Foydali Maslahatlar
Mashinangizni o‘t oldirgach darrov konditsionerni ishga tushirmang!