Masalalar yechimi 3 sinf matematika darslik

Masalalar yechimi 3 sinf matematika darslik

Bu yil 5-sinf “Matematika” (B.Hay­da­rov) darsligi qayta ishlanib, nashr etildi. Darslikdagi har bir bobni takrorlash soat­larida harakatga doir, jadval va ma’lumotlar bilan ishlashga doir, masalalarni yechishning teng­lashtirish usuliga doir, bo‘laklarga doir, oilada tejamkorlik va matematikaga doir, elektr energiyani tejashga doir matnli va jadval ko‘rinishidagi masalalar yechimi bilan kiritildi.

Matematika

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning matematika faniga qiziqishini, bilim samaradorligini oshirish, fan va texnikani o‘rganishga intilishlarini kuchaytirish uchun o‘qituvchi o‘z ustida muntazam ishlashi, bilim va mahoratini oshirib borishi zarur. Shu bois avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlarida, eng avvalo, 2014-2015-o‘quv yilida mate­matika fanidan o‘tkazilgan ta’lim sifati monitoringi natijalarini tahlil qilgan holda, o‘zlashtirilishi murakkab bo‘lgan mavzularni aniqlash, yangi o‘quv yilida bu mavzularni multimedia vositalari, peda­gogik texnologiyalar yordamida o‘tish yo‘llarini izlab topish lozim.

Jumladan, 2014-2015-o‘quv yilida res­pub­lika miqyosidagi monitoring natijala­riga ko‘ra, 5-sinfda “Ko‘p xonali sonlar­ning yozilishi va o‘qilishi”, “Harakatga doir masalalar”, “Tenglamalar yordamida masalalar yechish”, “Qoldiqli bo‘lish” mavzulariga oid vazifalarni bajarishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan. O‘quvchi ko‘p xonali sonlarning o‘qilishini bilish uchun asosan sonning tuzilish jadvali ustida ishlashi, sonlarni sinflarga ajratish ko‘nikmasini hosil qilishi zarur. Hayotiy masalalar yordamida harfli ifodalar bilan ishlash malakasi oshirilsa, masalalar yechish muammosi teng­lamalar yordamida hal etiladi. Aralash kasrlarga oid misollar amaliyotdan olinib, og‘zaki bajartirilsa, qoldiqli bo‘lishga doir masalalar yechimini topishda yordam beradi.

6-sinfda “Kasrlar ustida amallar”, “Matnli masalalar”, “Ko‘paytirishning taqsimot qonuni” mavzularida xato­liklarga yo‘l qo‘yilgani kuzatildi. Guruh­larda ishlash usuli bilan bo‘laklarga doir masalalar ustida misol namunalari berilib, ko‘rgazmali darslar tashkil etilsa, o‘quvchi kasrlar ustida amallar bajarish ko‘nikmasini o‘zlash­tiradi. Matnli masalalar hayotiy masalalar yordamida yechim topadi. Taqsimot qonuni asosan oiladan boshlanadi. Ya’ni, oila budjeti va far­zandlarga vazifalarning taqsimlanishi asosida sodda va oson tushuntiriladi. Qulay usul bilan ko‘paytirish asosan karrali sonlar ustida amallar bajarish orqali amalga oshiriladi.

7-sinfda “Algebraik kasrlar ustida birgalikda bajariladigan amallar”, “Matnli masalalarning shartiga mos bo‘lgan harfiy ifodalar tuzish”, “Natural ko‘rsatkichli darajaning xossalari”, “Sonni berilgan nisbatda bo‘lish”, “Dav­riy kasrni oddiy kasrga aylantirish”, “Sonning foizini topishga doir murak­kab masalalarni yechish” mavzusidagi misol va masalalarni yechishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan. 5-sinf darsli­gidan olingan harfli va sonli, o‘rniga qo‘yishga doir misollar ko‘proq takrorlansa, yuqoridagi algebraik kasrlar va matnli masalalarga oid mavzularni o‘quvchi ongiga singdirish birmuncha yengillashadi. “Daraja” mavzusini tushuntirishda karra jadva­lidagi istalgan bir sonni o‘ziga o‘zini ko‘paytirish usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Bu mavzularni o‘quvchilarga tushun­tirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalar, xususan, “Blis so‘rov”, “Klaster”, “Muammoli-mantiqiy metod”, “Ham­korlik metodi”, “O‘xshashini top”, “O‘ynab-o‘ynating” usullaridan to‘g‘ri foydalanish, savollar berish, masalalar yechish algoritmi(ketma-ketligi)ni aniq ko‘rsatish, o‘quvchilarning mustaqil ishlari uchun mavzuga doir hayotiy masalalar yechish yuzasidan fikrlashish va aniq tavsiyalar ishlab chiqishga e’tibor qaratish tavsiya etiladi.

Bu yil 5-sinf “Matematika” (B.Hay­da­rov) darsligi qayta ishlanib, nashr etildi. Darslikdagi har bir bobni takrorlash soat­larida harakatga doir, jadval va ma’lumotlar bilan ishlashga doir, masalalarni yechishning teng­lashtirish usuliga doir, bo‘laklarga doir, oilada tejamkorlik va matematikaga doir, elektr energiyani tejashga doir matnli va jadval ko‘rinishidagi masalalar yechimi bilan kiritildi.

Matematika darsligini yanada tako­millashtirish, unga oid o‘quv-uslubiy materiallarni yaratish va boyitib borish maqsadida muallif tomonidan “ZiyoNET” tarmog‘ida maxsus sayt — www. matematika5.zn.uz yaratildi. Kelajakda bu saytni ta’lim yangiliklari, o‘quv-me’yoriy hujjatlar, qo‘shimcha nazariy o‘quv-uslubiy materiallar, sinfdan tash­qari mashg‘ulotlar (to‘garak, olimpiada) materiallari, mate­matika fani tarixiga oid lavhalar hamda qiziqarli masalalar xazinasiga aylantirish nazarda tutilgan bo‘lib, pedagoglar unga o‘z materiallari, ilg‘or tajribalarini joylashi uchun imkoniyat yaratildi. Saytga darslikni yaratishda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati kiritilgani o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashi, darslikdan tashqari adabiyotlarni topishi va foydalanishi uchun juda qulaydir. Yig‘ilishlarda o‘qituvchilarni bulardan xabardor etish foydadan xoli bo‘lmaydi.

O‘qituvchilarni fan sohasida olib bori­layotgan ishlar va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida an’anaviy avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlarida quyidagi mavzular yuzasidan fikrlashib olish tavsiya etiladi:

1) Matematika fanini o‘qitish sifat-sama­radorligini oshirishda o‘qituvchining asosiy vazifalari;

2) O‘quvchilar bilimidagi bo‘shliq­larni aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llari;

3) Matematika darslarini tashkil etishda ko‘rgazmali qurollardan foyda­lanishning ahamiyati;

4) O‘quvchilarning matematik ongini rivojlantirishda mantiqiy va harakatga doir masa­lalarning o‘rni;

5) 2014-2015-o‘quv yilida matema­tika fanini o‘qitish jarayonida uchragan muam­molar va ularni bartaraf etish yo‘llari;

6) Darsdan tashqari mashg‘ulot­larda internet materiallaridan foyda­lanish;

7) Matematika fanidan murakkab mavzularni o‘qitishda zamonaviy peda­gogik texnologiyalardan foydalanish yo‘llari.

Respublika ta’lim markazi

Masalalar yechimi 3 sinf matematika darslik

Assalomu alaykum bu kanalda siz bilmaganlarizni o‘rganishiz mumkin
Mihokama guruximiz
Guruximiz@algebra_7_8_9_10_11

Hamkorlik qilmoqchi bo‘lganlar

Ga murojaat qilila omad hammaga

About
Blog
Apps
Platform

Matematika 6 sinf yechimi
11.5K subscribers
23.1K views 08:35
23.6K views 08:35
24.1K views 08:35
24.7K views 08:35
25.1K views 08:35
25.6K views 08:35
#Mavzu: RATSIONAL SONLARNI AYIRISH
25.9K views 08:35
26.7K views 08:35
27.6K views 08:35

3-masala (126-bet).

Chelakka suv quyilganidan keyin uning massasi 6,25 kg ga teng bo‘ldi. Agar bo‘sh chelak 1,75 kg bo‘lsa, unga quyilgan suv massasini aniqlang.

Chelakka x kg suv quyilgan bo’lsin. Demak,

1,75 + x= 6,25
x= 6,25 — 1,75
x= 4,5

Javob: 4,5 kg

28.6K views 08:35

4-vazifani ishlanishi

Qiziqarli malumotlar
Masalalar yechimi 3 sinf matematika darslik