Ma’ruza: boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilishning metodik shartlari

Ma’ruza: boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilishning metodik shartlari

sinf o’quvchilarini bayon yozishga tayyorlash orqali

Boshlang’ich sinf o’quvchilarni bayon yozishga o’rgatish metodikasi

o’rgatish metodikasi” REJA Kirish. I bob. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida nazorat ishi o’tkazish muammo sifatida. 1.1.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarining mantiqiy fikrlashini o’stirish orqali ijodiy nazorat ishlari samarasini oshirish yo’llari.

Boshlang’ich sinf ona tili darslarida bayon yozdirish jarayonida xotiraning ahamiyati.

II bob. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida nazorat ishi o’tkazishning samarali shakl va metodlari. 2.1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini bayon yozishga o’rgatish yo’llari. 2.2. Ona tili darslarida lug’at ishi va uning bayon yosishdagi ahamiyati. 2.3. Nazorat ishlarida xatolarning turlari va ularni bartaraf etish yo’llari.

Tajriba- sinov ishlari Xulosa va tavsiyalar Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH. “Biz oz iste’dodli, fidoiy bolalarimiz, farzandlarimizga bilim va kasb cho’qqilarini zabt etish uchun qanot berishimiz kerak” I.A.Karimov

Mavzuning dolzarbligi. Kelajagi buyuk davlatda yashaydigan xalqni har tomonlama komil insonlar bo’lishi talab etiladi. O’zbekiston Respublikasi 1Prezidenti I. A. Karimov quyidagilarni qayd etadi: “Yoshlarni zamonaviy fantexnikaning, umuman, ilm-fanning yutuqlaridan bahramand qilmasdan turib, ularga yuqori malakali ixtisos egalari bo’lib yetishishga sharoit tug’dirmay turib, biz respublikamiz xalq xo’jaligini, sanoat ishlab chiqarish sohalarni tubdan o’zgartira olmaymiz. Yana bir narsani biz hech qachon esimizdan chiqarmasligmiz lozim: iste’dodli yoshlarga sharoit yaratish” 1. Mamlakatimizda

salohiyatiga hamda kasbiy mahoratiga nisbatan alohida mas’uliyatlar yuklangan. Chunonchi, bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas’ulyatli vazifalami ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o’rnimizga keladigan yoshlarning ma’naviy dunyosini yaxshi tasavvur qilamiz». Ushbu fikrlardan bugungi kun o’qituvchisiga nisbatan qo’yilayotgan talablarning mazmun va mohiyati anglaniladi.Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yoshlarning ijodiy faoliyati dastlab oilada, bog’chada, keyinchalik boshlang’ich sinflarda bilim olayotgan bolalarda shakllanadi. Ta’limning poydevori qanchalik mustahkam bo’lsa, o’quvchining dunyoqarashi shunchalik rivojlanadi. Shundan kelib chiqib, jahon pedagogikasi erkin ijodiy fikrlovchi, mustaqil shaxsni shakllantirishning umumiy asoslarini keng miqyosda tadqiq qilgan va ko’plab natijalarni qo’lga kiritgan bo’lsada, jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiya jarayoni zamon talabiga mos holda mustaqil ravishda rivojlanib, takomillashib borishi hozirgi kunda o’z ifodasini topmoqda. 1

Karimov I.A. “Yoshlarimiz – xalqimizning ishonchi va tayanchi”. – T. : Ma’naviyat. 2006 y. 52-bet

“Ilm-u tafakkur-kishini ezgulikka boshlaydigan beqiyos kuch. Ilm va tafakkur odamlar qalbiga nur, ongiga ziyo, xonadoniga fayz-baraka keltiradigan buyuk mo’jizadir”.2 1- Prezidentimiz I. A. Karimovning yuqorida keltirilgan fikrlari zamirida qanday ma’no-mazmun yotganligi hammamizga ma’lum. Shunday ekan, insonni yaralish tarixi davomida ilm va tafakkur tarzi kengayib, dunyo tizimidagi bilimlari boyib bormoqda. XXI asr fan, texnika taraqqiyoti asri deb bejiz atalmadi. Butun dunyo mamlakatlari qatori O’zbekiston ham ushbu asr nomiga mos ravishda ildam odimlab bormoqda. “Endilikda ilm-fan yangi yo’llar ochishi, sifat jihatidan yangi texnalogiyalarni jadallik bilan yaratishi, jamiyatning yangi holatga o’tishini ta’minlashi lozim” 3-deb ta’kidlaganlar 1-Prezidentimiz I. A. Karimov. Mamlakatimiz barcha: ilm-fan, texnika, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, siyosiy va shu kabi boshqa jabhalarda butun dunyo mamlakatlarigao’zining o’rnak bo’ladigan jihatlarini namoyon etmoqda. Respublikamizda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga mas’ul bo’lgan jamiyat a’zolari birinchi galda o’z kasbining mohir ustasi bo’lgan o’qituvchi kadrlar tayyorlash dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda. Jumladan, «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda «Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega» deb ta’kidlangan. Chunki jamiyatimiz taraqqiyoti yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avdlodini shakllantirishga yo’naltirilgandir. “Bugungi kunda nafaqat ta’lim, qolaversa boshqa sohalarga ham e’tibor juda katta berilmoqda. Misol qilib qishloq joylarda zamonaviy turar joy binolarining qurilishi, katta-katta sport majmualarining foydalanishga topshirilishi, kasalxonalarning yangitdan ta’mirdan chiqarilishi va turli xil diogniostik aparatlar 2 3

Karimov I.A. “Yoshlarimiz – xalqimizning ishonchi va tayanchi”. – T. : Ma’naviyat. 2006 y. 52-bet. Karimov I.A. “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”. -T.: O’zbekiston. 2011 y. 78-bet.

bilan taminlanishi, bunday ishlarni har qadamda uchratish mumkin. Bu imkoniyatlarning barchasi bu muqaddas zaminda azizdir inson konsepsiyasi ostida amalga oshirilmoqda. Bunday imkoniyatlarning inson va uning hayotiy faoliyati xavfsizligi va barqarorligi uchun amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda hayotiy faoliyat xavfsizligi-bu har qanday sharoitdagi inson faoliyatidir. Insonning faol harakati ya’ni mehnat jarayonida, dam olishda, uyda hamda sportda uning faoliyatini tashkil qiladi. Bunday masuliyat yana o’qituvchi va murabbiylar zimmasiga yuklanmoqda. Shunday ekan o’qituvchi- murabbiylar dars berish jarayonida ta’lim va tarbiyani, hayotiy faoliyati va uning xavfsizligi haqida ham uzviy ravishda bilimi bo’lmog’i zarurdir. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturidan yoshlarimizni sog’lom va barkamol etib tarbiyalash masalasi alohida o’rin egallashi tabiiydir. Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bog’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelgan o’g’il-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Mana, ulug’ ajdodimiz nima deb yozganlar: “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo’lishi, baxtli bo’lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo’lishi yoki zaif bo’lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o’zgalarga tobe va qul, asir bo’lishi ularning o’z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog’liq’’. Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangiyangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko’rilmagan turli xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G’arazli kuchlar sodda, g’o’r bolalarni o’z ota-onasiga, o’z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo’lmoqda. Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko’y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada 5

oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Bizning navqiron avlodimiz manfaatlarini ta’minlash borasidagi faoliyatimiz yaqinda qabul qilingan “ Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi qonun asosida qat’iy davom ettiriladi. 4 Barkamol shaxs va malakali mutaxassislarni tarbiyalash jarayonining muvaffaqiyati uchun zamin yaratuvchi omillar sirasida ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo’lgan, mutaxassislik fanlari asoslarini puxta o’zlashtirgan, shuningdek, pedagogik mahoratga ega o’qituvchilarni tayyorlash alohida o’rin tutadi. Zero, yosh avlodni har jihatdan kamol toptirish, ularda muayyan kasbiy faoliyatni olib borish layoqatini shakllantirish hamda uning yetuk mutaxassis bo’lib yetishishida ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o’qituvchilar o’ziga xos rol o’ynaydi. Shundan kelib chiqib maktab o’quvchilarida shakllanayotgan hamda takomillashib borayotgan kasbiy faoliyati qanday talablarga javob berishi kerak? Boshlang’ich sinf darslarida o’qtuvchining mafkurasi qanday faoliyatlar asosida shakllanmog’i lozim? degan savollar hamon o’z javobini kutmoqda. Chunki shaxsning mafkuraviy ongi, muayyan faoliyatlar muvozanatida o’z yeсhimiga ega bo’lmog’i lozim. Shuning uchun uzluksiz ta’lim tizimida shakllanadigan yoshlarning ijodiy faoliyati faqat yangi bilimlarni o’rganish, ma’lumot olish bilan cheklanadigan bo’lsa, uning ijtimoiy mohiyati bir tomonlamaligicha qolib ketadi. Bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o’sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo’ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o’tganlar.

Xalq so’zi gazetasi. O’zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. 2016-yil 7-dekabr

Kengroq ma’noda o’qituvchining ijodiy faoliyati – pedagogik jarayonda muntazam ravishda kelib chiqib turadigan muammolarni anglab yetish va hal etishga qaratilgan faoliyat sifatida ko’riladi. Bunday yondoshuv ijodni har bir o’qituvchi faoliyatining zaruriy tarkibiy qismi deb hisoblash imkonini beradi, albatta, bunda ijod har bir darsda, bolalar bilan ishlashning turli paytlarida, darsga tayyorgarlik jarayonlarida va hokazoda turlicha tarzda namoyon bo’lishi mumkin. Pedagogning ijodiy faoliyati bolalar bilan muloqat qilishda berilgan pedagogik individuallik uchun pedagog tomonidan eng maqbul, uzviy va noan’anaviy pedagogik qarorlarni ishlab chiqish talab etiladigan, o’zgarib turadigan vaziyatlarda son-sanoqsiz o’quv-tarbiyaviy vazifalarni doimiy ravishda hal etib borishga qaratilgan faoliyat deb belgilanadi. Pedagogik ijodkorlikning o’ziga xosligi shundaki, faqatgina pedagogik vazifani hal etish jarayonining o’zigina ijodiy xarakterga ega bo’lib qolmasdan, balki, bu qarorning ijodiy jarayon sifatida odamlar bilan muloqatda amalga oshirilishi

tayanadi. Pedagogik ijodkorlikning inson samarali faoliyatining hech bir boshqa xususiyati bilan tenglashtirib bo’lmaydigan xususiyati shundan iboratki, bunda o’qituvchi har doim jonli «inson materiali» bilan ijod qiladi. Shu sababli A.E.Shteynmetsning nuqtai nazari e’tiborga sazovor: «Pedagogik faoliyatning xususiyatlarini, uning bola, o’quvchi, ta’lim oluvchi shaxsining rivojlanishi va o’zo’zini takomillashtirishi uchun sharoit yaratishdan iborat oliy, oxirgi maqsadi bilan aniqlash mumkin. Bu yerda ijodiy pedagogik faoliyatni boshqa samarali faoliyatlardan ajratish imkonini beradigan asosiy me’zon mavjud. Shunchalik insonparvar va yuksak bo’lgan pedagogik faoliyatning pirovard maqsadiga erishish faqatgina o’qituvchi va o’quvchilarningu yoki bu fan mazmunini o’zlashtirishda hamkorlik va birgalikdagi ijodkorlik xarakteridagi faoliyatlarini tashkil etish orqaligina amalga oshirilishi mumkin». Bu esa pedagogik ijodkorlikning insonning ma’lum bir ehtiyojlarni qondirish uchun asos bo’ladigan ichki faoliyat mazmuni bilan chambarchas bog’liq bo’lgan axloqiy jihatlarini birinchi qatorga olib chiqadi. 7

Ijodkor shaxs uchun eng kamida ikkita xususiyat xos: yaratuvchanlikka yo’nalganlik va faoliyatni amalga oshirishning o’ziga xos uslubi. Inson hayot faoliyatining turli jabhalarida amalga oshiriluvchi yaratuvchanlik faoliyati shaxsning atrof olam, jamiyat bilan chambarchas aloqalarini talab etadi va shaxsning dunyoqarashi, qadriyatlarga egaligi, ehtiyojlarini o’z ichiga olgan maqsadga intiluvchanlik kabi barqaror sifatlari bilan bog’liq. Didaktikaga asoslangan holda biz o’quvchilarga bilim beramiz. Ta’lim jarayonida turli usullardan foydalanamiz. Dars turini to’g’ri va muvaffaqiyatli o’tish uslubini ham to’g’ri tanlasak, dars yaxshi natija beradi. Har bir darsni ko’rgazmali va texnika vositalari bilan o’tkazish joizdir. Shundagina dars bilimga boy o’tadi. O’qituvchi izlanuvchan bo’lishi darslarrni rang-barang usulda o’tishi kerak. Dars qiziqarli o’tishi uchun faqat ko’rgazmali qurollardan foydalanib qolmay, o’yin elementlaridan, dars davomida foydalanish lozim. Tilni o’rganish o’quvchilar zehni, aqli, ongi, madaniy darajasini oshiradi va tilni puxta o’rganmay turib, boshqa fanlarni o’zlashtirish qiyin. Chunki har bir predmetni ifodalash, bolaga o’rgatish hamisha so’zlar vositasida amalga oshadi. O’yin orqali bola faoliyati mukammallashadi, ularni jismonan rivojlanishiga yordam beradi. O’yin jarayonida, qiyinchiliklarni, to’siqlarrni yengishga o’rgatib boradi.O’yin bolalar faoliyatining asosiy turi. Bola o’yin orqali materiallarning ko’rinishi,

anglaydilar.O’yin – bu bolalar uchun o’qish, mehnat qilish va tarbiya vositalaridir. Biroq, darsning asosiy qismini o’yinga aylantirib qo’ymaslik lozim.Bolaning haqiqiy ijodiy izlanuvchan, sofdil va adolatli mard va olijanob rahmdil, o’z Vatanning vatanparvar, mehnatsevar va yaratuvchi bo’lishi uning boshlang’ich ta’lim bosqichida egallagan bilimi va tarbiyasiga bog’liq. Shunga ko’ra boshlang’ich ta’lim oldida turgan vazifa juda jiddiy ulkan ahamiyatga ega. Boshlang’ich ta’lim bolaning o’z hayotini jamiyat manfaati bilan bog’lab borishi, ichki munosabatlardan ijtimoiy munosabatlarga o’tishi, oldiga qo’yilgan hayotiy maqsadlari esa jamiyat maqsadlari bilan mushtarak bo’lishiga erishmog’i kerak. Buning uchun boshlang’ich ta’lim pedagogik jamoasi bolalarga bilim berish 8

bilan birga murakkab tarbiyaviy ishlarrni amalga oshirishlari lozim. Boshlang’ich ta’lim mazmunida bolalarni mehnat, ijtimoiy va shaxsiy hayotga tayyorlashga zarur bo’lgan hamkorlik, samimiyat va o’zaro yordam natijasida yosh avlodni tarbiyalashga

shakllanishida u o’sib voyaga yetadigan shart-sharoitlarida muhim rolb o’ynaydi. Yosh avlodni ijodiy izlanuvchan, vatanparvar shaxs bo’lib shakllanishida boshlang’ich ta’lim mas’uliyati alohida ajralib turadi. Jamiyatimiz tuzumi ma’naviy-siyosiy birligini ijtimoiy tarbiyaning maqsadlariga to’la mos ekanligini belgilaydi.Bolalar faoliyatini oqilona tashkil eta bilgan o’qituvchi katta yutuqlarga erishishi mumkin. Buning uchun o’qituvchilar tarbiyaning mohiyatini vazifasini, avvalo o’zlari yaxshi tushungan holda bolalarning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olib ularga ijobiy ta’sir ko’rsata olishni bilishlari zarur. Ta’lim sohasida 2016-yilda amalga oshirilgan ishlar o’quv muasasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash borasidagi ishlar izchil davom ettirildi.O’tgan yili hammasi bo’lib 540 dan ziyod ob’yekt, shu jumladan, 380 ta maktab, 160

dan ortiq kasb –hunar

yangilandi. Mazkur maqsadlar uchun qariyib 550milliard so’m sarflandi.Ushbu mablag’larning 120 milliard so’mdan ortig’i ta’lim labaratoriya

vositalari bilan taminlashga ajratildi. 2011-2016 –yillarda

ba’zasini modernizatsiya qilish dasturi doirasida 19 ta oily ta’lim muassasasida qurilish, rekanstruksiya qilish, kopital ta’mirlash va jihozlash bo’yicha qiymati 230 milliard so’mlik ishlar bajarildi. Andijon davlat universiteti, Buxoro muhandislik – texnologiya instituti, O’zbekiston Milliy universitetida yangi o’quv binolari barpo etildi. 2015-yilda bir qator yangi institut va fakultetlar, o’quv-ilmiy markazlar ochildi.Toshkent

hududlaridagi tibbiyot oily o’quv yurtlari negzida Andijon, Buxoro, Samarqand va Nukus shaharlarida filiallariga ega bo’lgan Toshkent davlat stomatologiya 9

xitoyshunoslik fakulteti ochildi, shuningdek, ushbu

institut qoshida Abu

Rayhon Beruniy nomidagi sharq ko’lyozmalari markazi tashkil qilindi. Janubiy

universiteti tashkil etildi. Mazkur oliy o’quv yurtida

texnologiyalari sohasida , birinchi navbatda, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqarish , axborot tizimlari va kompyuter tarmoqlarini boshqarish bo’yicha

tayyorlandi. O’tgan takomillashtirilgan

joriy etildi, ya’ni

mutahasislar qilishning informatika

bo’yicha savollar kiritildi, mutahasislikka oid fanlar bo’yicha baholash ballari oshirildi. Bu esa oily o’quv yurtlariga tanlagan kasbini hisobga olgan holda, eng yaxshi tayyorgarlik ko’rgan abiturentlarni saralab olish imkonini beradi.5 Har bir ish ta’limga borib taqalganidan keyin, shuni aytish joizki, maktab o`quvchisining ma`naviy qiyofasini tarkib toptirish paytida uning shaxsiy tajribasini ijtimoiy axloq norma va qoidalarini o`zlashtirib olish uchun qulay zamin yaratadi. Shaxsiy tajriba va ijtimoiy talablardan

biriga ta`sir ko`rsatib turgan

vaqtda o`quvchi shaxsni harakatga keltiruvchi motivlarga aylanib qo`lgan e`tiqod va ideallar sestemasi yuzaga keladi. Ana shu asosda shaxsning ahloqiy barqarorligi, ya`ni odamning o`zi o`zlashtirgan printsiplariga va ularga mos keladigan xatt-harakatiga har qanday sharoitda ham sodiq bo`lib qolish qobilyati paydo bo`ladi. To’la

savodxonlikka erishishning muhim omillaridan biri,

o’quvchilar nutq madaniyati ustida ishlash, ularni og’zaki va yozma nutqlaridagi kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlash va tuzatishdan iboratdir. Shuning uchun 1-4sinf o’quvchilariga dars berish jarayonida bir turdagi yozma ishlar bilan chegaralanib qolmay, balki yozma ishning barcha turlari ustida mashg’ulot olib borish, o’quvchilarda fikrni keng ko’lamda va xilma-xil ravishda bayon eta bilish qobiliyatini o’stirish lozim.

“Turkiston” gazetasi 2016-yil 15- yanvardagi soni 10

Biz yuqoridagilardan kelib chiqqan holda bitruv malakaviy ishimizning mavzusini “Boshlang’ich sinf o’quvchilarni bayon yozishga o’rgatish

metodikasi” deb nomladik. Boshlang’ich sinf ona tili nazorat darslarini qay tarzda o’tkazilayotganini, o’quvchilar ona tili darslarini qay darajada o’zlashtira olishlarini, ko’rsatkichlar DTS talablariga mosligini aniqlashda

o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik. Bitiruv malakaviy ishining metodologik asosi. • 1- Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov asarlari. • Davlat ta’lim standarti. • K.D.Ushinskiy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Davoniy, A. Navoiy, Muhammad Bobur, Farog’iy, Boborahim Mashrab, Gulxaniy, Nodira, Uvaysiy, Muqimiy, Furqat, Bedil, Zavqiy, Hamza Hakimzoda Niyoziy Abdulla Avloniy va boshqa mutafakkirlar. • Psixologlar

N.F.Kapterov, I.A.Sikorskiy, A.F. Lazurskiy, G.I.Rossolino,

D.Lokk, Dekart, S. Xoll, Gekkel, P. Jane, U.Djems. • M.Umarova, M. Nabiyeva “Bayonlar to’plami” T. “O’qituvchi” 2012. • Q. Abdullayeva , S. Rahmonbekova, G. Bekmurodova, G. G’ozixo’jayeva “Diktantlar to’plami” Toshkent. “O’qituvchi” 2002-y. • S. Fuzailov , M. Xudoyberganova, Sh. Yo’ldosheva “Ona tili” darslik. • Tal’at

texnologiyalar”. Tadqiqotning maqsadi: • DTS talablarini o’rganib chiqish; • Nazorat ishlari jadvalini o’rganib chiqish; • Nazorat ishlarini amalda sinab ko’rish; •

O’zlashtirilishi qiyin bo’lgan mavzularni tahlil qilish;

• Qo’shimcha mashg’ulotlar, o’tkaziladigan ishlar rejasini tuzish;

sinf o’quvchilarini bayon yozishga tayyorlash orqali

o’quvchilarning xotirasini shakllantirishga qaratilgan usullarni aniqlash. Tadqiqotning vazifasi: • O’quvchilar yoshiga DTS talablarining mos kelishini aniqlash; •

Nazorat ishlarini amalda o’tkazish;

O’zlashtirishi qiyin bo’lgan mavzularni ko’rgazmalar materiallar orqali yana bir bor chuqur o’tish;

• Bayon yozish uchun o’quvchining xotirasini mustahkamlash mashqlarini o’tkazish. Tadqiqot usullari • – pedagоgik kuzatish; • – suhbat; • – pedagоgik tajriba; •

– lug’at ustida ishlash;

• – aniq va ravon o’qish (diksiya) •

– fikrni оg’zaki va yozma tarzda bayon etish.

• -grammatik savodxonlikni kuzatish Tadqiqotning obyekti: •

Boshlang’ich sinf ona tili nazorat ishi o’tkazish jarayoni.

• Oldimizga qo`ygan muammoni o`rganish uchun

obyekti qilib, Namangan viloyati Namangan shahridagi 13-maktabning 4-A va 4-B sinf o`quvchilarini tadqiqot o’tkazish obyekti qilib oldik. Ushbu obyektda boshlang`ich sinf ona tili nazorat darslarini va tekshirish tartiblarini o’rgandik. Tadqiqotning predmeti: • Boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’qituvchi faoliyati Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati: • Bitiruv malakaviy ishidan pedagogik yo’nalishdagi kollej o’qituvchi va talabalari, umumta’lim

tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin. Bitiruv mаlаkаviy ishning tuzilishi: kirish, ikki аsоsiy bоb, yeti band, tаjribаsinоv ishlаri, хulоsа vа tаvsiyalаr, fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro’yхаti, 19961 ta so’zdаn ibоrаt. Tadqiqot bosqichlari: 1. 2016-yil sentabr-dekabr. 2. 2017-yil yanvar-mart. 3.2017-yil aprel-may oylar.

I bob. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida nazorat ishi o’tkazish muammo ekanligi. 13

Boshlang’ich sinf o’quvchilarining mantiqiy fikrlashini o’stirish orqali ijodiy nazorat ishlari samarasini oshirish yo’llari. Ona tili – nutq o’qish va yozish sohasidagi ko’nikma va malakalar

o’quvchilar o’quv mеhnatining zaruriy sharti va vositasi hisoblanadi . Bola o’qish ko’nikmalarini egallash bilan, birinchi navbatda o’z ona tilisini o’rganishi zarur. Chunki ona tili bilimdonlikning , aql -idrokning kalitidir. Ona tili boshqa fanlarning vositasi hamdir, jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o’rganiladi, dеmak , ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mеhnatga havasini uyg’otishda ham alohida ro’l o’ynaydi. 6 Til muhim tarbiya vositasidir. Badiiy adabiyotlarni, gazеta, jurnallarni o’qigan bola o’zida eng yaxshi hislatlarni tarbiyalab boradi. Muomala madaniyatini egallaydi.Ona tili boshlang’ich sinfda asosiy o’rinni egallar ekan, har bir o’quvchida ona tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalash zarur. Boshlang’ich

sinflarda ona tili mashg’ulotlari turi va mazmuni

quyidagilarni o’z ichiga oladi: 1.

o’quvchilarning ijtimoiy fazilatlari bilan bogliq holda, ularning og’zaki va yozma nutqini o’stirish. 2. Birinchi sinfga kеlgan bolalarga savod o’rgatish, ya’ni ularni elеmеntar o’qish va yozishga o’rgatish, bu ko’nikmalarni malakaga aylantirsh. 3. Adabiy til normalarini, ya’ni imloviy va punktuatsion savodli yozuvni, orfoepik to’g’ri talaffuzni o’rganish nutq va uslubiy elеmеntlarni egallash. 4. Grammatika, fonеtika, lеksikadan nazariy matеriallarni o’rganish, tildan anglash tushunchalarini shakllantirish. 5.O’quvchilarni o’qish va grammatika darslari orqali badiiy, ilmiy-ommabop va boshqa adabiyotlar na’munasi bilam tanishtirsh, ularda badiiy asarni idrok etish ko’nikmasini hosil qilish. Bu vazifalarning hammasini boshlang’ich sinflarda ona tili prеdmеti hal etadi va boshlang’ich sinflar ona tili dasturida aks etadi. Mantiqiy fikrlash esa, unga hamohang rivojlanib boradi. 6

X.G’ulomova, Sh. Yuldosheva “Ona tili o’qitish metodikasi “ ma’ruza matni

Mantiqiy fikrlashning pedagоgik tоmоnlarini o’rganish o’quvchilar mantiqiy fikrlash qоbiliyatlarini rivоjlantiruvchi mashg’ulоtlarning tashkil qilish shakllari, metоdlari, vоsitalari, оmillari va shart-sharоitlarini ishlab chiqish va tajribalar asоsida

tadqiqоtchilar ta`kidlashadiki, maktabdagi ta`limning eng asоsiy vazifalaridan biri o’quvchilarda mantiqiy amallarni bajarish bo’yicha yetarli darajadagi ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularni turli mantiqiy fikrlash usullariga o’rgatish, mantiqiy bilimlar bilan qurоllantirish, оlgan bilimlarini o’quv va amaliy faоliyatlarda maqsadli qo’llashga o’rgatishdan ibоrat. Bоshlang’ich sinf o’quvchilari tоmоnidan mantiqiy bilim va usullarni o’zlashtirish masalasi V.S. Ablоva, Y.L. va T.K. Kamоlоva va bоshqalarning ilmiy tadqiqоtlarida o’rganilgan 7. Mazkur оlimlarning tadqiqоtlarida bоshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishning to’g’ri tashkil qilinishi natijasida bоlalar mantiqiy fikrlash bo’yicha ko’nikma va malakalarini (hususan, sinflarga ajratish, umumlashtirish, o’z xulоsalarini yetarli argumentlar bilan asоslash va h.k.) juda ham tez egallaydilar. Shu bilan birga pedagоgika nazariyasida bunday ta`lim jarayonini qanday qurish masalasida yagоna qarashlar mavjud emas. Bir qatоr оlimlar

Beylinsоn, N.N. Pоspelоv, M.N. Skatkin) mantiqiy usullar fan mazmuniga yashiringan va o’quvchilar fan bo’yicha ta`lim оlish jarayonida, berilgan оbrazlar asоsida to’g’ridan-to’g’ri mantiqiy fikrlashga o’rganadilar deb hisоblashadi. Bu savоlga bоshqacha yondоshuvda (Yu.I. Vering, N.I. Lifintseva, V.S. Nurgaliyev, V.F. Palamarchuk) o’quv fanlarini o’rganish оrqali mantqiy fikrlashga o’rganishning samaradоrligi kam bo’ladi, bunday usul mantqiy fikrlashning hamma usullarini o’rganish uchun yetarli emas, shuning uchun mantiq ilmiga bag’ishlangan alоhida o’quv fanlarini jоriy qilish kerak deb hisоblashadi. Yana bir guruh pedagоglar (D.D. Zuyev, V.V. Krayevskiy) o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qоbiliyatlarini kоnkret o’quv fani mazmuniga kirgan mantiqiy amallarni tushuntirish оrqali rivоjlantirish mumkin degan g’оyani ilgari suradilar. 7

Ivanova Y.V. Razvitiye logicheskogo mishleniya na urokax. Nachalnaya shkola plyus do i posle.-2006.-№ 6.-str.59-60

Bоshlang’ich sinf o’quvchilari mantiqiy fikrlash qоbiliyatlarini rivоjlantirish muammоsiga yondоshuvlar turlicha bo’lishga qaramay, tadqiqоtchilarning asоsiy qismi ta`lim jarayonida mantiqiy fikrlash qоbiliyatlarini rivоjlantirish quyidagilarni o’z ichiga оladi degan umumiy qarashlar mavjud: o’quvchilarda

o’xshashliklar va farq qiluvchi hususiyatlarini aniqlashga o’rgatish; predmetlarning eng muhim va ikkinchi darajali hususiyatlarini

оlishga o’rgatish, o’quvchilarga predmetlarni tarkibiy qismlarga (analiz) bilish maqsadida ajratish, alоhida tashkil etuvchi qismlarni yaxlit predmet sifatida birlashtirish (sintez) hamda bu jarayonda qismlar o’rtasidagi munоsabatlarni aniqlashga o’rgatish; o’quvchilarga kuzatish va mavjud faktlar asоsida to’g’ri xulоsa chiqarish, bu xulоsalarni tekshirish, ishоnarli tarzda isbоtlash, yolg’оn mulоhazalarni inkоr qilishga o’rgatish; o’quvchilarning o’z fikr-mulоhazalarini ma`lum bir tartib va ketma-ketlikda, asоslangan hоlda, bir-birini inkоr qilmaydigan mulоhazalar yordamida bayon qilishlarini nazоrat qilish. Shunday qilib, mantiqiy fikrlash qоbiliyatlarini rivоjlantirish bevоsita ta`lim jarayoni bilan bоg’liq bo’ladi. Dastlabki mantiqiy fikrlash elementlarini bоshlang’ich

shakllantirish va rivоjlantirish mumkin. Bu jarayon umumiy ta`limning muhim kоmpоnentalaridan biri sifatida maqsadga yo’naltirilgan hоlda, ta`lim jarayonining barcha bоsqichlarida uzluksiz va muttasil оlib bоrish lоzim. Bоshlang’ich sinf o’quvchilari mantiqiy fikrlash qоbiliyatlarini samarali rivоjlantirish

hususiyatlariga suyanish lоzim. Kichik yoshdagi bоlalarda ta`lim jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan qiyinchiliklardan

qоnuniyatlarini to’la e`tibоrga оlmaslik bilan bоg’liq. Ko’plab оlimlar bоlalarning 16

ta`lim оlishga bo’lgan qiziqishlarining susayishi, mashg’ulоtlarda ishtirоk etishdan bоsh tоrtish hоlatlarini mantiqiy fikrlash qоbiliyatlarining yetarli darajada rivоjlanmaganligi bilan bоg’lashadi. Bu muammоni ta`lim jarayonida bоlalarning yoshlariga hоs bo’lgan individual-psixоlоgik va intelektual hususiyatlarini hisоbga оlmasdan hal qilishning ilоji yo’q. Kichik maktab yoshi mantiqiy fikrlash qоbiliyatlarini rivоjlanishi bоlalarga yaxshi tanish bo’lgan tevarak atrоfdagi predmet va xоdisalarning asоsiy hоssalari yordamida tashkil qilinadigan maqsadga yo’naltirilgan ta`lim jarayoni ta`sirida yaxshi samara berishi bilan xarakterlanadi. Bоshlang’ich sinf o’quvchilarining o’ziga hоsligi – bilishga qaratilgan faоllikdir. Maktabga ilk marta kelgan kichik yoshdagi bоlalar ilmiy bilishning asоsi hisоblangan elementar umumiy bоg’lanish, alоqa, munоsabatlar va qоnuniyatlarni tushunishadi. Shuning uchun bоshlang’ich maktabning bоlalarga ta`lim berishdagi asоsiy vazifalaridan biri – bu bоlalarda bоrliq оlam haqidagi tasavvurlarini shakllantirish va ilоji bоricha to’ldirishdan ibоrat. Bu jarayonda bоlalarning mantiqiy fikrlash qоbiliyatlari muhim vоsita bo’lib xizmat qiladi. Bоshlang’ich maktabga endigina bilim оlish uchun kelgan bоladagi qiziqishlar

natijasida bilim оlishga intilish kuchayadi, tajribalar o’tkazishga

ishtiyoq hissi rivоjlanadi. Turli o’yinlar davоmida namоyon bo’ladigan bоladagi mustaqillik asta-sekin tashabbuskоrlikka, mulоhazalar yuritishda erkinlikka aylanadi. Maktabgacha ta`lim maskanlarida ko’rsatilgan namunalarga taqlid, qоida va ko’rsatmalarga itоat qilish

bоshlang’ich sinf o’quvchilarida ruhiy

jarayonlarning ihtiyoriyligi, hulqi va bilim оlishga intilishida tashabbuskоrlik hislari rivоjlanadi. Bоla o’yin vaqtida turli bir xil buyumlar o’rniga bоshqalaridan fоydalanishga o’rganadi. Buning оqibatida ularda tasvirlarni tushunish, asta-sekin tasavvur, ko’rgan narsalarini qandaydir vоsitalar yordamida tasvirlash hissi shakllanadi va rivоjlanadi. Bu hоlat asta-sekinlik bilan bоlalarda alоmatli-belgili faоliyat ko’rsatishga (chizma, sxema, grafik, jadval va mоdellarni tahlil qilish, tushunish, o’qish, ishlash) aylanadi. 17

Ta`lim jarayonida turli tipdagi mоdellardan muttasil va o’rinli fоydalanish bоlalarda mantiqiy-оbrazli fikrlash hissini rivоjlantiradi. Bоshlang’ich sinf o’quvchilari uchun birdaniga predmet va xоdisalarning ta`siriga e`tibоr qaratishga mоyil bo’ladilar. Ularning aqliy faоlligi takrоrlash va qo’llashga yo’naltiriladi. Bu yoshdagi bоlalar predmet va xоdisalarning mоhiyatlariga unchalik ko’p qaratilmaydi. mumkin

Ular оdatda predmet va xоdisalarning bir ko’rishda his qilishi

Muammоlarning murakkab tоmоnlariga kamdan-kam hоllardagina e`tibоr berishadi. Bоshlang’ich

predmetlarning sabab va оqibatlarni o’rganishga qiziqish bo’lmaydi, ular faqat u yoki bu amalni qanday bajarish haqida savоl berishlari mumkin, muhim va muhim bo’lmagan hususiyatlarni ajratishga e`tibоr berishmaydi. Bоshlang’ich sinf o’quvchilaridagi analiz, sintez, qiyoslash, umumlashtirish kabi mantiqiy amallarni bajarishni o’rganar ekan, tadqiqоtchilar quyidagi hulоsaga kelishdi: kichik yoshdagi bоlalarning mantiqiy fikrlash qоbiliyatlarining asоsiy hususiyati quyidagilardan ibоrat: his qilishning ustunligi; abstrakt narsalar ustida faоlyait ko’rsatish; sintezni predmetlar bilan alоqani uzmagan hоlda ko’rgazmali hоlatda amalga оshirish; predmetlar ustida qiyoslash amalini hususiyatlarini оsоngina his qilish mumkin bo’lgan usulda qayta jоylashtirish; predmetlarning muhim alоmatlarini ajratishga qоdir emaslik. Ammо bu hоlatlarning barchasi bоshlang’ich sinf o’quvchilari mantiqiy amallarni bajarishga qоdir emaslar degani emas. P.Y. Galperin, L.F. Оbuxоva, Dj. Bruner va bоshqa оlimlar o’z tadqiqоtlarida bоlalarning mantiqiy fikrlash imkоniyatlari ular ko’rsatayotgan mantiqiy faоliyatga qaraganda kengrоq ekanligini ko’rsatib berishgan. Ular ayrim hоllarda o’quv materiallarida keltirilgandan murakkabrоq mantiqiy bilimlarni ham o’zlashtirishga qоdir bo’ladilar8 . Shuning uchun biz hisоblaymizki, bоshlang’ich maktabda rivоjlantirishga e`tibоr qaratish lоzim bo’lgan va yuqоrida keltirilgan mantiqiy amallar safiga 8 Tixomirova L.F. Basov A.V. Razvitiye logicheskogo mishleniye detey. –Yaroslavl: TOO Akademiya razvitiya, 1996. – 240-str.

quyidagi amallarni ham qo’shish mumkin: tushunchalarni aniqlash, mulоhazalarni shakllantirish, mantiqiy ajratish, o’xshatish, xulоsalar chiqarish, isbоtlash. Bu amallarni bоshlang’ich sinf o’quvchilari tоmоnidan bajarishning o’ziga hоs tоmоnlarini o’rganish ko’rsatdiki, bu bоsqich bоlalarning mantiqiy fikrlash qоbiliyatlarini rivоjlantirish uchun faоl davr hisоblanadi. Ularda fikrlash jarayonlari

yakunlanadi, ilk mulоhazalar shakllanadi, faоl ravishda turli mantiqiy amallar yordamida xulоsa chiqarishga urinishadi. Shu bilan birga maktab amaliyoti ko’rsatadiki, bоshlang’ich sinflarning ko’plab o’qituvchilari bоlalarning mantiqiy fikrlash qоbiliyatlarini rivоjlantirishga yetarli e`tibоr berishmaydi va barcha fikrlash ko’nikmalari o’z-o’zidan vaqti kelib shakllanadi va rivоjlanib ulguradi. Bu hоlatning mavjudligi bоshlang’ich sinf o’quvchilaridagi mantifiy fikrlashning pasayishiga оlib keladi, buning оqibatida esa ulardagi intellektual qоbiliyatlarning rivоjlanishi sekinlashadi. Bu hоlat bоlalarning kelajakdagi individual rivоjlanish dinamikasiga salbiy ta`sir ko’rstadi. Shuning uchun bоshlang’ich sinf o’quvchilarining mantiqiy fikrlash qоbiliyatlarini samarali rivоjlantirish, bоlalar tоmоnidan o’quv materiallarini o’zlashtirish darajasini оrttirish, zamоnaviy maktab ta`limini mukammallashtirish uchun оbyektiv pedagоgik shart-sharоitlarni izlashga to’g’ri keladi. Bunda bоlalarga ajratilgan o’quv sоatlarini ko’paytirish nazarda tutilmaydi. Bоshlang’ich sinf o’quvchilarining mantiqiy fikrlash qоbiliyatlarini samarali rivоjlantirishning pedagоgik shart-sharоitlarini asоslashda biz quyidagi hоlatlardan kelib chiqamiz: •

ta`lim va rivоjlanish o’zarо chambarchas bоg’langan jarayon bo’lib,

rivоjlanish sоhasidagi yutuqlar bilimlar puxta va chuqur egallash sharti hisоblanadi. (D.B. Elkоnin, V.V. Davidоv, L.V. Zankоva va b.) •

muvaffaqiyatli ta`lim berishning eng muhim sharti bоlalarda mantiqiy

amallarni bajarish bo’yicha ko’nikma va malakalarni maqsadga yo’naltirilgan va muttasill shakllantirish hisоblanadi. (S.D. Zabramnaya, I.A. Pоdgоretskaya va b.); 19

mantiqiy fikrlash qоbiliyatlarini ta`lim jarayonidan ajralgan hоlda

rivоjlantirish mumkin emas. Uni fanlar sоhasidagi ko’nikma va malakalarni rivоjlantirish, ta`lim jarayonida bоlalarning yoshlariga hоs individual va psixоlоgik hususiyatlarini e`tibоrga оlish оrqali tashkil qilish lоzim. (L.S. Vo’gоtskiy, I.I. Kulibaba, N.V. Shevchenkо va b.). Yuqоridagilardan

o’quvchilarining mantiqiy fikrlash qоbiliyatlarini rivоjlantirishning quyidagi pedagоgik shart-sharоitlarini taklif qilamiz: •

bоshlang’ich sinf o’qituvchilarida bоlalarning mantiqiy fikrlash

qоbiliyatlarini rivоjlantirishga qaratilgan turg’un yo’nalishning mavjudligi; •

o’quvchilarni mantiqiy bilim оlishga bo’lgan dоimiy qiziqishlarini

shakllantirish va ta`minlash; •

mantiqiy fikrlash qоbiliyatlarini rivоjlantirishda shaxsning individual

va psixоlоgik hususiyatlarini e`tibоrga оlish; •

mashg’ulоtlar mazmuni va shakllarini o’zgaruvchan bo’lishini

ta`minlash. Ushbu shartlar kоmpleksi uchun bоshlang’ich sinf o’qituvchilarida bоlalarning mantiqiy fikrlash qоbiliyatlarini rivоjlantirish uchun maqsadning mavjudligi bazaviy shart hisоblanadi. Ta`lim jarayonida bоlalarga shunchaki bilimlarni bermasdan, ularda o’zarо bоg’langan bilimlar tizimini shakllantirish talab qilinadi. Tartiblangan bilimlar tizimini shakllantirish bilimlarni chuqur va puxta egallashga imkоn yaratadi va mantiqiy fikrlash qоbiliyatlarini rivоjlantirishda muhim pоydevоr bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchi muhim shart – bu bоlalarning ta`lim jarayonida mantiqiy amallarni o’rganishga qiziqishlarini ta`minlash hisоblanadi. O’qituvchi o’quvchilarni u yoki bu mantiqiy amalni bajarishni o’rganishlari zarurligiga nafaqat ishоntirishi, balki umumlashtirish, analiz, sintez rag’batlantirishi,

va bоshqa mantiqiy amallarni bajarishga kuchaytirishi

bоlalarning mantiqiy amallarni bajarish sоhasidagi har qanday faоliyatlarini, 20

hattоki hech qanday natija bermaydigan muvaffaqiyatsiz urinishlarini ham o’qituvchi tоmоnidan yuqоri bahоlanishi lоzim deb hisоblaymiz. Bоshlang’ich

rivоjlantirishning navbatdagi sharti mantiqiy fikrlashni rivоjlantirishda shaxsning individual va psixоlоgik hususiyatlariga suyanishdan ibоrat bo’ladi. Bоlaning faоl va оngli yondоshuvchi mantiqiy fikrlash qоbiliyatlarini yuqоri darajada rivоjlantirish uchun asоs bo’lib xizmat qiladi. O’quv materialining strukturasi o’quvchilar tоmоnidan bilimlarni mustaqil va asоslangan ravishda bilimlarni umumlashtirgan hоlda o’zlashtirishlariga mo’ljallanishi lоzim. Chunki, оbyektiv haqiqat agar u shaxsiy tajribalar natijasida o’zlashtirilgan bo’lsa, subyektiv ahamiyat kasb etishni bоshlaydi. Aks hоlda оlingan bilimlar rasmiy xarakter kasb etadi.

Ta`lim jarayonida shaxsga

yo’naltirilgan yondоshuv har bir o’quvchini mantiqiy fikrlash qоbiliyatlarini rivоjlantirishning yuqоri darajada bo’lishini ta`minlaydi. Bu esa maktablarda ta`limning navbatdagi bоsqichlarida bоlalar tоmоnidan bilimlarni o’zlashtirishdagi muvafaqqiyat garоvi bo’ladi. Shuningdek, bоlalarning yoshlariga, individual hususiyatlariga, bоlalarning mantiqiy fikrlash qоbiliyatlariga mоs hamda o’zgaruvchan xarakterga ega bo’lgan tоpshiriqlar tizimi ham mantiqiy fikrlash qоbiliyatlarini rivоjlantirishning muhim pedagоgik shartlaridan biri hisоblanadi. Bu shart maktabdagi barcha fanlarni o’qitishda o’quv materiallarining mazmuni va mashg’ulоtlar strukturasini o’zgartirish,

qo’llash mumkin bo’lgan metоdlarda mantiqiy tоpshiriqlardan

bоsqichma-bоsqich kiritish va keng fоydalanishni nazarda tutadi. Bu xоlat kichik yoshdagi o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qоbiliyatlarini samarali rivоjlantirishga imkоn yaratadi. Shu jumladan ona tili orqali o’quvchilarning mantiqiy fikrlash malakalari muntazam taraqqiy ettirib boriladi, oqibatda, o’quvchilar o’z fikrlash faoliyatlarini takomillashtirib, eng muhim mantiqiy amallarni bajaradigan bo’ladilar. O’quvchilar so’z, so’z shakllarilari, gap va uning qurilishi, gap bo’laklari haqida ma`lumot olish bilan birga, predmet, hodisalar bilan ularning belgi holatlari 21

orasidagi munosabatni ham tahlil etadilar; tur va jins tushunchalarini ajratadilar; borliqdagi narsa hodisalarning o’xshash va farqli tomonlarini anglaydilar; ularning xususiy va umumiy belgilarini tahlil qiladilar va ma`lum bir xulosa chiqaradilar. Grammatik qoida va tushunchalarni o’zlashtirishda o’quvchining shaxsiy kuzatishi, qiyoslay bilishi va muayyan xulosaga kela olishi muhim ahamiyatga ega. Bu ishlar, albatta, o’qituvchi rahbarligida amalga oshiriladi. O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini o’stirish ona tili o’qitishning hamma bosqichida, har bir darsda nazarda tutiladi: a)

va qoidalar, odatda, grammatik asos va hodisalarning eng muhim

belgilari haqidagi xulosa asosida yuzaga keladi; b) til xodisalarini kuzata borib, o’quvchilar grammatik shakllarni bir biridan farqlaydilar, ularni o’ziga hos belgilari asosida tahlil qiladilar; v) mashqlarni bajarish davomida o’quvchilar so’z va gaplarning o’ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritadilar. Ona tili darslarida, asosan, quyidagi metodlardan foydalaniladi: 1. O’qituvchining bayoni. 2. Suhbat. 3. Til faktlarini kuzatish. 4. Til faktlarini analiz qilish. 5. Grammatik tahlil. 6. Mashq. 7. Darslik ustida ishlash. 8. Ko’rgazmali qurollardan foydalanish. 9. Ekskursiya. Ko’rgazmalilik – faol o’qitish metodlaridan biri. Fan va texnika taraqqiyoti ona tili o’qitish metodikasini boyitishga ham, ona tili o’quv xonalarining jihozlanishiga ham ijobiy ta`sir etadi. Hozirgi vaqtda diafilm, diapozitiv, epidiaskop, filmoskop, magnitofon, radio, kino, hamda televideniye, elektr tochkali doskalar va boshqa texnika vositalari ona tili o’qituvchilarining juda yaqin yordamchisi bo’lib qoldi. Diapozitiv va diafilmlardan mavzuga doir lug’at tuzish, 22

og’zaki hikoya tuzish, ayrim rasmlar bo’yicha suhbat va grammatik mashqlar o’tkazish, yozma bayon va insho kabi ishlarda foydalanish mumkin. Bular o’quvchilar nutqini va mantiqiy tafakkurini, mustaqil ishlash qobiliyatini oshirish uchun xizmat qiladi. Diapozitiv va diafilmlar darsda kuzatilgan asosiy maqsad (bu mavzu

mustahkamlash)ni amalga oshirishda qo’shimcha vositaginadir. Shunga ko’ra, darsda diafilm namoyish qilish 5 daqiqadan ortiq vaqt olmasligi kerak. «Temuriylar sulolasi» diafilmi ko’rsatiladi. Ayrim kadrlar namoyish

magnitofonga yozib olingan izohiy ma`lumot (komentariy) ham eshittirilib turishi mumkin. Bu vaqtda o’quvchilarning ham eshitish, ham ko’rish faoliyati rivojlanadi. Diafilmdan so’ng o’quvchilarga ba`zi savollar beriladi. Masalan: Amir Temur kim? Temiriy avlodlarining oilasi a`zolarini sanang. Ulug’bek kimning farzandi edi? So’ng o’quvchilar bayon yozadilar. 4 – sinfda aniqlovchi va to’ldiruvchilarni qaytarish mashqi (bayon) uchun «Paxta haqida hikoya» diafilmidan foydalanish mumkin. Syujetli filmlar olinsa, faqat ayrim kadrlar ko’rsatiladi. Bayon syujetli film asosida o’tkazilsa (masalan, «Mustaqillik yutuqlari», «Oltovlon va yettinchi», «Alovuddin va sehrli chiroq.», «Ona bitta, Vatan yagona» kabi) film ko’rsatilgach, o’quvchilar qayta hikoya qiladilar, reja tuzadilar. Filmlar, ayniqsa, o’quvchilarning nutq faoliyatini faollashtirishda juda qulay vosita hisoblanadi. Darslarda ona tili o’qituvchilari qisqa metrajli (ekranlashtirilgan adabiy asar) badiiy filmlarni, ilmiy-ommabop filmlarni, ocherk-filmlar, ertaklar asosidagi filmlarni namoyish qilish orqali o’quvchilarning bilim va malakalarini o’stirish uchun katta imkoniyatlar yaratadilar. Ona tili darslarida bog’lanishli nutqqa doir yozma ishlar diafilmlar asosida o’tkazilsa, eng avvalo manzara asosida o’quvchilar ijodiy misol o’ylab topadilar. So’ngra birbiriga bog’liq gaplar topishga o’tadilar. Masalan: Bahor fasli boshlandi. Bahor kelishi bilan havo iliy boshlaydi qorlar eriydi. Tabiat ko’rkamlashadi. Qushlar uchib kela boshlaydilar. 23

Yuqoridagi kabi bir-biriga bog’liq

gaplar topish o’quvchilar tomonidan

«Bahorning boshlanishi» degan mavzuda yoziladigan ijodiy insholarga zamin hozirlaydi. O’quvchilarning fikrlash va nutq malakalarini o’stirish uchun teleeshittirish va telefilmlar ayniqsa ko’p material beradi. Teleeshittirishlar ona tili va rus tili, ona tili va chet tillari, til va adabiyot fanlari orasidagi aloqani yanada yaxshiroq ochishga imkon beradi. Radio va magnitofon eshittirish o’quvchilar nutqini takomillashtirishda eng yaxshi vositadir. Ifodali nutq na’munalarini magnitofon orqali bir necha bor eshittirish mumkin. Bu o’quvchilarning eshitish va qayta eslash malakasini yaxshilaydi. Magnitofondan o’tilganlarni takrorlash yoki turli yozma ishlar o’tkazishda ham foydalanish mumkin. Masalan: shaxs oti yasovchi qo’shimchalar bo’yicha lug’at diktant o’tkazishda o’qituvchi, temirchi, sinfdosh, paxtakor, bog’bon, oshpaz, mehnatkash, chorvador, tabiatshunos so’zlari texnika vositasida diktovka qilinadi, uni o’quvchilar yozadilar. O’z diktant o’quvchilarning yodda saqlash qobiliyatlariga bog’liq bo’lganligi uchun, uni o’qituvchi to’g’ridan-to’g’ri magnitofon

umumlashtiruvchi so’zlarda tinish belgilarining ishlatilishini qaytarish mashqini quyidagicha o’tkazish mumkin: magnitofon lentasiga yozib olingan gaplarning har biri uch martadan qaytariladi; shu vaqtda gaplar orasida qanday tinish belgilari ishlatish mumkinligi o’quvchilardan so’rab boriladi: “Do’stlik” oromgohida o’zbeklar, tojiklar, ruslar, ukrainlar, yahudiylar, qozoqlar – turli millat farzandlari dam oladilar. 1.2. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida bayon yozdirish jarayonida xotiraning ahamiyati. O’tgan ajdodlarimiz yosh psixologiyasining muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yo’nalishda, ma`lum kontseptsiya asosida o’rganmagan bo’lsalar ham, allomalarning asarlarida mazkur holatlarnnng aks etishi, namoyon bo’lishi, rivojlanishi va o’zgarishlari to’g’risida qimmatli fikrlar bildirilgan. Bular to’rt xil manbalarda uchraydi. Ularning biri — xalq ijodiyoti: rivoyatlar, maqollar, 24

matallar va masallar; ikkinchisi — maxsus ijodkor kishilar (hatto, hukmdorlar) muayyan shaxsga bag’ishlab yozgan o’g’it-nasihat va hikoyalar; uchinchisi — qomusiy, O’rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-nazariy qarashlari; to’rtinchisi — turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining mahsullari, ya`ni badiiy asarlardir. Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi haqidagi axloqiy-falsafiy mushohadalari «Ideal shahar aholisining fikrlari», «Masalalar mohiyati», «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «Sharxlardan», «hikmat ma`nolari», «Aql ma`nolari to’g’risida» kabi qator asarlarida bayon etilgan. Abu Rayhon Beruniy o’zining «O’tmish yodgorliklari» kitobida inson hayotiga doir xilma-xil ma`lumotlarni keltiradi. Shu jumladan, olim kishilarning jismoniy tuzilishi, umrlarining uzunqisqaligi to’g’risida bildirgan muloxazalar diqqatga sazovordir. Beruniy odam uzoq vaqt yashashining sababini biologik va irsiy omillar bilan bog’laydi. Bu jihatdan uning «Hindiston», «Mineralogiya» asarlari, Ibn Sino bilan yozishmalari alohida ahamiyatga ega. Ibn Sinoning

5 tomlik «Tib qonunlari» asarida organizmning tuzilishi,

undagi nervlar va nerv yo’llari, fiziologik jarayonlar bilan borliq psixik jarayonlar haqida ancha muhim ma`lumotlar bor. Uning «Odob haqida» risolasi ham inson shaxsini shakllantirish to’g’risidagi jiddiy asardir. Yusuf Xos Xojibning «Qutadg’u bilig» asaridagi bosh masalalardan biri komil insonni tarbiyalashdir. Adib o’z asarida eng komil, jamiyatning o’sha davrdagi talabalariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo’lsa, shu asosda o’z printsiplarini bayon etadi. A. Jomiyning «Bahoriston», «Xiradnomai Iskandariy», «Tuhfatul ahror», «Silsilatuz zahob» va boshqa asarlarida ilm-ma`rifat, ta`lim-tarbiya, kasb-hunar, o’rganish, yaxshi xislatlar va odoblilik haqidagi fikrlar ifodalangan. Davoniy o’zining «Ahloqi Jaloliy» nomli asarida insoniy fazilatlari to’rtta bo’ladi va bular donolik, adolat, shijoat va iffatdir. Shoir, ayniqsa donolik fazilatini chuqur tahlil qiladi. Uningcha, inson o’zining aqliy qobiliyati va aqliy iste`dodini 25

tarbiyalash uchun zukko, zehnli, fahm-farosatli bo’lishi va bilimlarni tez egallashi lozim. A. Navoiyning «Xazoyinul maoniy», «Mahbubul qulub» va boshqa asarlarida yetuk, barkamol insonning ahloqi, ma`naviyati, odamlarga munosabati, iste`dodi va qobiliyati to’g’risida qimmatli mulohazalar yuritilgan. Ana shu psixologik kategoriyalar ijtimoiy adolat qaror topishi uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta`kidlangan. Shuningdek, Navoiy asarlarida shaxsning kamol topishida ota-onaning roli, ayollarning iffatliligi, insonlarning kamtarligi masalalari alohida o’rin egallaydi. Navoiy «Xamsa»sining har bir dostonida bukilmas iroda, irodaviy sifatlar, qat`iyalilik, shijoat, insonparvarlik tuyg’ulari, ijodiy hayolot, insonning murakkab ichki kechinmalari mohirona yoritilgan. Yuqoridagilardan

Boborahim Mashrab, Gulxaniy, Nodira, Uvaysiy, Muqimiy, Furqat, Bedil, Zavqiy, Hamza Hakimzoda Niyoziy

Abdulla Avloniy va boshqalarning yoshlar

tarbiyasiga, axloq-odob, fe`l-atvor, oilaviy hayot masalalariga, shaxslararo munosabatlarga doir qarashlari ham turli janrlardagi asarlarda ravon va ixcham bayon qilib berilgan. XVII asrdan boshlab to bizning zamonamizgacha ikki lager – falsafa va psixologiya lageri o’rtasida taraqqiyot nazariyasi yuzasidan qattiq kurash boradi: Birinchi lager psixik o’sishni butunlay «tug’ma ideyalar»belgilaydi deydi. Ikkinchi lager psixik o’sishni butunlay muhitga va turmush tajribasiga bog’liq deydi. «Tug’ma ideyalar» degan nazariyaning namoyondasi Dekart (1596-1650) edi. Uning fikricha, tug’ma ideya intellektda boshlang’ich xolatda bo’ladi. Bu ideyalar moyillik sifatida «tug’ma» bo’lib, faqat keyinchalik to’la anglanguncha asta-sekin taraqqiy etadi. Italyan antropologi va kriminalisti Lombrzo (1836-1909) burjuaziyani oqlab, qoshshoq xalqda jinoyat qilishga moyillik bor, yani jinoyatchi ota-onadan jinoyatchi bolalar tug’iladi deb da’vo qiladi. Bu ideologlar mustamlakachilik, bosqinchilikni oqlab mazlum xalqlar, ayniqsa qora tanli xalqlarni xudoning o’zi oq tanli kishilarga 26

tobe’ qilib yaratgan deb da’vo qiladilar. Nems – fashistlarning irqchilik nazariyasi AQSHda ham ildiz otdi. Psixologiya lagerining namoyondasi D.Lokk edi (1632-1704). U «Tarbiya haqidagi fikrlar» degan kitobida yangi tug’ilgan bolani toza taxtaga o’xshatadi. Psixika hayot tajribasiga bog’liqdir, hamma narsa tashqi muhitga qaramdir. Lokkning fikricha bolaning psixik o’sishi butunlay hayot sharoitiga, muhitga va tarbiya sharoitiga bog’liqdir. Tajribaga katta ahamiyat beradigan bu nazariya bir tomonlama bo’lib, irsiyatning rolini, qobiliyatlarning o’sishiga asos bo’ladigan biologik faktorlarning rolini mutloqo inkor qiladi. Rossiyada psixologik tadqiqot namunalari Sharq va G’arb madaniyati ta`sirida inson ruhiyati bilan bog’liq qator og’zaki va yozma, amaliy va ilmiy asarlarda paydo bo’la boshladi. Dastlabki

asarlar XVII-XVIII asrlarda diniy-ahloqiy negizda yozilgan edi. XVIII asrdan boshlab bolalar psixologiyasi bo’yicha muayyan tartibga, yo’nalishga va uslubga ega bo’lgan ilmiy fikrlar vujudga keladi. Rus tarixchisi V. N. Tatishchev (16861750) ning «Fanlar va bilim yurtlarining foydasi to’g’risida suhbat» kitobida fanlarning tasnifi, bilimlarni egallash zarurligi, tilning xosiyati, yozuvning ahamiyati, yosh davrlarining xususiyati nuqtai nazardan bayon qilingan. N. I. Novikov (1744-1818) bashariyat farovonligini ko’zlab yoshlar bolalar o’rtasida foydali bilimlarni keng yoyish uchun ularni o’ziga xos yo’sinda tarbiyalash kerakligi g’oyasini ilgari suradi. Uning asarlarida insonning kamoloti uchun tafakkur, xotira, ahloq, xis-tuyg’u va taqlidchanlik alohida ahamiyat kasb etadi. Rossiyada

N.F.Kapterov, I.A.Sikorskiy, A.F. Lazurskiy kabi olimlar katta hissa qo’shdilar. N.F.Kapterovning «Pedagogik psixologiya», I.A.Sikorskiyning «Bola ruhi», A.P.Nechayevning «Hozirgi zamon eksperimental psixologiyasi va uning maktab talimiga munosabati», A.F. Lazurskiyning «Maktab o’quvchisining tavsifi» asarlari psixologiyaning rivojlanishiga xizmat qildi. Rossiyada G.I.Rossolinoning «Yosh psixologiyasi va nevrologiyasi» labarotoriyasi ishga tushdi. Ushbu asarlarda insonning ijtimoiy mavjudotligi tan 27

olinib, unga ilmiy materialistik nuqtai nazardan yondashilsada, insondagi psixologik, fiziologik va biologik jihatlar, tarkibiy qismlar tabaqalanmaydi, tashqi muxitni bosh omil deb tushuntiriladi. Rus fiziologiyasining otasi I.M.Sechenov psixikaning reflektor xususiyatini kashf qilib, bilish jarayoni, inson xis-tuyg’usi, o’zini-o’zi anglashining fiziologik mexanizmini tushuntirishi fan olamida keskin o’zgarish yasadi. I.P.Pavlov kashf etgan qator qonuniyatlar, xossalar, ikkinchi signallar tizimi eksperimental ishlarni olib borishga puxta zamin hozirladi. X1X asr oxiri

XX asr boshlarida G’arbiy Evropa va AQSH da yosh

psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarida ilmiy tadqiqotlarga asoslangan qator asarlar paydo bo’ldi. Amerikalik psixolog U.Djems «O’qituvchilar bilan psixologiya to’g’risida suhbat» (1902) asarida yosh davrining xususiyatlari haqidagi ilmiy

va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan malumotlarni chuqur tahlil qildi.

K.Byuler xonim (1879-1963) o’zining ilmiy tadqiqotlarida faoliyatining har xil yosh davrlaridagi rolini, faoliyat turlarida fantaziya, tafakkur, nutq jarayonlarining rivojlanishini, aqliy faoliyat, hamda uning rivojlanish bosqichlari (instinkt, dressura, intellekt)ni, shaxsning shakllanishida biologik va ijtimoiy omillarning ahamiyatini izchil o’rgandi. Mazkur sohada tubdan farqlanuvchi g’oyalar, nazariyalar yuzaga keldi. Masalan, amerikalik psixolog S. Xoll (1844-1924) Gekkelning evolyutsiya qonuniyatini psixologiyaga bevosita ko’chiradi. Uning fikricha, «irsiyat» filogenezni ontogenezda takrorlaydi, xolos. Bolalar xulq – atvoridagi har-bir fakt insoniyat tarixi bilan bog’landi va tegishli taqqoslash izlab topildi: a) bolalar daraxtlarga tirmashib chiqar ekan demak yovvoyilik davrini takrorlaydi; b) bolalar tuproq o’ynab unga cho’p tiqar ekan, dehqonchilik davrini takrorlaydi; v) bolalar kamon va o’q yasar ekan, ov va urushlar davrini takrorlaydi; g) bolalar marka, etiketka yig’ar ekan savdo-sotiq davrini takrorlaydi. Frantsuz psixologi P. Jane (1857-1947) psixik rivojlanishning biologik va ijtimoiy munosabatlar muammosi bilan shug’ullanadi. 28

Uning nazariyasiga binoan inson psixikasi ijtimoiy munosabatlarga bog’liq, zotan jamiyat va tabiat o’rtasidagi turli aloqalar sistemasining shakllanishi insonning o’sishini belgilaydi. U aloqa deb, xatti-xarakatini tushunadi. Bu esa kishining atrof muhitga shaxsi munosabatidan boshqa narsa emas, albatta. P. Janening fikricha, eng qimmatli, ahamiyatli, ijtimoiy harakat hamkorlikdagi faoliyatda o’z ifodasini topadi, shaxslararo tashqi munosabatlar rivojlanishning printsipi hisoblanadi. P. Jane o’z tadqiqotlarida psixikaning to’rt darajasi: a) motor reaktsiyasini o’sishi; b) pertseptiv harakatning o’sishi; v) shaxsiy-ijtimoiy harakatning o’sishi (o’zining harakatini boshqa kishilarga moslashtirish); g) intelektual sodda xatti-harakatning o’sishi (nutq va tafakkurning rivojlanishi) mavjud ekanligini asoslagan. Shveytsariyalik psixolog J. Piaje (1896-1980) insonning kamol topishini bir necha davrlarga ajratib o’rganishni tavsiya qiladi: 1. Bola – tashqi muhit – ma`lumotlarni qayta ishlash. 2. Tafakkur: a) ijtimoiy davrgacha; b) ijtimoiy davr. 3. Intellekt: a) sensomotor – 2 yoshgacha; b) operatsional davrgacha – 2-7 (8); v) yaqqol operatsiya davri – 7 (8)-11 (12) yoshgacha; g) rasman (formal) operatsiya davri-11 (12)-15 yoshgacha. AQShlik psixolog Dj. Bruner (1915) shaxsning tarkib topishi bilan ta`lim o’rtasida ikkiyoqlama aloqa mavjudligini aytib, insonning kamolot sari intilishi bilim

ijtimoiylashuvi jarayonini tezlashtiradi, deb uqtiradi. Shu tariqa yosh psixologiyasi fani qator rivojlanish bosqichlaridan o’tib, bugungi darajasiga erishdi. Uning rivojlanishiga O’rta Osiyo allomalari, rus va chet ellar psixologlari munosib hissalarini qo’shdilar. Yuqorida aytilgan nazariyalar, 29

amaliy va ilmiy ma`lumotlar, tadqiqotchilar yaratgan metodikalar o’z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Xotira.

xususiyatlaridan biri — so’z mantiq xotirasi va ma`nosiga tushunib eslab qolish salmog’ining ortishidir. O’quvchi o’z xotirasini ongli boshqarish, eslab qolish, esga tushirish, esda saqlash jarayonlarini faoliyatning maqsadiga muvofiqlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Yuqorida aytilganidek, birinchi signal sistemasi ikkinchi signal sistemasidan birmuncha ustunligi tufayli o’quvchilarda mantiqiy xotiradan ko’ra ko’rsatmaliharakatli xotira muhimroq rol o’ynaydi. Shuning uchun ular nazariy qonun va qoidalardan, mavhum tushunchalardan ko’ra yaqqol ma`lumotlar, axborotlar, voqea va hodisalarni, obrazlar va narsalarni tezroq, hamda mustahkamroq eslab qoladilar va uzoq muddat esda saqlaydilar. Birinchi va ikkinchi sinf o’quvchilari ta`limiy materiallarning ichki bog’lanishlariga ahamiyat bermay, ma`nosiga tushunmay quruq eslab qoladilar. O’rganilayotgan materiallarni mantiqiy tahlil qilmay, yoddan o’zlashtiradilar. Buning sabablari: 1) ularning mexanik xotirasi boshqa xotira turlariga qaraganda rivojlangani ma`lumotlarni aynan

o’zgarishsiz eslab qolish imkonini

yaratadi; 2) o’quvchilar o’qituvchi qo’ygan vazifani anglab etmaydilar, 3) natijada uning «to’g’ri tushuntirib ber» degan talabini so’zma-so’z takrorlash deb biladilar; 4) ularning nutq boyligi yetishmasligi (ilmiy atamalar va til qonuniyatlarini bilmasligi) materialni ijodiy to’ldirish, unga qo’shimcha qilish imkoniyati yo’qligi uni so’zma-so’z qaytarishni osonlashtiradi; 5) o’quvchilar matnni to’g’ri usullar yordamida eslab qolishni bilmaydilar. Tadqiqotchi A. A. Smirnov eslab qolishning to’g’ri usuli sifatida matndagi ma`nodosh so’zlarni guruhlarga ajratish, tayanch nuqtani topish, so’zlab 30

berish uchun reja tuzish va o’tilgan mavzularni idrok etgan holda yangi mavzuni takrorlashni tavsiya qiladi. Ta`lim jarayonida o’quv materiallarining ma`nosini, mohiyatini, turli mulohazalarni, dalillarni, ilmiy asoslarni eslab qolish va esga tushirish orqali o’quvchilarda mantiqiy xotira takomillashadi. Ularni A. A. Smirnov tavsiya qilgan usul va vositalar bilan qurollantirish o’qituvchining vazifasi hisoblanadi. Aqliy mehnatda mustaqillikni vujudga keltirmay bilishga intilish qobiliyatini o’stirish mumkin emas. Shuning uchun bolalarga izohli o’qish, masalaning shartini sharhlash, muammoli vaziyatni yaratish va hal qilishni o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Ixtiyoriy eslab qolish va ixtiyoriy esga tushirishning mahsuldorligi ko’p jihatdan o’quvchilar aqliy faolligining darajasiga bog’liq. Aqliy faoliyat darajasi ularning eslab qolishini tashkil qilish va boshqarish usullarini egallashiga uzviy aloqadordir. Mnemik (xotira) usullariga ta`rif yoki qoidani so’zma-so’z eslab qolish, o’z so’zi bilan aytib bersa bo’ladigan materialning mohiyatini eslab qolish, birlamchi va ikkilamchi qismlarga ajratish, raqamlarni bir joyga to’plash, eng zarur tushunchalarga alohida e`tibor berish kiradi. Eslab qolish, esda saqlash, esga tushirishning samaradorligi maqsadni anglash va unga intilish negizida vujudga keladi. Xotiraning samaradorligi o’qish motivlariga bevosita bog’liqdir. Rus psixologi T. N. Balarich o’z tajribasida bir guruh o’quvchilarga o’quv matnini bundan keyin sira kerak bo’lmasligini, ikkinchi-guruhga undan tez kunda foydalanilishini aytib o’zlashtirishni tavsiya qilgan. Olingan natijalarga ko’ra birinchi guruhda faoliyatda qo’llash metodikasi yuqori samara bergan, matn tez eslab qolishgan va uzoq vaqt esda saqlangan. L. V. Zankovning tadqiqotida ham eslab qolishga intilishning roli o’rganilgan, uzoq vaqt eslab qolishga intilish ham yaxshi samara berishi isbotlangan. Shunga asoslanib psixologiya faniga «uzoq vaqt eslab qolish», «hamma vaqt esda saqlash» iboralari kiritilgan. Umuman kattalarning, xususan o’qituvchilarning muhim vazifalaridan biri o’quvchilarda materiallarni eslab qolish uchun muayyan intilishni, tarkib toptirish, 31

ularga eslab qolishning usullarini, fikr yuritish operatsiyalarini (taqqoslash, tahlil qilishni) o’rgatishdan iboratdir. Xotiraning mahsuldorligini oshirish uchun ta`lim jarayonida o’zini o’zi nazorat qilish, materialni takrorlashda tekshirish, esga tushirish, mashq qilishdan unumli foydalanish zarur. Agar kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga eslab qolish va eslash usullari o’rgatilmasa, ular materialni bevosita takrorlashda, uzoq vaqt to’xtalib qoladilar. Shuning uchun ham eslash qiyin mehnat (K. D. Ushinskiy) hisoblanadi. Lekin o’quvchilar materialni eslashni hush ko’rmaydilar va uni osongina tiklash yo’lini tushunmaydilar. Materialni eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish va eslash usullarini o’rgatish mantiqiy xotira o’sishining garovidir. O’smirlarda xotiraning o’sishi. O’smirlik yoshida xotira xususiyatlari sezilarli darajada o’zgaradi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda ko’proq mexanik xotira, o’smirlik yoshidagi o’quvchilarda esa mantiqiy xotira asosiy o’rin tutadi. Materiallarni umumiylashtirish va sistemaga solish, narsa va hodisalarning mohiyatini bilish natijasida, o’smir mantiqiy esda olib qolish va mantiqiy esga tushirishning afzalligini tushunib oladi. She`r, teorema va hokazolarni yodlab olmoq uchun ba`zida mexanik xotira ham kerak, albatta. Lekin bu mexanik esda olib qolish mantiqiy bog’lanishlar bilan birga bo’ladi. Masalan, o’quvchi tarixiy detallarni eslab qolmoqchi bo’lganda, bu detallarning ma`nosini tushunib, ularni ma`lum voqelik bilan bog’laydi. Geografik nomlarni eslab qolmoqchi bo’lganida, o’quvchi shu mamlakatni va u yerda yashaydigan xalqni birgalikda tasavvur qiladi. Maktab materialni taqqoslagan va sistemalashtirgan holda tushunib logik esda olib qolishga o’rgatadi. O’quvchilar uchun tekst, she`r, teorema va boshqalarni ancha muvaffaqiyatli esda qoldirish usullarini topish nihoyatda muhimdir. O’quvchi faqat ana shunday usullarni o’zlashtirib olgandan keyingina, programma talab qilgan barcha narsani tez, muvaffaqiyatli esda qoldira oladi. Agar o’quvchilarning birortasida hali ham mexanik xotira ustunligi saqlanib qolgan bo’lsa, bu maktabning aybi bo’ladi. Bu pedagoglarning o’quvchilarni doimiy ravishda materiallarni bir-biri bilan taqqoslashga, predmetlarni o’zaro bog’lashga o’rgatmaganligining natijasidir. 32

Shuni ta`kidlash kerakki, matematikaga doir materiallarni o’zlashtirishda ham, boshqa fanlarni o’rganishda ham fan asoslarini bir-biri bilan bog’lash muhim ahamiyatga egadir. Mnemik xotira – esda qoldirishni yengillatish maqsadida sun`iy ravishda qo’llanadigan usullar yig’indisi.

II bob. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida nazorat ishi o’tkazishning samarali shakl va metodlari 2.1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini bayon yozishga o’rgatish yo’llari. 1-SINFDA BAYON USTIDA ISHLASH To’la savodxonlikka erishishning muhim omillaridan biri, o’quvchilar nutq madaniyati ustida ishlash, ularni og’zaki va yozma nutqlaridagi kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlash va tuzatishdan iboratdir. 33

Shuning uchun 1-4-sinf o’quvchilariga dars berish jarayonida bir turdagi yozma ishlar bilan chegaralanib qolmay, balki yozma ishning barcha turlari ustida mashg’ulot olib borish, o’quvchilarda fikrni keng ko’lamda va xilma-xil ravishda bayon eta bilish qobiliyatini o’stirish lozim. Yozma ish turlaridan biri bayondir. Bayon o’qib berilgan namunaviy matn mazmunini ma’lum tayyorgarlikdan so’ng yozma ravishda qayta hikoyalashdir. Birinchi sinf dasturiga ko’ra matnni qayta hikoyalash mashqlari berilmaydi. Faqat aniq bir mavzuda rasmlarga qarab gap va kichik hikoya tuzish (inshoga tayyorgarlik mashqlari) o’rganiladi. Tayyorgarlik mashqlarini o’tkazish o’quvchilarda sodda gap tuzish ko’nikmasini hosil qiladi. O’quvchilar gapda so’zlarning tartibini, gap oxirida nuqta qo’yishni, bir gapni ikkinchi gapdan ajratishni o’rganadilar.

2-SINFDA BAYON USTIDA ISHLASH Ikkinchi sinf ona tili dasturida o’quvchilarni o’qituvchi rahbarligida hajmi uncha katta bo’lmagan (40-50 so’zli) matnlardan’ savollar yordamida bayon yozishga o’rgatish tavsiya etiladi. O’qituvchining oldida ikkinchi sinf o’quvchilarini berilgan tayyor reja asosida bayon yozishga o’rgatish vazifasi turadi. O’quvchilar yozuv taxtasiga yozilgan savollarni to’g’ri o’qishi va ularning ma’nosini tushunishi, rejadagi savolga aniq javob berishi, qayta hikoyalashda va yozma bayonda o’zining javoblarini rejadagi savollar tartibida berishi lozim. Yozma nutq malakalarini mustahkamlash uchun o’quvchilarni bayonda o’zlari yoza oladigan so’zlardan foydalanishga o’rgatish lozim. Shuni nazarda tutib, to’plamda tayyor reja asosida bayon yozish uchun matnlar berilgan. Matnlar asosida bayon yozishda uning mazmunini ochuvchi savollar orqali tahlil qilish kerak. Hikoya mazmunini tahlil qilish o’quvchilarning hikoyadagi asosiy fikrni va hikoya qismlari o’rtasidagi bog’lanishni bilib olishiga yordam beradi. Bu esa mazmunni tushunmasdan shunchaki eslab qolishning oldini oladi. 34

Ikkinchi sinf o’quvchilarining reja bilan ishlashidagi asosiy talab ularning savollarni to’g’ri o’qishi va ularni matn qismlari bilan bog’lay olishidir. Bayon yozishga o’rgatish va uni yozishda quyidagi ish usullaridan foydalanish mumkin. Ikkinchi sinfda o’quvchilarni matn bilan tanishtirishda ishni tayyorgarlik mashqlaridan boshlash (matn o’quvchilar ko’z oldida bo’ladi) maqsadga muvofiqdir. Chunki bu ish keyinchalik bayon yozishdagi qiyinchiliklarning oldini oladi. Shuningdek, o’qituvchi o’quvchilarni matnni asta-sekin o’qiganda eshitishga, uning mazmunini o’zlashtirishga o’rgatadi. 2-sinfda bajariladigan barcha mashq turlari reja bilan alohida ishlashni talab qilmaydi. Chunki reja tayyor holda beriladi. (Sarlavha tanlanadigan mashqlar bundan mustasno.) Ikkinchi sinfda gap ustida ishlashga katta ahamiyat berish talab qilinadi. Matnni tahlil qilish yo’li bilan sodda gaplarni tuzish ko’nikmasi mustahkamlanadi, Matnni tahlil qilib, reja savollari ustida ishlash zarur. Bu sohadagi asosiy ishlar quyidagilardan iborat: -Hikoya yoki uning qismlaridagi gaplar sonini aniqlash; ba’zi gaplarda nima va kim haqida gapirilganini ko’rsatib berish. -O’qilgan reja savollari nechta gapga tegishli ekanini aniqlash. -Gapdagi so’zlar sonini hisobga olish; tarkibidagi so’zlarni eslab qolish. -Savolda uchramagan so’zlarni gapdan topish. Masalan: Durdona kitobini qanday saqlaydi? Savol o’rniga gapdan «ozoda» so’zi topib yoziladi. Reja savollariga javob tayyorlash sintaktik ishni talab qiladi. Ikki-uch gapni o’z ichiga olgan savollarga javob tayyorlash vaqtida keyingi gap ma’nosini tushuntirib beradigan qo’shimcha savollar berilishi mumkin. Sintaktik ishni bajarganda ba’zan yozuv taxtasiga yozilgan parchani yoki gapni qisman tahlil qilishga to’g’ri keladi. Ko’pincha, bolalar gapdagi so’zlar tartibini buzadilar. O’qituvchi bolalarga gapdagi so’zlarni tartib bilan joylashtirishni o’rgatishi shart. Shu maqsadda quyidagi usullar ishlatiladi: Yozuv taxtasiga biror-bir so’zi tushirilgan va uning o’rnida savol ma’nosini bildirgan so’z turgan gaplar yoziladi. So’ngra shularga javob beruvchi so’zlar qo’yib gaplar yoziladi. 35

Masalan: Chumoli nima topib oldi? Chumoli don topib oldi. Gap so’zlar tartibi o’zgartirilgan holda yozuv taxtasiga yoziladi. Masalan: chumoli, chaqirdi, o’rtoqlarini. Shu so’zlarning tartibiga mos chizma yozuv taxtasida beriladi. Chizma: nima nimalarini nima qildi? Endi so’roqlar o’rniga mos so’zlarni qo’yib, Chumoli o’rtoqlarini chaqirdi gapi tuziladi. Ikkinchi sinfda xatolarning oldini olish uchun o’quvchilarga talaffuzi qiyin bo’lgan so’zlarni bo’g’inlab aytishni mashq qildirish muhim ahamiyat kasb etadi. Qator kelgan undoshli so’zlarni yozishdan oldin bolalar so’zni bo’g’inga bo’ladilar, bo’g’inlardan so’z yasaydilar, uni o’qiydilar yoki qisqa gap tuzadilar. 3-SINFDA BAYON USTIDA ISHLASH 3-sinfda yoziladigan hamma bayonlarni, asosan, ikki turga bo’lish mumkin. Birinchi turi o’qituvchi tavsiya qilgan tayyor reja, ikkinchi turi esa o’qituvchi rahbarligida o’quvchilar bilan hamkorlikda tuzilgan reja asosida yoziladi. O’qituvchi taqvim reja tuzishdan oldin matnlarni tanlaydi. Matndagi so’zlar, gaplar ona tilidagi qaysi mavzuga ko’proq mos ekanligini ham aniqlaydi. Shundan kelib chiqib matnlarni taqvim-mavzu rejasiga joylashtirish kerak. To’plamda ham iloji boricha shu tartibni hisobga olishga harakat qilingan. O’qituvchi 3-sinf o’quvchilarini bayon yozishga o’rgatar ekan, dastur va matnlarning

yengillashtirish maqsadida matndagi imlo qoidalariga oid so’zlar beriladi. Shuningdek, kuzatishdagi, o’qish darsligidagi materiallar bilan bayon matni orasidagi bog’lanishni tiklaydi.O’quvchilarning tayyor reja asosida yozadigan bayon matnlarining hajmi 60-80 so’zdan tuzilishi mo’ljallanadi. O’qituvchi bu bo’limda to’liq bayon uchun hajmi katta matnlar tanlaydi. So’ngra saylab yoki tanlab bayon yozish uchun hajmi katta matnlar beriladi. Ishning bunday turi o’quvchilarni to’rtinchi sinfda o’tkaziladigan matn mazmunini qisqartirib yozishga tayyorlaydi. Bo’lim boshida berilgan bayonning birinchi turi, tayyor reja asosida, bayon yozishda rejaning har bir qismiga javob bir yoki ikki gapdan iborat bo’lishi kerak. Shu bilan birga reja sarlavhasi ko’proq so’roq gap shaklida bo’lsa maqsadga 36

muvofiqdir. Bu ish usuli ikkinchi sinfda ham qo’llanilgan. Bunday matnlar mumkin qadar yozuv taxtasida yoki qog’ozda berilishi lozim. Matnning rejasi qismlar va uning mazmuniga muvofiq bo’lishini o’quvchi doim o’z diqqat markazida tutishi zarur. Boshqacharoq aytganda, u reja bandiga javob nechta gapdan iborat, qaysi xat boshi yoki qaysi gap rejada aniq ifodalanmagan, nima uchun ifodalanmagan, yozuv taxtasidagi gaplardan foydalanish lozimligi ustida bosh qotiradi. Dastlabki bayonlarga tayyorgarlik ko’rishda o’quvchilarni matnni qismlarga bo’lib gapirtirishga ko’proq e’tibor berish kerak va reja savollariga sodda gaplar bilan to’g’ri javob olishga erishish lozim. Shu bilan birga, bayonga puxta imloviy tayyorgarlik ko’riladi. Bu bayon darsning o’zida va oldingi ona tili darslarida xuddi ikkinchi sinfdagidek olib boriladi. Asta-sekin atov va ikki tarkibli gaplar («Samad yordam berdi», «Bola shirin» va boshqa hikoyalar), shuningdek, umumiy xarakterdagi so’roq gaplardan iborat rejalar beriladi. Bu hol o’quvchilarga doimo qulaylik tug’dirmaydi. Chunki reja bandlarining (yuqoridagidek) ifodalanishi butun xat boshini (qismni) kengaytirib bayon qilishni talab qiladi. Bunday reja bo’yicha ishlash o’quvchilarga qulay bo’lishi uchun bayonning biror qismini birgalashib puxta tahrir qilish taqozo etiladi. Masalan, «Eng zo’r sovg’a» matnidagi rejaning to’rtinchi bandida «Oxiri ammasi sovg’asini uzatdi» deb berilgan. Bu qismga matndagi to’rtta gap javob bo’la oladi. Bayon mazmunini o’quvchi ongiga to’liq yetkazish maqsadida quyidagicha yordam beriladi. Ushbu parcha (to’rtta gap) oldindan yozuv taxtasiga yoziladi. O’quvchilar parchani ichda o’qiydilar, so’ng hikoya qiladilar.Rejaning bu qismida yana boshqacha ish turini qo’llash mumkin. Berilgan qismga to’liq javob olishda o’quvchilarga yordamchi savollar beriladi. So’ng yozuv taxtasiga yozilgan matn bilan o’quvchilarning hikoyasi taqqoslanadi. Berilgan parchani to’liq bayon qilishda o’quvchilarga shu tarzda yo’llanma berib boriladi. Matnning bir-ikki qismi ustida xuddi shunday mashg’ulot olib borish natijasida o’quvchilar, birinchidan, o’qituvchining o’qigan hikoyasini diqqat bilan tinglashga, ikkinchidan, reja sarlavhalarini puxta o’ylashga va bayon matnini to’liq 37

qayta hikoyalashga o’rgatiladi. Birinchi yarim yilda to’liq qayta hikoyalashga o’rgatish uchun «Yaxshilik yerda qolmas» matni yuzasidan tayyorgarlik ko’rish darsini namuna sifatida ko’rsatamiz. Bayonga tayyorgarlik ko’rishda sinfdan tashqari o’qish dasrlarida yaxshilik qilish, bir-biriga yordam berish haqida suhbat o’tkazish

qo’shimchalarining yozilish qoidasi eslatiladi. Holatga, falokatdan, tuzoqqa so’zlari mashq qilinadi. I. Tanlab bayon yozish yozma bayon sifatida ham o’tkaziladi. Tanlab bayon yozishda matn o’quvchining ko’z oldida bo’lmaydi. O’quvchi butun matn mazmunini yoritib berishda qiynaladi. Shuning uchun matn qismlarining mazmuni tugallangan bir fikrda bayon qilinadi. Tanlab bayon yozishda quyidagi ish turlarini qo’llash o’quvchilar uchun foydali va qiziqarlidir. Hajmi kattagina bo’lgan matn mazmunini aralashtirib beriladi – bu esa voqeani tushunishga va ko’proq tafsilotlarni kiritishga imkoniyat beradi. Shu usulda o’quvchilarning mantiqiy faoliyatlarining ayrim tomonlari taraqqiy ettiriladi. Bolalar material tanlash, uni chegaralash, mavzuni qisqaroq bayon qilishga o’rgatiladi, qisqaroq bayon qilishga o’rgatiladi. Uchinchi sinf o’quvchilarining bayonlarini tekshirganda o’qituvchi barcha imlo xatolarini tuzatishi shart emas, balki diktant va boshqa nazorat ishlaridagi xatolarni ko’rsatishda qo’llangan usullardan foydalanishi ham mumkin. Uchinchi sinfda bayonlar muhokamasiga maxsus dars ajratmay, navbatdagi ona tili darsida bayon matnining mazmunini yoritishda va gaplarni tuzishda yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatish ishiga 12-15 daqiqa vaqt ajratish kifoya qiladi. O’quvchilarning bayonda yo’l qo’yadigan xatolari ustidagi ishni shunday rejalashtirish kerak-ki, bu ona tili darsida navbatdagi grammatik imloviy mashqlar bilan qo’shilib ketsin. Bu jarayonda ham o’quvchi xotirasining ahamiyati katta bo’ladi.

4-SINFDA BAYON USTIDA ISHLASH

Ma’lumki, uchinchi sinfda bayon o’qituvchi tomonidan tavsiya qilingan tayyor reja hamda o’qituvchi rahbarligida jamoa bo’lib tuzilgan reja asosida o’tkaziladi. To’rtinchi sinfda esa yuqoridagi bayonning ikki turi bilan birga,  mustaqil tuzilgan reja asosidagi bayon;  qisman tasvir bo’lgan bayon;  grammatik topshiriqli bayon;  matn mazmunini qisqartirishga oid bayon va nazorat bayonlaridan foydalaniladi. Qisman tasvir bo’lgan bayon; grammatik topshiriqli bayon va qisqartirilgan bayonlar alohida bolim qilib ajratilmaydi. Qisman tasvir bo’lgan bayon, grammatik topshiriqli bayon uchinchi bo’limga, qisqartirilgan bayon esa birinchi hamda uchinchi bo’limga kiritilgan.Tayyor reja va jamoa bo’lib tuzilgan reja asosidagi bayon ustida ish ikkinchi sinfda ham o’rganilgan. Ishning bu turi to’rtinchi sinfda matn mazmunining chuqur tahlil qilinishi va murakkabligi bilan ajralib turadi. O’qituvchi o’quvchilarning diqqatini ko’proq asarning hamma tafsilotlarini kuzatib, matn qismlaridagi voqealarni izohlab berishga qaratadi. Masalan, «Zohid Ziyrakka nimalarni o’rgatdi?», «Nima uchun chol odamlarni yordamga chaqirdi?» kabi bir qator savollar o’quvchilarni matnni diqqat bilan eshitishga o’rgatadi. Ular matndagi tafsilotlarning hammasi bir-biriga bog’langanligiga ishonch hosil qiladilar va shunga odatlanadilar. Bayonni yozish vaqtida o’quvchilarning o’zlari matndagi kerakli ma’lumotlarni bayon qilishga harakat qiladilar. Matnni tahlil qilishda asosli baho berishda qisman fikrlash va xulosa chiqaruvchi savollar ham qo’shiladi. Masalan, rejaning «Ari cho’pni kema qilib falokatdan qutildi» gapi asosli javob berishni talab qiladi. («Yaxshilik yerda qolmas»). «O’rmonchi bemorni qanday davoladi?» savolini eshitgan o’quvchilar ijobiy javob beradilar («Ona ayiq»), ammo o’qituvchi javobni asosli tushuntirishni talab qiladi: «O’rmonchi bemor oyog’idagi tikanni qanday oldi?» Matnlar tahlilining qiyinlashuviga yana bir sabab shuki, matnlarga qisman tasvirlash kiritilgan, 39

Biz qisman tasvirlash mavjud matnlarni tahlil qilishda o’quvchilar diqqatini tasvirning bosh mazmunni bayon qilishdagi o’rniga qaratmog’imiz kerak. «Uvol» matniga. (138-bet) ongli baho berishda o’quvchilar Anvarjonning ko’rinishini tasvirlash o’rnini tushuntira olishlari kerak. Bayon ustida ishlashda grammatik topshiriqli bayon yozishga o’rgatish muhim ishlardan biri hisoblanadi.Bayonning bu turi to’rtinchi sinfda o’tkaziladi. Bunday bayonni yozdirishdan avval o’qish darslarida o’quvchilarning o’qigan ayrim hikoyalaridagi shaxsni o’zgartirib qayta hikoyalash yuzasidan mashqlar o’tkazilgan bo’lishi kerak. O’quvchilar shaxsni o’zgartirib hikoyalash haqida ko’nikma hosil qilganlaridan so’ng bunday turdagi bayonni o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Bayonning bu turi o’quvchida hikoyadagi gaplarni qayta tuzishni talab qiladi. Chunki hikoya I shaxs nomidan berilgan bo’lsa, uni III shaxs nomidan, III shaxs nomidan berilgan bo’lsa, I shaxs nomidan hikoya qilish va bunda ega, kesimlarni shaxs va sonda moslashtirish lozim. Ayrim hollarda I shaxs nomidan berilgan hikoyalarni III shaxs (birlik) nomidan bayon qilishda shaxsni aniq ko’rsatish uchun unga birorta ism tanlashga to’g’ri keladi. Chunonchi, to’plamdagi «Ozod elning o’g’liman» (144-bet) matni «Men 1990-yil 27-fevralda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida tug’ildim» (I shaxs birlik) degan jumla bilan boshlanadi. O’quvchidan hikoyani III shaxs nomidan bayon qilish talab qilinadi. To’rtinchi sinfda bayon ustida ishlash asta-sekin murakkablashib boradi. Bu murakkablik shundan iboratki, o’quvchilarning o’zlariga reja tuzish o’rgatiladi. Hatto o’quvchilar o’zlari mustaqil tuzgan reja asosida bayon yozadilar. Bunda o’qituvchining vazifasi – o’quvchilarni matnni qismlarga bo’lib o’qishga o’rgatishdan iboratdir. To’plamda reja ustida jamoa bo’lib ishlash uchun matn berilgan. Bu ish uchinchi sinfda olib borilgan metodik usullar va yo’llar bilan amalga oshiriladi. Bular so’z bilan tasvirlash, matnni qismlarga bo’lish (o’qituvchi bergan sarlavha asosida), o’quvchilar daftarlaridagi matnni qismga bo’lish, tanlab hikoya qilish yoki qayta tanlab hikoya qilish asosida qismga ajratishdan iboratdir. To’rtinchi sinfda bayon rejasini jamoa bo’lib tuzish, asosan, o’quvchilarning mustaqilligini oshirishga qaratilgan. Birinchi yarim yil oxiriga borib o’quvchilar 40

o’zlari mustaqil reja tuzishlari va matnning keng mazmunini bayon qila olishlari ko’zda tutilgan. «Sinfdoshlar», «Aql» matnlari shunga oiddir. (122, 124-betlar) Reja tuzishga o’rgatish jarayonida jamoa bo’lib reja bandlarining o’rnini almashtirish mashqlari ham alohida o’rin tutishi mumkin.Bunday mashqlarning ajralib turadigan tomoni shuki, reja asosida avval ishtirok etuvchi shaxslar harakati yoki hodisa tasvirlanadi, keyin avval bo’lib o’tgan hodisalar yoki bayon qilingan hodisadan birmuncha avval bo’lgan hodisa, ya’ni tadrijiy ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda tasvirlanadi. To’rtinchi sinfda ta’limiy bayon yozish vaqtida imlo lug’atidan foydalanishga o’rgatish ham alohida ahamiyatga ega.Ammo bunda o’quvchilar lug’atga doimo tayanib ishlashga o’rganib qolmasliklari kerak. Shuningdek, o’quvchilarning faolligini yanada oshirishda imlo tahlilidan foydalanish yaxshi natija beradi.Matnni o’qib, tahlil qilib bo’lgandan keyin, o’qituvchi o’quvchidan matndan o’rganilgan imloga doir so’zni aniqlashi va uning yozilishini tushuntirib berishini so’rashi lozim.To’rtinchi sinfda bayon tahliliga alohida soat ajratish ko’zda tutiladi. Dars shunday rejalashtirilishi lozimki, har bir o’quvchi o’zi yo’l qo’ygan uslubiy yoki imloviy xatolarini tushunsin. O’quvchilarning xatolarini tahlil qilish jarayoni to’rtta asosiy ish turlaridan tashkil topadi: 1. O’qituvchining tekshirish natijalari haqidagi tushuntirishi. 2. Yozma ishlardagi xatolarni jamoa bo’lib muhokama qilish va to’g’rilash yo’llari. 3. O’quvchilarning mustaqil ishlari. 4. Ishga yakun yasash. Bu ish turlari dars davomida o’rni almashtirilgan holda amalga oshirilsa ham bo’ladi. Har bir dars bosqichida ishni shunday tashkil qilish kerakki, butun sinf diqqati ishning bir turiga qaratilmog’i va shu ish chcgarasida barcha topshiriq va xatolar ustida ish olib borilmog’i lozim. Bu darslar, ayniqsa, o’quvchilar bayonga mustaqil reja tuzib yozganlarida muhim hisoblanadi. O’qituvchi ishlarni tekshirish vaqtida reja sifatiga e’tibor beradi va uni alohida baholaydi, hamda tahlil o’tkazish uchun xatolarni turlarga ajratadi. 41

Eng ko’p uchraydigan umumiy xatolar – matn qismlari chegaralanishining noto’g’ri bo’lishi; matn juda ko’p qismlarga ajratib yuborilishi, tanlangan sarlavhaning qism mazmuniga mos kelmasligidir. O’quvchi

maslahatlashib yozadi. O’quvchi gap tuzishda yo’l qo’ygan kamchiliklarini ham mustaqil tarzda to’g’rilaydi. Agar xatolar bir qator o’quvchilarda aynan o’xshash bo’lsa, u holda alohida mashqlar o’tkazish lozim. Masalan: -Yozuv taxtasida berilgan so’zlardan gap tuzing. -Savol o’rniga tushirib qoldirilgan so’zni yozing. -Yozuv taxtasida berilgan chizmani to’ldiring. Bu jarayonda ham o’quvchi xotirasining ahamiyati katta bo’ladi. O’quvchiga juda ko’p miqdordagi uslubiy xatolarni mustaqil to’g’rilash tavsiya etilmaydi. O’quvchilarning yozma nutqlaridagi kamchiliklarini hisobga olish jarayonida o’qituvchi til darslarida o’rganiladigan dastur materiallarini ham o’rganishga erishadi.

2.2. Ona tili darslarida lug’at ishi va uning bayon yosishdagi ahamiyati. Boshlang’ich sinflar o’quv dasturida „Ona tili, o’qish bolalarning lug’atini boyitish, bog’lanishli nutqni o’stirish, adabiy – estetik tafakkurini kamol toptirish, nutq madaniyatini shakllantirish, nutq ta’sirchanligini ta’minlashning muhim omilidir”, deyiladi. Bu vazifalar grammatik mavzularni o’rganish, mashq 42

matnlarini kuzatish va tahlil qilish, maxsus lug’aviy-grammatik mashqlar orqali bajariladi. Ona tili o’qitishning bosh maqsadi ham tilning jamiyatda tutgan o’rni, vazifasi bilan belgilanadi. Til — aloqa vositasi, chunki so’zlovchi fikrmulohazalarini til orqali bayon qiladi, tinglovchi esa til vositalari orqali ro’yobga chiqqan fikrni anglaydi. Ona tili fani o’quvchilarni fikr bayon qilish va uni uqib olish faoliyatiga tayyorlaydi. Fikr til vositasida ro’yobga chiqadi, shu sababli har bir kishi tilni va undan foydalanishni bilishi zarur. Tilni bilish, tilning grammatik qonunqoidalarini, ta’riftni o’zlashtirishgina emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan amaliy foydalana bilish hamdir, ya’ni fikrni og’zaki va yozma shaklda to’g’ri, tushunarli va savodli ifodalay bilishdir. Bunga erishish uchun ona tili darslarida lug’at ustida ishlashga alohida e’tibor qaratish lozim. Lug’at ishida so’zning ma’nosi, talafifuzi va imlosi e’tiborda tutiladi. Bular ustida ishlashdan asosiy maqsad ehtiyoj sezilgan paytda o’quvchilarning ulardan nutqda foydalanishlariga erishish, o’zgalar nutqini anglashlarini ta’minlashdir. Buning uchun o’qituvchi ona tili darslarida qo’llangan har bir so’zning va ta’limiy jarayonlarda: ekskursiya, o’zaro suhbat, turli tadbirlarda ishlatilgan so’zlarning ma’nosiga e’tibor bilan qarashi, ularning qaysilari maxsus ishlashni taqozo etishini belgilab olishi kerak. Tilning lug’at boyligini o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi uchun ona tili darslarida so’zlar va ularning ma’nolari quyidagicha tanishtiriladi: 1. O’quvchilarni

O’quvchilar darslikdagi so’z va iboralarga birinchi marta duch kelayotgan bo’lishi mumkin. Bu so’z yangi paydo bo’lgan so’z bo’lmasa ham, o’quvchi uning ma’nosini bilmaydi, demak, o’quvchi uchun yangi so’z hisoblanadi. Masalan, l-sinf „Ona tili” darsligida xabib (do’st), darparda (oyna o’rniga shaffof qog’oz yopishtirilgan deraza parda), mag’rur (kekkaygan, mag’rur — kamtor), kamol (har tomonlama yetuk, to’kis, kamol topmoq — xazon bo ‘Imoq), xaroba (qarovsiz qolgan vayrona), qardosh (do’st, birodar, qarindosh-urug’), safdosh (harbiy xizmatda birga, 43

tashkilotda birga), sarkarda (qo’mondon, lashkarboshi), zeb (bezak, ko ‘rk, husn), qasr (hashamatli saroy, ko ‘shk) kabi so’zlarga duch keladilar. Bunday so’zlarning ma’nosini sinonimlar keltirib kengaytirish yo’li bilan, qarama-qarshi ma’noli so’zlar bilan izoh berish yo’li bilan, gap tuzish orqali ma’nosini yechish, rasmlar orqali tushuncha hosil qilish yo’li bilan tushuntirish mumkin. Bunday ishlash o’quvchilarda so’z ma’nolariga nisbatan sezgirlikni yuzaga keltiradi. 2. O’quvchilarni so’zning yangi ma’nolari bilan tanishtirish. O’quvchilar ko’p ma’noli so’zlarning bir ma’nosini tushunsa, boshqa ma’nosini

birdaniga o’zlashtirib ololmaydilar. Ularning ma’nosini o’zlashtirish bosqichmabosqich amalga oshiriladi. 1—2-sinflarda o’quvchilar ko’p ma’noli so’zning bir-ikki ma’nosi bilan tanishsa, 3—4-sinflarda yana boshqa ma’nolarini bilib oladi. Tilning barcha sathlari: fonetika, leksika, so’z tarkibi, morfologiya, sintaksis (boshlang’ich sinfda bu bo’limlar „Tovushlar va harflar”, „So’z”, „Gap”, „Bog’lanishli nutq” deb nomlanadi) ni o’rganish jarayonida tasviriy ifodalar, iboralar, ma’nodosh, shakldosh, zid ma’noli so’zlarning ma’nolari turli ish turlari asosida tushuntirib boriladi. Masalan, „niyati buzuq” iborasini tushuntirishda quyidagicha savol va topshiriqlardan foydalaniladi: —Bu iborani „soat buzuq” birikmasi bilan taqqoslang. —Qaysi biri o’z ma’nosida qo’llanyapti? (soat buzuq) —Qaysi birikma boshqa ma’noda qo’llanyapti? (fikri buzuq) —„Niyati buzuq” birikmasi qanday ma’noni ifodalayapti? (O’quvchilar o’ylab, niyati yomon kishilarni „niyati buzuq” deyishadi, deb izoh beradilar) Ko’rinadiki, taqqoslash usuli so’z ma’nolarini izohlashda samarali usul sanaladi. „Quloch otib”, „tanbeh yedi”, „ko’zi o’ynar”, „qalbi olov”, „til topishdi” kabi iboralarning ma’nosi ustida ham shu tarzda ishlanadi. I-sinf darsligida „Xiva ona tarix tilmochi”, „urush yo’lini taqqa bekitdik”, „biz ma’nosiga

zeb bersak”, „rediskaga akaman”, „karvon bo’lib kelamiz”

(„Turnalar”), „chehrasiga tabassum yugurdi”, „bahor oq bulutni yetaklab ketdi”, 44

2-sinf darsligida „dov-daraxtning soch-soqolini qirishdi”, „Biz oqlagan daraxtlar oppoq paypoq kiyishdi” kabi badiiy-tasviriy til vositalari ustida ishlash o’quvchini so’z va iboralardan nutqda to’g’ri va o’rinli foydalanishga undaydi, nuqtaning emotsionalligini oshiradi. 3. O’quvchilar tilida kam qo’llanadigan so’zlar ma’nosi ustida ishlash. Adabiy tilga oid ba’zi so’zlar o’quvchilar nutqida kam qo’llanadi. Bu so’zning ma’nosini o’quvchi yetarli darajada tushunmaydi. Uning o’rnida oddiy so’zlashuvga doir, eskirgan yoki shevaga oid so’zlarni qo’llaydi. O’qituvchi ularni kitobiy so’zlar bilan almashtirish uchun nutqda qo’llashga majbur etadigan vaziyat yaratishi, ehtiyojni yuzaga keltirishi zarur. Masalan, jim — tinch — osuda — osoyishta, yurakdan — dildan, soat strelkasi — soat millari, garmdori — qalampir, rayon — tuman kabi. So’zlarning

o’tkazilayotganda ham o’quvchilar e’tiborni ayrim so’zlarni boshqasi bilan almashtirishlariga qaratiladi. 1-sinfda rasmlar asosida og’zaki hikoya tuzayotgan o’quvchilarning nutq birliklari bir-biridan farqli bo’lishi, biri ikkinchisining so’zini qaytarmasligi talab qilinadi. Masalan, Shirinsuxan — shihnso’z, nasim — tonggi yel (shamol), tanbeh berdi — dashnom berdi, zilolsuv — tiniq suv, kichik — mo’jaz, tik — adit, nafis — nozik kabi. Yozma bayon yozishga tayyorlanish jarayonida ham (2-sinf) so’zlarni boshqasi bilan almashtirishga, kitobiy so’zlar tanlashga e’tibor berish lozim. Darsliklarda bola hissiyotiga ta’sir qiluvchi ko’chma ma’nodagi badiiy ifodalar ko’p qo’llangan, ular ustida maqsadga muvoftq ishlash o’quvchi nutqini jozibador qiladi, ularning nutqini adabiy tilga yaqinlashtiradi. 4. Yangi paydo bo’lgan so’z ma’nolari ustida ishlash. Bunday so’zlar darslikda kam qo’llanadi. Bunday so’zlarning bolalar hayoti bilan bog’liq bo’lganlarini ajratib olib „Bilib qo’ygan yaxshi” rubrikasi ostida ishlansa, o’quvchining

boradi. 5. Grammatik atamalar ma’nosi bilan tanishtirish. 45

atamalarning to’g’ri talaffuzi, imlosi o’rgatiladi. Shundan so’ng misollar asosida tilning mazmuni ochiladi, so’ngra o’qitish va mashqlar bajarish orqali o’quvchilarning atama ma’nosini to’laqonli anglashlariga erishiladi. Lug’at ustida ishlashda quyidagi metodik usullardan foydalaniladi: 1. So’z ma’nolarini taqqoslash va ularni sharhlash. Bu usul ko’chma ma’noli so’z va iboralar, paronim so’zlar, shakldosh so’zlar ma’nosi, imlosi, talaffuzini izohlashda qo’llaniladi Masalan, ziyrak — Zirak: odamning xususiyati (sezgirligi) — ziyrak; quloqqa taqiladigan taqinchoq — zirak. Bu so’zlarning talaffuzi ham ikki xil. 2. So’zlarni kuzatish usuli orqali ularning imlosini, ma’nosini va talaffuzini o’rgatish. Bu usul o’zakdosh so’zlarni o’rganish jarayonida, ko’m-ko’k, oppoq, qipqizil kabi sifatlarning ma’no nozikliklari, imlosi, talaffuzini o’rgatishda qo’llaniladi. Masalan, o’quvchilar guldon, gulchi guldor, gulli, gulsiz, gulla so’zlarining tarkibini kuzatadilar, bu so’zlar ma’nosidagi farqni izohlaydilar va tilning yangi so’zlar hisobiga boyib borishini anglay boshlaydilar. Shu o’rinda o’qituvchi so’zlarni o’z so’ziga aylantirish orqali aniq fikr yuritishga o’rganish o’quvchining burchi ekanini aytishi lozim. Kuzatish usuli shakllari o’zgarayotgan so’zlarning imlosini o’rgatishda ham qo’llaniladi: og’iz+im — og’zim, singil+im — singlim,-u+ga — unga. 3.

So’zlarni belgilariga ko’ra guruhlash usuli. Guruhlash aqliy

faoliyat usuli bo’lib, u ona tili mashg’ulotlarida o’quvchilarning so’z boyligini oshirishda muhimdir. Bu usul so’zlarning anglatayotgan ma’nosi, turkumi, yasalishi, imlosi, uyasi kabilarga ajratish imkoninj beradi. Guruhlash kuzatish va taqqoslash usuli bilan bog’liq. So’zlarni guruhlash uchun avvalo ular kuzatiladi, so’ng taqqoslanadi. Bu jarayonda ularning o’xshash va farqli tomonlari ajratiladi: Masalan, qavm-qarindoshlik bo’yicha guruhlash quyidagicha bo’lishi mumkin: 1. Ota urug’i: ota, amaki, amma, dada, buvi, buva. 2. Ona urug’i: ona, xola, tog’a, buvi, buva. Sifatlarda xususiyat bildiruvchi sifatlar (sho’x, og’ir, bosiq, aqlli, aqlsiz, hissiz, andishali, dangasa, tanbal, ishchan, mehnatsevar va hokazo.), ta’m 46

bildiruvchi sifatlar (shirin, achchiq, nordon, taxir, sho’r, mazali, bemaza, chuchmal va hokazo.) va shu kabilar guruhlash musobaqasi tarzida uyushtirilishi mumkin. Ma’lum bir guruhdagi so’zlar ro’yxatini tuzish ishini alifbo asosida yozdirish ham mumkin. Bu jarayonda guruhlash uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin: 1. Bolalar o’yinlari nomining lug’atini tuzing. 2. O’zingiz bilgan shoir nomlari ro’yxatini tuzing. 3. Ertak nomlari ro’yxatini tuzing. 4. Joy nomlari ro’yxatini tuzing. 5. Ma’nodosh so’zlar ro’yxatini tuzing va boshq. Bular o’rganilayotgan mavzularga, mashq matnlariga bog’liq holda tashkil etiladi. So’zlarning izohli lug’atini sinf yoki maktab miqyosida tuzib, osib qo’yilib, umumiste’molga kiritish mumkin. Bunda „O’quvchilar pochtasi” tashkil etilishi ham mumkin. O’quvchilar qaysi so’zning ma’nosini bilib olishda qiynalsalar, shu so’zni yozib yashikka tashlaydilar. Hafta oxiridagi darsda shu so’zlar ma’nosi, imlosi, izohi ustida ishlanadi. Lug’at ustida ishlashning lingvistik asoslari. So’z tilning ma’no bildiradigan asosiy birligidir. So’z va so’z birikmasi aniq narsalarni, mavhum tushunchalarni, hissiyotni ifodalaydi. Tilda mavjud bo’lgan barcha so’z va iboralarning yig’indisi lug ‘at tarkibi yoki leksika deyiladi. Leksikologiya o’zbek tilining lug’at tarkibini o’rganadigan bo’limdir. Leksikologiya lug’at tarkibidagi so’zlarning nutqda ma’no ifodalash xususiyati, qo’llanish faolligi, boyib borishi, ba’zi so’zlarning eskirib, iste’moldan chiqib ketishi, ma’no ko’chish hodisasi kabilarni o’rganadi. Shu sababli leksikologiya lug’at ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi. Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan o’zaro bog`langan mazmunga mos so’z va so’z birikmalarining ma’lum izchillikda joylashtirilishidan tuziladi. Kishining lug’ati qanchalik boy va rivojlangan bo’lsa, uning nutqi ham shunchalik boy bo’ladi. O’z fikrini aniq va ifodali bayon etishiga keng imkoniyat 47

yaratiladi. Shuning uchun lug’atning boyligi, xilma-xilligi, harakatchanligi metodikada nutqni muvaffaqiyatli o’stirishning muhim sharti hisoblanadi. Hozirgi o’zbek adabiy tili ulkan lug’at boyligiga ega. Besh jildlik „O’zbek tilining izohli lug’ati” da 80000 dan ortiq so’z va so’z birikmasi berilgan bo’lib, bular umumiy qo’llaniladiganlaridir. Bunga o’zbek tilida nashr etilgan turli terminologik lug’atlarda, o’zbek tili sinonimlari, antonimlari, frazeologik lug’atiarida va turli izohli lug’atlarda berilgan so’zlar qo’shilsa, lug’at boyligi yana ming-minglab oshadi. Bulardan tashqari, juda ko’p so’zlar ko’p ma’noni bildiradi. Masalan, shu izohli lug’atda bosh so’zining 40 dan ortiq asosiy va frazeologizm bilan bog’langan ma’noda ishlatilishi berilgan. Maktabda nutq o’stirishning muhim vazifalaridan biri lug’at ustida ishlashni yaxshilash, tartibga solish, lining asosiy yo’nalishlarini ajratish va asoslash, o’quvchilarning lug’atini boyitish jarayonini boshqarish hisoblanadi. Maktabda lug’at ustida ishlash metodikasi to’rt asosiy yo’nalishni ko’zda tutadi: 1. O’quvchilar lug’atini boyitish, ya’ni yangi so’zlarni, shuningdek, bolalar lug’atida bo’lgan ayrim so’zlarning yangi ma’nolarini o’zlashtirish. Ona tilining lug’at boyligini bilib olish uchun o’quvchi o’z lug’atiga har kuni 8—10 ta yangi so’zni, shujumladan, ona tili darslarida 4—6 so’zni qo’shishi, ya’ni shu so’zlar ma’nosini o’zlashtirishi lozim. 2. O’quvchilar lug’atiga aniqlik kiritish. Bu o’z ichiga quyidagilarni oladi: 1) o’quvchi puxta o’zlashtirmagan so’zlarning ma’nosini to’liq o’zlashtirish, ya’ni shu so’zlarni matnga kiritish, ma’nosi yaqin so’zlarga qiyoslash, antonim tanlash yo’llari bilan ularning ma’nosiga aniqlik kiritish; 2) so’zning kinoyali ma’nosini, ko’p ma’noli so’zlarni o’zlashtirish; 3) so’zlarning sinonimlarini, sinonim so’zlarning ma’no qirralarini o’zlashtirish; 4) ayrim frazeologik birliklarning ma’nosini o’zlashtirish. 3. Lug’atni

faollashtirish, ya ‘ni o ‘quvchilar ma ‘nosini tushunadigan,

ammo o’z nutq faoliyatida ishlatmaydigan nofaol lug’atidagi so’zlarni faol lug’atiga o’tkazish. Buning uchun shu so’zlar ishtirokida so’z birikmasi va gaplar 48

tuziladi, ular o’qiganlarni qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi. 4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so’zlarni o’quvchilar faol lug’atidan nofaol lug’atiga o’tkazish. Bunday so’zlarga bolalarning nutq muhiti ta’sirida o’zlashib qolgan adabiy til me’yoriga kirmaydigan, ayrim adabiy asar va so’zlashuv tilida qo’llanadigan sodda so’z va iboralar, sheva va ijtimoiy guruhga oid so’zlar kiradi. Adabiy til me’yori degan tushunchani o’zlashtirgach, o’quvchilar yuqorida izohlangan so’zlar o’rniga adabiy tildagi so’zlardan foydalana boshlaydilar. Adabiy tilga oid malakalari mustahkamlangan sayin shevaga, jargonga oid so’zlar, so’zlashuv tilida ishlatiladigan sodda so’z va iboralar o’quvchilarning faol lug’atidan chiqib keta boshlaydi. O’quvchilar

takomillashtiriladi: 5. Atrof-muhitni: tabiatni, kishilarning hayoti va mehnat faoliyati, bolalarning o’yini va o’qish faoliyatini, kattalar bilan munosabatni kuzatish. Tabiat qo’yniga, turli joylarga, muassasalarga ekskursiya vaqtida bolalar narsa va hodisalarni kuzatish bilan ko’pgina yangi nom va iboralarni o’rganadilar. Bu ekskursiyalar

chuqurlashtiriladi, ayrim so’zlar ma’nosiga aniqlik kiritiladi. O’quvchilar lug’atini va nutqini boyitishda eng ishonarli manba badiiy asarlar hisoblanadi. O’qish darslarida o’quvchilar Oybek, H. Olimjon, M. Shayxzoda, G’.G’ulom, H. Hakimzoda, Zulfiya, X. To’xtaboyev, P. Mo’min, Q. Muhammadiy, Sh.Sa’dulla, Z. Diyor, N.Fozilov, T.Adashboyev, A.Obidjon kabi ko’pgina so’z ustalarining asarlarini o’qiydilar. O’zbek tilini yuksak badiiy obrazlar yordamida o’zlashtiradilar. O’qish darsida bolalar lug’ati ma’lum mavzularga oid so’zlar hisobiga ham boyiydi. Ular lug’atiga axloqiy tushunchalarni ifodalovchi yoqimtoy, shirinso’z, mehribon, haqqoniy, botir, mard, jasur, mehnatsevar kabi ko’pgina so’zlar qo’shiladi. Matn ustida ishlash jarayonida ko’p ma’noli so’zlar, sinonimlar, ko’chma ma’noda ishlatiladigan so’zlarni, ba’zi frazeologik birikmalarni bilib oladilar. 49

Bolalar mustaqil o’qishga o’rganganlaridan keyin ular lug’atiga kitob, gazeta, jurnal materiallari katta ta’sir qiladi. Shuning uchun ham sinfdan tashqari mustaqil o’qish va unga rahbarlik shakllari o’quvchilar lug’atini boyitishning, nutqini o’stirishning eng muhim manbalaridan hisoblanadi. Maxsus mashqlar yordamida grammatika va imloni o’rganish darslari ko’pgina so’z va atamalarni o’zlashtirishga yordam beradi, o’quvchilar predmet, belgi, harakat, sanoq, tartib ifodalaydigan so’zlarni bilib oladilar. Bu darslarda o’quvchilar lug’ati tartibga solinadi, so’z turkumlarini o’rganish jarayonida guruhlanadi, so’z tarkibi, so’z yasalishi, so’zlarning o’zgarishini o’rganish bilan esa lug’atga aniqlik kiritiladi; ular o’rgangan so’zlaridan o’z nutqlarida foydalana boshlaydilar, natijada lug’atlari faollashadi. O’quvchilar lug’ati maxsus lug’aviymantiqiy mashqlar yordamida ham boyiydi, tartibga tushadi. Bulardan tashqari, kinofilm va teleko’rsatuv matnlari, o’qituvchi va boshqa maktab hamda maktabdan tashqari muassasalar xodimlarining nutqlari ham o’quvchilar lug’atini boyitish va takomillashtirish manbalari hisoblanadi. Lu`atni boyitishda turli lug`atlar juda foydali qo`llanmadir. Boshlan`ich sinf o`quvchilari uchun „Imlo lug`ati” mavjud. O`qituvchi ma’lumot uchun ham, material tanlash uchun ham turli lug’atlardan (o’zbek tilining sinonimlar, antonimlar,

muvaffaqiyatli foydalanadi. So’z ma’nosini tushuntirish So’zlarning ma’nosini tushuntirish o’quvchilar lug’atini boyitadi, nutqini o’stiradi.

tushuntirilishi lozim bo’lgan so’zlar qatoriga kiritiladi. Atamalarning ma’nosini tushuntirish mazkur so’z anglatgan tushunchani yaxshi fahmlab olishga yordam beradi. Masalan, predmet atamasining ma’nosini tushuntirish bilan o’quvchilar predmet keng ma’noda qo’llanishini, tabiatdagi barcha narsa, hodisa, tushunchalar predmet deyilishini bilib oladilar. Bu ot, sifat, son, fe’l kabi atamalarni tez fahmlab olishda ularga yordam beradi. 50

So’zning ma’nosini tushuntirish juda kam vaqt olishi va darsning asosiy mavzusidan o’quvchilar diqqatini chalg’itmasligi kerak. Buning uchun o’qituvchi har bir darsga tayyorlanish jarayonida ma’nosi tushuntirilishi lozim bo’lgan so’zlarni, uni tushuntirishning eng qulay usullarini va darsning qaysi o’rnida tushuntirishni belgilab oladi. O’qish kitoblaridagi matnlarda birinchi marta uchragan, bolalar ma’nosini bilmaydigan ayrim so’zlar matnni o’qishdan oldin tushuntiriladi. Matnni o’qish jarayonida so’z ma’nosini tushuntirishga chek qo’yish kerak. Agar biror so’zni matnni o’qish vaqtida tushuntirish zaruriyati tug’ilsa, matn mazmunidan o’quvchilar diqqatini chalg’itmagan holda shu so’z ma’nosi qisqacha tushuntiriladi. Ko’chma ma’noda ishlatilgan obrazli so’zlar va badiiy nutq birliklari matn o’qilgandan keyin tushuntiriladi, chunki ularning ma’nosi matn mazmunidan, kontekstdan yaxshi tushuniladi. Ayniqsa, masallar o’qilganda, undagi allegorik, ko’chma ma’noda ishlatilgan so’zlarni asarni o’qishdan oldin yoki o’qish jarayonida tushuntirib bo’lmaydi. Metodikada so’zlarni tushuntirishning quyidagi usullaridan foydalaniladi: 1. So’zni kontekst asosida tushuntirish. Bunda o’quvchilar tushunmaydigan so’z ularga tushunarli so’zlar qo’llangan gap (yoki matn) yordamida tushuntiriladi. 2. So’z ma’nosini lug’atdan va o’qish kitoblarida matn ostida berilgan izohdan foydalanib tushuntirish. Bunda o`quvchilarni izohdan mustaqil foydalanib, so’z ma’nosini mustaqil tushunib olishga o`rgatish muhim ahamiyatga ega. 3. So’z ma’nosini shu so’zning ma’nodoshi yordamida tushuntirish. Masalan, sabo — shabada, mudofaa — himoya, sozanda — musiqachi, diyor vatan, inshoot — bino, samo — osmon kabi. So’zni sinonim tanlash bilan tushuntirganda, shu so’zning stilistik (uslubiy) ahamiyatini ham ko’rsatish zarar. 4. Tanish bo’lmagan so’z bilan ifodalangan tushunchani tanish bo’lgan so’z bilan ifodalangan tushunchaga (uning antonimiga) taqqoslash 51

orqali tushuntirish. Masalan, ishchan tushunchasini dangasa tushunchasiga, rostgo’y so’zini yolg’onchi so’ziga taqqoslab tushuntirish mumkin. Ko’chma ma’noda ishlatilgan so’z va so’z birikmalari, tasviriy vositalar, maqollar ham taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi. 5. So`zni o`ziga yaqin tushuncha — boshqacha ifoda etish bilan tushuntirish. Bunda tushuntiriladigan so’zning izohi qisqa va aniq bo’lishi kerak. Masalan, o’zboshimchalik — o`z xohishicha ish tutish, ishni o`zi xohlaganicha bajarish; mutaxassis — biror hunar egasi; shunqor— uzoq uchadigan ko’zi o`tkir qush; mesh — mol terisidan tikilgan idish; guldon — gul solib qo’yiladigan idish va boshq. Ba’zi so’zlar ularning vazifasini izohlash orqali tushuntiriladi. Masalan, kombayn — bir vaqtning o`zida donni o`radigan, yanchadigan, tozalaydigan qishloq xo’jalik mashinasi; ekskavator — bir vaqtning o`zida yerni qazib tuproqni yuk mashinasiga ortadigan mashina; aerodrom — samolyotlar turadigan, uchib ketadigan yoki kelib qo’nadigan joy va hokazo. 6. So’zni

Masalan, yantoq — suvsiz joyda o’sadigan ninasimon tikanli o’simlik; akula — okeanlarda yashaydigan juda katta yirtqich baliq. 7. Axloqiy, mavhum tushunchalarni ifoda etuvchi so’zlarning ma’nosini misollar yordamida tushuntirish. Buning uchun o’quvchilar o’rgangan badiiy axloqiy fazilatga ega bo’lgan asar qahramonining qilgan ishlari tahlil qilinadi. Xulosa qilib aytganda, so’z ma’nosini tushuntirish ustida ishlash o’quvchilar lug’atini boyitadi, nutqini ravonlashtiradi.

2.3.Nazorat ishlarida xatolarning turlari va ularni bartaraf etish yo’llari. 52

Orfografiya o’qitishda o’quvchilarning savodxonlik darajasini o’rganish, ularning orfogafik va punktasion xatolarini tuzatish, ularni hisobga olish va baholash, xatolarni tugatish usullari alohida o’rin tutadi. Maktabda o’tkaziladigan barcha turdagi yozma ishlar o’quvchilarning savodxonligini aniqlash vositasi hamdir. Binobarin o’quvchilarning savodxonligini aniqlashda yozma ishlarning hamma turlaridan foydalanish mumkin. O’quvchilarning orfografik malakasi haqida tasavvur ta’sir qilish uchun ko’proq nazorat diktant, hamda insho va bayonlardan foydalanish tavsiya etiladi. O’qituvchi o’quvchilarning yozgan ishini tekshirib, xatolarini tuzatib bormasa, o’quvchi keyingi mashqlarni bajarishga qiziqmaydi,

xatolarga beparvo qaraydi. O’quvchi o’zining har qanday yozma ishi o’qituvchining e’tiborida bo’lishini sezib turishi kerak. Bu o’quvchiga ilmiy oziq beradi. Xatolarni tuzatishga o’quvchilarning o’zini ham jalb qilish mumkin. Lekin bu yozma ishning harakteriga bog’liq. Sinfda bajariladigan mashqlar ko’pincha sinfning o’zida o’qituvchi rahbarligida tekshiriladi. Bunda o’quvchi o’z yozganlarini tekshiradi, xatolarini tuzatadi, yoki partada o’tirgan ikki o’quvchi daftarlarini almashtirib, bir-birlarining yozganlarini kuchlari yetganicha tekshiradilar. Bunda o’quvchilarning savodxonlik darajasi inobatga olinadi. Nazorat harakteridagi ishlar o’qituvchi tomonidan tekshiriladi. Uyda bajariladigan mashqlar ham tekshirilishi mumkin. Bu quyidagicha bo’ladi: A) parta ustiga qo’yilgan daftarni tekshirib chiqish; B) biror o’quvchini doskaga chiqarib, unga yozganini o’qitib izohlatish; V) har bir gapni navbat bilan o’qitish, yozilishini so’zlatish. Ko’chirib yozilgan mashqlar, grammatik-orfografik tahlillar mana shu usul bilan tekshirilishi mumkin. Lekin bu o’quvchilar daftarini to’liq tekshirish imkonini bermaydi, shuning uchun daftarlar har ikki uch soat dars o’tilganidan so’ng yig’ishtirib olinib, darsdan so’ng yoki uyga olib ketib tekshirib chiqilishi kerak. Xatolarni qanday tuzatish kerak? 53

Xato tuzatish ham ijobiy harakterdagi ishlar jumlasiga kiradi. Maktabda xatolarni tuzatishning xato yozilgan harflar ustidan qizil siyoh bilan chizib, tepasiga to’g’risini yozib qo’yish usuli keng tarqalgan. Lekin bu usulni hamma vaqt ham samarador deb bo’lmaydi. Agar o’quvchi o’zbekcha so’zlarda (tala-dala) yoki faol lug’atda o’tib ketgan ruscha, forscha va arabcha so’zlarda (maktab-maktap), (g’isht-g’ish), (ruchka-ro’chka), (stol-istol) xato qilsa va bu xatolarni tez payqab olish uquviga ega bo’lsa, harfni o’chirib, to’g’risini ustiga yozib qo’yish usulidan foydalanish mumkin. Imlosi qiyin so’zlarda (vzvod-vzvot; muzaffar-muzafar kabi) xatoga yo’l qo’yilgan bo’lsa va psixologik tomondan ana shu so’zlarning fotokopiyasini o’quvchi o’z ongida aks ettirish kerakligi e’tiborga olinsa, xato yozilgan so’zni qizil rang bilan o’chirib, ustiga to’g’ri shakli yoziladi. Xato grammatik formada bo’lsa, harf emas, forma o’chiriladi yoki uning ostiga chiziladi: qurildi-quruldi, kulib-kulub. Chunki o’quvchi qaysi formada xato qilganini o’zi aniqlashi kerak. Ba’zi uslubchilar xatolarni o’qituvchi tuzatsa, o’quvchilar mustaqil ishlardan xoli qilib qo’yiladi deb, bu usulni qoralaydilar. Bu fikr to’g’ri deb bo’lmaydi, chunki tuzatishning bu usuli ham o’quvchilarni mustaqil ishlashga undaydi: o’quvchi maktab degan so’zda b o’rniga p yozgan bo’lsa, o’qituvchi uni tuzatib, o’quvchida shu qoidaga mos keladigan bir qancha so’zlar (kitob, bob, to’lib, o’qib, ayab, boylab) topishni vazifa qilib beradi. Lekin xato tuzatishning bu usulini yagona usul deb ham bo’lmaydi. Ayrim xollarda xato tuzatishning ko’proq mustaqil ishlashini talab qiladigan usullaridan ham foydalanish mumkin. Xatoni to’g’irlamasdan chizib qo’yish, xato yozilgan harfning yoki shu harfni o’z ichiga bo’g’in yoki so’zning tagiga chizib qo’yish, qaysi qatorda xato qilingan bo’lsa, o’sha qator hoshiyasiga belgi qo’yish ham xato tuzatish usullaridir. Lekin xato tuzatishda bu usullar aralash qo’llanmasligi kerak. Bunda o’quvchilarning yosh xususiyati, qoidaning sodda yoki murakkabligi, o’quvchilarga o’zlashish, ularni mustaqil ishlashga yo’llash darajasi hisobga olinishi kerak. Orfografiya o’qitish tizimi butunicha imlo xatolarining oldini olishga qaratilgan.Yozilishi qoida bilan izohlanadigan orfogrammalarda bo’ladigan xatolarning oldini olish uchun bunday so’zlarni doskaga yozib, ularning yozilishiga 54

o’quvchilarning diqqatini jalb qilinadi: Masalan, b tovushining yozilishida xato bo’lmasligi uchun, o’qituvchi b va p tovushli bir qancha so’zlarni doskaga yozib, ularning imlosini esda saqlab qolish kerakligini ogohlantiradi. Xatolarning oldini olishda turli ko’rgazma va jadvallardan ham foydalaniladi. Ko’rgazmalar mavzuga doir yoki umumiy bo’lishi mumkin. Mavzuga doir ko’rgazmani ma’lum qoida, masalan b undoshi, jarangli-jarangsiz tovushlar, x va h undoshlari bo’yicha tayyorlab, sinf devorida osib qo’yiladi. Ko’rgazma umumiy bo’lganda, unga o’quvchilar ko’p xato qiladigan va har xil qoidaga xos so’zlar kiritiladi. Ko’rgazma o’z vazifasini o’tab bo’lguncha, ya’ni undosh tovushlarning yozilishida o’quvchilar xato qilmaydigan bo’lgunga qadar sinf devorida osig’liq turishi mumkin. Xatolarni oldini

olishda «Lug’at doskasi» dan ham keng foydalanish

mumkin. Orfografik xatolarni oldini olish talaffuzni kamsitish hisobiga bo’lmasligi kerak: imlosi qiyin so’zlarni bo’g’inma-bo’g’in, harfma-harf aytib berishga aslo yo’l qo’ymaslik lozim. Maktabda ona tilidan olib boriladigan ishlarning hammasi deyarli orfografiya o’qitishni yaxshilashga bo’ysundiriladi. Xatolar ustida o’quvchining o’zi ham ishlaydi. Bunda o’quvchilarni o’zlariga xatolarining sabablarini yozma va og’zaki izohlatish, qaysi qoidada xato qilingan bo’lsa, unga mos so’zlar toptirish qoidani takrorlatish usulidan keng foydalanish mumkin. Ba’zi o’quvchilar xato yozilgan so’zlarni bir necha bor yozdirish usulidan ham foydalanadilar. Lekin bu hamma vaqt ham samarali natijani beravermaydi. Bu usuldan yozilishi ma’lum qoida bilan izohlanmaydigan so’zlarni to’g’ri yozishga o’rgatishda foydalanish mumkin. O’quvchilardan vaqti-vaqti bilan qaysi qoidalarda xatoga yo’l qo’yganini, buni tuzatish sohasida nimalar qilinganligini so’rab turish mumkin. Ba’zan bir o’quvchining daftarini ikkinchi o’quvchiga tekshirtirish usulidan ham foydalaniladi. Bu o’quvchilarning qiziqishini ortiradi. Shunday hollar ham bo’ladiki, o’quvchi o’zi

ma’lum so’zni xato yozadi-yu, lekin o’rtog’ining

daftarida shunday yozilgan so’zning xato ekanligini topadi. Shunga extiyot bo’lishi kerakki, o’quvchilar o’rtoqlarining xatolarini tuzutaman deb, boshqa xatoga yo’l qo’ymasinlar, daftarlarni bekorga bo’yamasinlar. O’quvchi u yoki bu so’zning xato yozilganligiga to’la ishonsagina, uni to’g’irlash kerakligini anglasin. 55

O’quvchilar daftar tekshirayotganda, o’qituvchi sinfda aylanib yurib ayrim o’quvchilarga maslahat beradi. Tekshirish uchun berilgan muddat tugagach, o’quvchilar topgan xatolarini aytadilar. O’quvchi xato yozilgan deb hisoblagan so’zini, alohida qog’ozga yozadi, oxirida o’qituvchi ishtirokida buni aniqlab, keyin uni tuzatadi. Xatolarni tuzatishda o’quvchining uyida mustaqil ishlashi juda katta ahamiyatga molikdir. Yo’l qo’yilgan xato bilan bog’liq qoidani o’qib kelish, unga mos mashqni bajarish, lug’at ustida ishlashning natijasi beqiyos kattadir. O’quvchi ko’p xato qilib, past baho olaversa, ruhiy tushkunlikka tushib savodlilikka bo’lgan ishonchini yo’qotib qo’yishi mumkin. Bunday xol yuz bermasligi uchun o’qituvchi o’quvchining ruhini ko’tarishi, savodli bo’lib ketishga ishonch hosil qilishi, uning irodasini tarbiyalashi, unda orfografik mashg’ulotlarga qiziqish uyg’otishi kerak. Ko’p xato qiladigan o’quvchilar bilan ishlash tizimi bunday o’quvchilarning orfografik malakasiga bog’liq bo’lib, yakka yondashuvni talab qiladi. Ko’p xato qiladigan o’quvchilar bilan ishlashni ayrim qoidalarni so’rashdan boshlagan ma’qul. Ma’lum bir qoidaning mustahkam o’zlashganligi haqida ishonch hosil qilgach, navbatdagisiga o’tiladi. Shu asosda mashg’ulot astasekin murakkablashib boradi. Mana shu yo’l bilan ko’p xato qiladigan o’quvchilar orfografiyani puxta o’zlashtirib boruvchi o’quvchilar bilan tenglashtiriladi. Ish jarayonida o’quvchining bu sohada erishgan yutuqlarini uni o’ziga sezdirish, buning sabablarini birga muhokama qilish ham muhimdir. Odatda, yosh bola oilada ota-ona tili (dialekti) da so’zlashni o’rganadi. Maktabda esa adabiy tilni egallay boshlaydi. Adabiy til unga odatdagi tilidan boshqacharoq tuyuladi. Shu bilan birga o’quvchilar maktabda mahalliy shevada ham gaplashadilar. Hatto shunday hollar ham bo’ladiki, o’quvchilar maktabda, o’qituvchi oldida adabiy tilda gaplashishga harakat qilsa ham, boshqa sharoitda o’z mahalliy shevasida gaplashishini davom ettiradi, bu hol oqibatda o’quvchilarni yozma ishlarga ta’sir etadi. Ayrim dialektal xatolarni tugatish uchun maxsus mashqlar o’tkazish ham tavsiya qilinadi. Bunda yozma ishlarning ijodiy diktant 56

turidan yoki ko’chirib yozish usulidan foydalaniladi. Masalan, ko’pchilik qaysi qoidada dialektal xato qilgan bo’lsa, uni orfografik jihatdan to’g’rilab doskaga yoziladi. Buning talaffuzi bilan yozilishi qiyos qilinadi. Keyin bu to’g’irlangan so’z ishtirokida matnlar, jumlalar tuzdiriladi. Umuman, dialektal xatolarni tugatish o’qituvchidan turli usullardan foydalanishni talab qiladi. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi har darsda o’tilayotgan mavzuni o’quchilarni dialektal xatolarini yo’qotish, ularni to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatish bilan bog’laydilar. Talaffuzi qiyin bo’lgan so’zlarning dialektal shakli bilan adabiy talaffuzdagi shakli qiyoslangan jadvallar tuzish muhim ahamiyatga egadir. Adabiy tilda

Dialektal xatolarni bartaraf qilishga darslikda berilgan matnlardan talaffuzi yozilishiga mos kelmaydigan so’zlarni toptirish ham ijobiy natija beradi. Lug’at ustida ishlash jarayonida ham o’quvchilarning dialektal xatolarini tuzatib borish talab qilinadi. Punktasion xatolar va ularni bartaraf etish yo’llari.Tinish bulgilarini qo’llashda turli xil usullar bor: 1.

Tinish belgilarining qo’yilishi ohang usuli asosida belgilanadi.

Tinish belgilarining qo’yilishi faqat mantiq va sintaktik asosda belgilanadi. Punktuasiya usullari tilning fikriy va grammatik vositalarini hisobga olish

asosida tuziladi (oxang ham shunga kiradi). Har qanday ohang va to’xtalish yozuvda belgi bilan ko’rsatilavermaydi, balki nutqning fikriy tomoniga ta’sir eta oladigan, ma’lum grammatik ahamiyatga ega bo’lgan to’xtalish va oxanglargina 57

belgi bilan ko’rsatiladi. Masalan boshlang’ich sinf ona tili darsida «Gap» mavzusi bor. Unda darak gapning oxiriga nuqta, so’roq gaplarning oxiriga so’roq, undov gaplar oxiriga undov belgisi qo’yilishi o’quvchilar ongiga singdiriladi. Ularni oxang orqali farqlash tushuntiriladi. Demak, tinish belgilarining bir turi og’zaki nutqda ohang orqali berilgan holatni ifodalaydi. Tinish belgilarining boshqa turi og’zaki nutqda oxang bilan emas, balki boshqa grammatik vosita bilan ifodalangan holatni bildiradi.

bog’lanmagani uchun vergul orqali ajratiladi. Tinish belgilarining yana boshqa bir turi na ohang yordami bilan, na boshqa grammatik vositalar bilan ifodalanishi mumkin bo’lmagan holatlarni ko’rsatadi (masalan, qo’shtirnoq). Bular to’g’ridanto’g’ri nutqning fikriy jihatiga asoslanadi: Men «Zaynab va Omon»ni o’qidim. Punktuasiya o’qitishda onglilikni ta’minlash uchun o’qituvchi sintaksisdan o’tiladigan mavzularni punktuasiyaga bog’lashi juda zarur. O’quvchi har bir gapning mazmuniga to’la tushungan bo’lishi bilan birgalikda, undagi tinish bulgining nima uchun ishlatilganligi, uning sintaktik vazifasi nimadan iborat ekanligini aniq tasavvur qilib turish kerak. O’quvchi o’rgangan punktuasiya qoidalarini yozuvda va og’zaki nutqda to’g’ri qo’llay bilishi kerak. Punktuasiya o’rgatish ohang kuzatishlar, to’xtalish va mantiqiy urg’u ustida kuzatish ishlari bilan bog’lab olib boriladi. Punktuasion savodlilik-bu, tinish belgilarini o’z o’rnida to’g’ri qo’llashdangina iborat bo’lmasdan, shu bilan birga, matnni ifodali o’qiy bilish ham demakdir. Bexato o’qiy olgan bola, albatta bexato ham

maqsadlaridan biridir. Diktantda xatoga yo’l qo’ygan o’quvchi ustozining tuzatishlariga, albatta, e’tibor bilan qaraydi. Biroq bu «ko’zdan kechirish» keyingi gal o’quvchining shu so’zni xatosiz yozishiga asos bo’lolmaydi. Xo’sh, shunday ekan, «Xatolar ustida ishlash» soatlari qanday tashkil qilinsa, bola shu xatoni keyingi gal takrorlamasligiga va imlo savodxonligining yaxshilanishiga erishish mumkin? Quyida

malakali pedagoglar tajribasidan shu savolga javob axtaramiz. 58

Xato yozishdagi asosiy muammolar: Diktantda yo’l qo’yilgan xato o’quvchi yoshi va sinfidan kelib chiqib, u bilishi zarur deb qaralgan biror mavzuni yaxshi o’zlashtirmagani yoki tushunmaganini bildiradi. Qolaversa, o’quvchi yo’l qo’yayotgan xatoga qarab, uning nutqiy rivojlanish darajasi va muammoli jihatlari haqida xulosa chiqarish mumkin. Tovushlarni almashtirib yoki xato gapiradigan bola, albatta, diktantda ham o’sha so’zlarni xato yozadi. Tazyiq ostida bo’lib, kimdandir yoki nimadandir muntazam qo’rqib yurgan o’quvchi ham so’zlarning oxiridagi harflarni qoldirib ketadi. Xullas, imlo masalasi doimo dolzarb va jiddiy bo’lib kelgan. Shu bois, u pedagogikada hal etilishi shart bo’lgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Mutaxassislar imloviy savodxonlikni shakllantirish uchun imlo qoidalari ustida muntazam ishlab, bir qator ta’limiy diktantlarni o’tkazishni va o’quvchilarning imloviy savodxonlik darajasini muntazam tekshirib, tahlil qilib borishni maslahat beradi. Ammo ular ustida ishlashdan oldin o’qituvchi o’quvchilar yo’l qo’yayotgan xatolarni guruhlashtirib olishi zarur. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ona tili daftarlarini ko’zdan kechirsak, quyidagi xatolarga duch kelamiz: — grafik xatolar: harf

elementlarini tashlab ketish, harflarni tushirib

qoldirish, ularning o’rinlarini almashtirib qo’yish va h.k; — so’z o’zagidagi xatolar: jarangli va jarangsiz undoshlarni almashtirish, yonma-yon tushib

xil undoshlarning birini tashlab ketish, talaffuzda

qoladigan undoshlarni yozuvda ham tashlab ketish; — so’z va shakl

yasovchi qo’shimchalarni xato yozish; — bo’g’in ko’chirishdagi xatolar; — bosh harflarni qo’llashdagi xatolar; — shevaga oid xatolar. 1. Grafik xatolarni tuzatish mashqlari: — kartochkaga harf elementlari tushirib qoldirilgan 8—10 tadan so’z yozilib, o’quvchilarga tarqatiladi. O’quvchilar esa tushirib qoldirilgan harf elementlarini o’z o’rniga qo’yib, daftarlariga ko’chirib yozadilar; — yana shunday kartochkalarga harf elementlarini noto’g’ri qo’yib, o’quvchilarga ularni to’g’rilab ko’chirish vazifasi topshiriladi; — doskada harflari tushirib yozilgan murakkab so’zlar «Qaysi qator oldin yozadi?» ta’limiy o’yini o’tkazish orqali mustahkamlanadi. 59

xatolarni tuzatish mashqlari: O’quvchilarga jarangli undosh

bilan tugagan so’zlarni jarangsiz undosh tarzida o’qib, lug’at diktanti o’tkazish; tarkibida ketma-ket kelgan bir xil undoshli so’zlarning yarmini aytib, qolganini o’quvchi yozishini ta’minlaydigan lug’at diktanti o’tkazish. Masalan, al-alla, elellik, is-issiq, ar-arra kabi. 3. So’z va bosh harflarni tuzatish mashqi: — so’zlardagi xatolarni tuzatish uchun o’quvchilarga shu so’z ishtirokida gap yozdirish; kichik harf bilan yozilgan so’zlarni esa ana shu so’zning kichik va bosh harflar bilan yoziladigan shakllari misolida gaplar tuzish. Masalan, O’lkamizga bahor keldi. — Men Bahor ko’chasida yashayman. Ona — aziz inson. — Biznikiga Aziz keldi. Sayyoh orolda qoldi. — O’qituvchi Orol dengizi haqida gapirib berdi. 4. Shevaga

so’zlarni tuzatish mashqi: Bu turdagi xatolarni tuzatish

uchun «Chalg’itma diktant»dan foydalanish yaxshi samara beradi. O’tkazilgan tajribalarda o’quvchilar diktant paytida shoshilmay, fikrlab, sheva bilan adabiy tilning farqini anglagan holda matnni yozishga harakat qilishgan. Chalg’itma diktant 3 – va 4-sinflarda olinishi mumkin. Chunki bu sinflarda imloviy jihatlarni qamrab oluvchi dars mavzulari ko’proq. Chalg’itma diktant o’tkazilishidan oldin o’qituvchi diktantni sheva asosida aytib berishini, lekin undagi so’zlarni o’quvchilar imlo qoidalariga muvofiq yozishlari lozimligini uqtiradi. Masalan, «Diktantlar to’plami»dagi «Qurbaqa» matni Andijon shevasida quyidagicha aytib berilishi mumkin: Qurbaqa foydali jonivor. Kunduzi qurbaqa biror namroq joyda yotadi. U kech kirgandagina ovga chiqib, turliy zararliy hasharotlarni tutub yeydi. Bunday diktantlar chog’ida o’quvchilar bitta matndan besh-oltita so’zni to’g’rilab yozishi natijasida muayyan darajada imloviy ko’nikmaga ega bo’lib boradilar. Mazkur diktant, ayniqsa, bayon va inshodan oldin o’tkazilsa, bolalar shevaga oid xatolarga yo’l qo’ymay yozadilar. Diktant

o’qituvchi shoshilmasligi, chalg’itadigan so’zlarni to’g’rilamasligi darkor. Diktantni tekshirish o’quvchilar bilan birga olib boriladi. Bunda matn doskaga ilinib, o’quvchilar yo’l qo’ygan xatolarini o’zlari o’quvchi xotirasining ahamiyati katta bo’ladi. 60

topib tuzatadilar. Bu jarayonda ham

O’quvchilar xotirasini shakllantirishga qaratilgan o’yinlar juda ko’p bo’lib ulardan birini tavsiya etamiz: 1) “O’zgarishni top” : Sinf xattaxtasi tepasiga bir qancha predmetlarni teramiz: ayiqcha, archa, quyoncha, ruchka, kitob, gul, stakan, bayroqcha, oq ayiqcha, qo’g’irchoq. O’quvchilarga predmetlarni yaxshilab ko’rib, ularning rangi va o’rnini eslab qolish buyuriladi va o’qituvchi komandasi bilan bilan o’quvchilar boshlarini partaga qo’yishadi va bir daqiqa ko’zlarini yumishadi. Bu vaqtda o’qituvchi predmetlarning o’rnini almashtiradi va birortasini olib qo’yadi, yoki biror yangi predmet qo’shib qo’yadi. So’ng ko’zlarini ochish komanda qilinadi. Qaysi o’quvchi predmetlerni o’z o’rniga to’g’ri qo’ysa, bu g’olib sanaladi va rag’batlantiriladi. 2) “O’rniga qo’y”. Kichik matn 3 marta o’qib chiqiladi. So’ng o’quvchilarga gaplarning o’rni almashtirib qo’yilgan varianti ko’rsatiladi. O’quvchilar gaplarning o’z o’rnini topishi kerak bo’ladi. 3) “Ketma-ketlikni top”. Matematika yoki boshqa fanda bo’lsa ham bo’ladi. Raqamlarni

20,83,7,64,95,23,85,67,40,16. So’ng o’quvchidan 1 ta ixtiyoriy maqol aytib berishni aytamiz. Shundan keyin raqamlarni qaytarishni so’raymiz, to’g’ri qaytargan bola rag’batlantiriladi, xotira mustahkamlanadi. 4) Ozingga ta’rif ber”. Sinf o’quvchilar navbatma –navbat o’z nomlariga sifat qo’shib aytadilar. Keyingi o’quvchi oldin do’st, so’ngra o’zini ismini sifatga qo’shib aytadi. Masalan: 1-o’quvchi: Malika – muloyim; 2-o’quvchi: Malika-muloyim,Akram-aqlli; 3-o’quvchi: Malika-muloyim,Akram-aqlli; Qambar-quvnoq; 4-o’quvchi: Malika-muloyim,Akram-aqlli; Qambar-quvnoq; Jamshid-jasur

5-o’quvchi: Malika-muloyim,Akram-aqlli; Qambar-quvnoq; Jamshid-jasur, Gulzodago’zal va h.k. Shu kabi o’yinlar o’quvchilar xotirasini mustahkamlaydi, eslab qolish malakasini shkllanishiga yordam qiladi.

TАJRIBА-SINОV ISHLАRI VА ULАRNING NАTIJАLАRI. O’qish dаrslаri o’z mоhiyati, mаqsаd vа vаzifаlаrigа ko’ra bоshlаng’ich tа’lim tizimidа аlоxidа o’rin tutаdi. Bаrchа fаnlаrni o’qish dаrslаrisiz tаsаvvur etib bo’lmаydi. Ona tili dаrslаri оrqаli o’quvchilаrning

DTS bo’yichа o’zlаshtirishlаri

ko’zdа tutilgаn bilimlаrini, hаmdа o’quv-biluv ko’nikmа vа mаlаkаlаrni egаllаshlаrigа yo’l оchilаdi. Аynаn ona tili tа’limidа insоnning, аvvаlо, o’zligini, qоlаvеrsа, оlаmni аnglаshgа bo’lgаn intilishlаrigа turtki bеrilаdi. Bоlаlаrni erkin, mustаqil fikrlаshgа o’rgаtish, hаr bir o’quvchigа individuаl yondаshishi, sinfdа o’quvchilаr uchun ijоdiy muhit yarаlishi mustаqil qаrоrlаr qаbul qilish, bоlаlаrning ijоdiy qоbilyatlаrini rivоjlаntirishgа erishish оrqаli dаrs sаmаrаdоrligini оshirishgа undоvchi аmаliy mеtоdlаrni ishlаb-chiqish bitiruv mаlаkаviy

ishimizning dоlzаrb muаmmоlаridаn biri ekаnligini xisоbgа оlgаn

xоldа biz hаm bitiruv mаlаkаviy ishimizdа ilgаri surilgаn fikr-mulоhаzаlаrni tаjribа-sinоvdаn o’tkаzish mаqsаdidа Nаmаngаn shahridagi, 13-umumiy o’rtа tа’lim mаktаbi bоshlаng’ich sinfi 4-“V” vа 4- “B” sinf o’quvchilari bilan tаdqiqоt ishlari оlib bordik. Mаktаbdа tаjribа-sinоv ishlаrini 3-bоsqichdа аmаlgа оshirildi: 1. Bоsqich – Аniqlоvchi. 2. Bоsqich – Shаkllаntiruvchi. 3. Bоsqich – Sоlishtirmа. Birinchi bоsqichdа biz 4-sinflаrdа dаrs o’tаyotgаn o’qituvchilаrning mаshg’ulоt оlib bоrish jаrаyonlаrini kuzаtdik, tаhlil qildik. Shu bilаn birgа dаrs sаmаrаdоrligini оshirishdа o’qituvchilаr qаndаy usullаrdаn foydalanayotgаnlаri hаqidа suhbаtlаshdik. O’qituvchilаr bilаn turli хil nоаn’аnаviy usullаrning qаndаy ijоbiy sаmаrа bеrаyotganligi hаqidа o’rtоqlаshdik. Reja asosidagi navbatdagi nazorat ishini o’tkazdik va 4-V va 4-B sinf o’quvchilariga “Jannat onalar oyog’i ostidadur” mavzusida bayon yozdirdik. Bayon uchun tanlangan matn 76 so’zdan iborat bo’lib, 4 satr boshida yozilgan. 63

Tajribagacha bo’lgan natija.

Matnning hajm jihatdan to’liqligi

Matndagi fikrlarning ketma-ketligi

Matndagi badiiy so’zlardan to’gri foydalanish

Matnni imloviy xatolarsiz yozilishi

Ma’ruza: boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilishning metodik shartlari

Ma’ruza: BOSHLANG‘ICH SINFLARDA BADIIY ASARNI TAHLIL QILISHNING METODIK SHARTLARI
Zamonaviy maktab oldiga qo’yilgan vazifalar, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar um umiy rivojlanishining o’sganligi, psixologiya va xususiy metodika sohasidagi yutuqlar sinfda o’qish mazmuni va o’qitish metodlariga o’zgartirish kiritishni talab etmoqda. Shularga bog’liq holda badiiy asarni tahlil qilish metodikasi takomillashtira borildi: takroriy bayon qilish mashqlari kamaytirildi, ijodiy va o’qilgan m atn yuzasidan o’z fikrini bayon qilish ko’nikm asini o’stiradigan mashqlar ko’paytirildi, asar qismlari ustida emas, balki yaxlit asar ustida ishlanadigan bo’ldi, asar g’oyasi va obrazlarini tushuntirishda o’quvchilam ing mustaqilligi ortdi, matn ustida ishlashda xilma-xil topshiriq turlaridan, ta ’limda texnika vositalaridan va ilg’or pedagogik texnologiya usullaridan ko’proq foydalanila boshlandi va hokazo.
XX asrning 60-yillarida yaratilgan maktab dasturida kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda shakllantiriladigan m atn ustida ishlash ko’nikmalari belgilab berildi, shuningdek, 1—4-sinflarda o’qish malakasiga qo’yilgan talablar ancha aniq ajratildi. XX asming 70-yillari boshlarida mazmuni va metodik apparati jihatidan hayotga yaqinlashtirilgan o’qish kitoblari yaratildi.
Mustaqillik tufayli ta ’lim sohasida ham katta islohotlar amalga oshirildi. 1999-yil boshlang’ich ta ’limning ham „Davlat ta ’lim standard” yaratildi, o’quv dasturlari yangilandi. 2005-yil tajriba-sinov natijalari hisobga olinib, davlat ta ’lim standartlari va o’quv dasturlari qayta ko’rib chiqildi, „O’qish kitobi” darsliklari ham yangilandi.
O ‘zbek m aktablarida taniqli rus m etodist-olim lari T. G. Ramzayeva, M. S. Vasileva, V. G. Goreskiy, К. T. Golenkina, L. A. Gorbushina, M. I.Om orokova, E. A .N ikitina, N . S. Rojdestvenskiy, o’zbek olimlaridan A. Zunnunov, K. Qosimova, Q. Abdullayeva, S.M atchonov, M .Yusupov, M .U m arova, X. G ‘ulom ova kabilar ishlab chiqqan takomillashgan sinfda o’qish m etodikasidan ijodiy foydalanilmoqda. Boshlang’ich sinflarda badiiy asar quyidagi m uhim metodik qoidalar asosida tahlil qilinadi: 1. Asar m azmunini tahlil qilish va to’g’ri, tez, ongli, ifodali o’qish malakalarini shakllantirish bir jarayonda boradi (asarning m azm unini tushuntirishga oid topshiriq o’qish malakalarini takomillashtirish topshirig’i ham hisoblanadi)
2. Asarning g’oyaviy asoslari va mavzusini, uning obrazlari, sujet chizig’i, kompozitsiyasi va tasviriy vositalarini tushuntirish o’quvchilam ing shaxs sifatida um umiy kamol topishiga yaxshi xizmat qiladi, shuningdek, bog’lanishli nutqining o’sishi (lug’atining boyishi va faollashishi)ni ta’minlaydi.
3. O’quvchilaming hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.
4. Sinfda o’qishga o’quvchilam ing bilish faoliyatini faollashtirish, atrof-m uhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishning samarali vositasi sifatida qaraladi.
Asarni tahlil qilishda hisobga olish zarur bo’lgan muhim omillardan biri uning o’quvchilarga hissiy ta ’siridir. O’quvchilar muallifning asosiy fikrini tushunibgina qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan ham hayajonlansinlar. M atnni tahlil qilish o’quvchida fikr qo’zg’atishi, hayotiy tajribasining m uallif qayd etgan dalillarga to’g’ri kelish-kelmasligini aniqlashi zarur. Tahlil davomida asarning estetik qimmati, badiiy go’zalligi ham alohida qayd qilib o’tiladi.
O’qish metodikasi adabiyotshunoslik, psixologiya, pedagogika ishlab bergan nazariy qoidalarga asoslanadi. Sinfda o’qishni to’g’ri uyushtirish uchun o’qituvchi badiiy asarning o’ziga xos xususiyatlarini, ta ’limning turli bosqichlarida o’qish jarayonining psixologik asoslarini, kichik maktab yoshidagi o’quvchilam ing matnni idrok etish va o’zlashtirish xususiyatlarini hisobga olishi zarur.
O’qish darslari o’quvchilarda badiiy asarlarning bir-biridan farqini ajrata olish, yozuvchining hayotiy voqealami qanday badiiy vositalar orqali aks ettirgani va qanday obrazlar yaratganini aniqlay olish, mustaqil o’qish va asami tahlil qilish malakasi sinfdan-sinfga o’tgan sari o’stirib boriladi.
O’quvchilar adabiy m a’lumotlami o’zlashtirish orqali badiiy asarning mazmuni, g’oyasi va ahamiyatini anglab ola boshlaydilar. O’quvchilar adabiy tushunchalarni o’rganish natijasida badiiy adabiyot san’atning bir turi ekanligi, uning hayot bilan aloqadorligini bilib oladilar. Adabiy tushunchalarni shakllantirish bilan birga o’quvchilam ing nutqini o’stirish ham m uhim o’rin tutadi.
Boshlang’ich sinflarda asar tahlilida adabiy janr turlari — ertak, hikoya, masal, she’r, doston, maqol, topishmoq bilan birga badiiy til vositalari — sifatlash, o’xshatish, jonlantirish, m ubolag’a bilan ham amaliy ravishda tanishtiriladi.
Badiiy asar tilini tahlil qilish orqali o’quvchilarda o’z ona tiliga muhabbat hissi, badiiy asarni ongli o’qish ko’nikmasi o’stiriladi, asar kutubxonasi g’oyasini chuqur idrok etishga zamin hozirlanadi, o’quvchilar nutqi rivojlantiriladi.
Xalq og’zaki ijodida ertak janrining bolalar tom onidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o’qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta ’sirchanligi, o ‘tk ir sujetliligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertak o’qib bo’lingach, uning badiiy tili ustida ishlashga alohida aham iyat berish zarur.
2-sinf „O’qish kitobi“da keltirilgan „Kamaychi shoh” ertagida ,,yov qora bulutday yopirilib kelayotgan ekan”, „Kuychi terak” ertagida „Terakning shoxlari xuddi surnay chalgandek ovoz chiqarib, yaproqlari esa shildirab raqsga tushar ekan”, „To’rg’aylar qo’shiq aytib, ularga jo ‘r bo’lar ekanlar”, „Oh, deb nola qilibdi terak”, „Ustun ularning nag’malariga jo ‘r bo’lib, sho’x-sho’x kuy chalibdi” kabi badiiy vositalar yordam ida tasvirlangan m anzaralar juda ko’p. U lar ustida ishlash o’quvchi nutqini o’stirish bilan birga ularni fikr yuritishga, m ulohaza qilishga ham o’rgatadi.
Ertaklarda o’xshatishlar, jonlantirish va m ubolag’alardan foydalanilgan. O’quvchilarga ularni izohlab berish, keyinchalik m atndan toptirish, qayta hikoyalashda ulardan nutqlarida foydalanishga o’rgatish zarur.
Asar o’qib bo’lingach, badiiy til vositalari ustida ishlanadi. Chunki ularning ma’nosi m atndan, asar m azm unidan anglashiladi. Ayniqsa, masallarda allegoriyani ochishda ko’chm a m a’noli so’zlardan ko’p foydalaniladi. Ular bolalarga masal m azm unini tushunishga xalal bergani uchun ayrim ko’chm a m a’noda ishlatilgan so’zlar asam i o’qishdan oldin tushuntiriladi.
3-sinf „O ‘qish kitobi“dan o’rin olgan „Ayamajiz” (Qudrat Hikm at) she’rida „B o’ralar qor kapalak”, „Bog’lar sokin m izg’ishar, Misoli oq kapalak”, „M uz oynalar sovuq yeb” misralarida o’xshatish, jonlantirish; „Saxiy ona tabiat”, „quchog’ida havo so f’ misralarida metafora; „Ayamajiz izg’iydi, Ko’chalarda tutoqib, Shox-shabbani tortqilar, Yalmog’izdek yutoqib” kabi misralarda jonlantirish va o’xshatishlar qo’llangan. Bular ustida ishlaganda quyidagicha savol-topshiriqlardan foydalanish mumkin:
1. Shoir qomi nimaga o’xshatadi? (oq kapalakka).
2. Ayamajizni nimaga o’xshatadi? (Yalmog’izga).
3. „Muz oynalar sovuq y e b “ misrasini qanday tushunasiz? Oyna sovuq qoiadimi?
Darslikning „Kum ush qish“ bo’lim ida „Qish“ matni berilgan. Ushbu m atnda ham ko’plab jonlantirishlar qo’llangan. Masalan, „ham m a yoqda sovuq izg‘irin kezadi“, „Ingrar og‘riq kabi qari tol, oynalarni bezar qish — gulkor“, „Daraxt kurtaklari rohatlanib uxlamoqda“, „hozir urug’lar tinch uyquda“ kabi. Matn tahlilida „M atnning birinchi qismini o’qing. U nda qaysi so’z o ‘z m a’nosidan boshqa m a’noda qo’llangan?” yoki „M atnning ikkinchi qismida jonsiz narsalar jonlidek tasvirlangan o’rinlarni topib o’qing. Boshqa m a’noda qo’llangan so’zlarni o’z m a’nosida qo’llab gap tuzing. Bu so’zlar qanday m a’noda qo’llanganda ta ’sirchan bo’ladi?” kabi savol topshiriqlardan foydalanish mumkin.
Maqol janrida ham ko’chm a m a’noli so’zlar ko’p qo’llanadi. Misol uchun „ Yurt boshiga ish tushsa, Er yigit hozir “ maqolida boshiga so’zi metafora yo’li bilan m a’nosi ko’chgan, o’quvchilarga uning m a’nosi qanday usul bilan ko’chganligi aytilmaydi, faqat boshqa m a’noda qo’llanganligi o‘z m a’nosi bilan taqqoslangan holda o’quvchilarga o’rgatiladi.
Tarixiy asarlarda ham ta ’sirchan, tasviriy-bo’yoqdor so’zlar ko’p uchraydi. Jum ladan, „Bobur va kabutar” asarida hazrat, a ’yonlar, oliy hazrat so’zlari qo’llangan. Asar matnida qadimiy davr bilan bog’liq qo’shim chalarning qo’llanilishi ham asarga joziba bag’ishlaydi. Masalan: „Kabutar ne deydur?” kabi. M azkur asarda ikkinchi shaxs qo’shim chasi o’rnida hurm at m a’nosidagi uchinchi shaxs qo’shim chasi qo’llangan: „Xatda: Oliy hazrat, qovun ayni pishdi. Kelib qo’l urib bersalar”. Shu o’rindagi „qo’l urib bersalar” birikmasi ibora hisoblanadi. Iboralar doim ko’chm a m a’no ifodalab, nutqning ta ’sirchanligini oshiradi. M atndan iboralar aniqlangach, m a’nosini izohlashdan tashqari, ularga m a’nodosh yoki qaram a-qarshi m a’noli iboralarni toptirish ham yaxshi samara beradi.
Topishmoqlarda ham jonlantirish va o’xshatishlar juda ko’p. Masalan, „Ayoz bobo now ot sotdi, Olgan edim, qo lim qotdi” topishm og’ida o’xshatish, „Chiq-chiq” ishlab tolmaydi, tunda uxlab qolmaydi” topishm og’ida jonlantirish qo’llangan.
„Chum oli vaTipratikan”, „o’ jartoshbaqa” masallarida ham badiiy til vositalari mavjud. Xususan, ularda „O ‘g’irlik mol aylar jonsarak”, „Bola ko’nglin ko’tarar”, „Kosang joningga huzur”, „Senga qalqon usti-bosh‘ „Parcha go’sht bo’lib yurar”, „Jish Toshbaqa” kabi ibora, birikma va gapiar uchraydiki, ular ustida ishlashda „Bunday majorolar qachon va kimlar orasida bo’lib o’tishi m um kin?”, „Ularga hayotdan misollar keltiring“ kabi topshiriqlar berish, ulardagi m a’noni boshqacha yo’sinda bayon ettirish, o ‘zaro taqqoslash, ta ’sirchanligidagi farqni aniqlatish katta ta’limiy ahamiyat kasb etadi. M asalan: „Bola ko’nglin ko‘tarar“ — Bolasiga yaxshi gapiar gapirar, „Kosang joningga huzur“ — Kosang joningni, sog‘lig‘ingni asraydi“ kabi.
O’qish kitoblarida turli janrdagi badiiy asarlar va ilm iy-omm abop maqolalar berilgan. Istalgan asarning obyektiv mazmuni butun borliq, mavjudot, uning turli tom onlari, dalillar va ularning bir-biriga ta ’siri hisoblanadi. Badiiy asarda hayot obrazlar orqali tasvirlanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, badiiy asar markazida inson, uning jam iyat va tabiatga munosabati turadi.
Badiiy asarda borliqni, voqelikni obrazlar vositasida tasvirlash, obyektiv mazmun va subyektiv bahoni aniq m aterialda berish haqidagi qoidalar metodika uchun katta nazariy-amaliy ahamiyatga ega.
Birinchidan, badiiy asar ustida ishlashni tashkil qilishda obrazlar va muallifning asarda tasvirlangan voqealarga munosabati o’qituvchining diqqat markazida turadi. O ‘quvchilar voqelikni obrazlar orqali tasvirlashning o’ziga xos xususiyatlarini tushuna boradilar.
Ikkinchidan, har qanday badiiy asarda aniq tarixiy davrdagi voqealar tasvirlanadi. Shuning uchun asarda tasvirlangan voqealarga tarixiy yondashilgan taqdirdagina m atnni to ‘g ‘ri o’qish, qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati sabablarini tushunish, dalillar va voqealarni haqqoniy baholash mumkin. Buni boshlang’ich sinflarga tatbiq etganda, aw alo, bolalarni asarda tasvirlangan davr bilan qisqacha tanishtirish, keyin o’quvchilarda qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakatini ular yashagan davr va ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda baholashni o’stirish zarur.
Uchinchidan, yozuvchining hayoti va qarashlarini o’quvchilam ing yoshlariga mos ravishda tanishtirish maqsadga muvofiq.
To’rtinchidan, badiiy asarni tahlil qilishda o’quvchilarni asarning g’oyaviy yo’nalishini tushunishga o’rgatish m uhim dir, bu asam i to’g’ri idrok etish uchun, m atn ustida ishlash ko’nikm asini, o’quvchilam ing dunyoqarashini shakllantirish uchun zarur. M uallif badiiy asarda tasvirlangan hayotiy dalillarga, ijtimoiy hodisalarga, jam iyatning u yoki bu tabaqasi vakillariga o ‘z munosabatini ifodalashga harakat qiladi. Yozuvchining hayotiy materiallarga bahosi aniq dalillar asosida yaratilgan badiiy asarning g’oyaviy mag’zini tashkil etadi. Asarning g’oyaviy yo’nalishi yozuvchining dunyoqarashiga bog’liq. Asarning tar biyaviy ahamiyati, o’quvchiga ta ’sir kuchi uning g’oyaviy yo’nalishiga bog’liq.
Badiiy asar ustida ishlashni to ‘g ‘ri tashkil qilish uchun shakl va mazmun birligi haqidagi qoida ham e’tiborga olinadi.

Qiziqarli malumotlar
Ma’ruza: boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilishning metodik shartlari