Mashinaga propan gaz o’rnatish haqida ikki og’iz
Mashinaga propan gaz o’rnatish haqida ikki og’iz
/ Avto Olam / От
DO`STLARGA ULASHING:
Mashinaga propan gaz o’rnatish haqida ikki og’iz ⛽️
Yaqinda o’z mashinamga Propan gaz o’rnatdim. Sirdaryo viloyatida bunday xizmatlarni taklif etadigan bizneslar soni talaygina va man ham bu xizmatdan foydalandim. O’rnatish narxi esa Spark,Lacetti kabi mashinalar uchun 3.8 milion(01.03.24 holati bo’yicha). Bu esa Toshkent shahar bilan solishtirilganda nisbatan arzon va shuning uchun ko’plab yurtdoshlarimiz aynan shunday arzonroq narxlarni afzal ko’rgani uchun u yerga borishmoqda. Agar Toshkentda sizga qaysidir sotuvchi viloyatlarda Xitoy zapchastlarni qo’yib berishadi deyishsa bu gaplarga ishonib qolmang. Manda bunday holat Toshkent sergeli mashina bozoriga propan o’rnatish narxlarni so’rash uchun borganimda sotuvchilar tomonidan berilgan shunaqa yolg’on axborotlar tufayli yuzaga keldi. Albatta xitoy tovarlari Sirdaryoda ham bor lekin ularni ajratib olish qiyin emas, negaki man borgan servis binosining rahbari shaxsan o’zi omborxonadagi original Polshadan kelgan STAG propan jihozlarini qanday qilib Polsha podoriginal va Xitoy tovarlaridan ajratib olish mumkinligini ko’rsatib berdi. Endi esa to’plamda nimalar borligini ko’rib chiqamiz: Reduktor, gaz baloni, forsunka,1ta bir martalik ishlatish uchun 1 ta ko’p marta ishlatishga mo’ljallangan filterlar, Elektron boshqarish bloki(Electronic Control Unit), gaz bosimini aniqlaydigan sensor, shlankalar.
@Avtomexanik_07
Mashinaga propan gaz o’rnatish haqida ikki og’iz