MARTEN PECHI

MARTEN PECHI

MARTEN PECHI — chuyan, temirtersak va temir rudasini kayta eritib poʻlat olinadigan alangali regeneratorli pech. Ikki asosiy qism: ustki kurilma va pastki qurilmadan iborat. Birinchi Marten pechi Fransiyada 1864-y. da qurilgan (1865-y. da ishga tushirilgan). P. Marten nomi bilan atalgan. Muqim (statsionar) va tebranma qismlarga bulinadi. Muqim Marten pechi ustki kurilma, ish bushligi va kallaklardan iborat. Kallaklar ish boʻshligʻining ikki tomonida joylashgan. Bu kiyem regeneratoraya oddindan qizdirilgan (1100 — 1200° da) gazeimon yonilgʻi va havoni galmagal berib turish va yonilgʻida ajraladigan mahsulotlar (gazlar) ni tashqariga chiqarish uchun xizmat qiladi. Pechning ish boʻshligʻida 1800° va bundan yuqori t-rada eritish jarayoni amalga oshadi. Xom ashyo (choʻyan, temirtersak, temir rudasi, flyus va b.) pechga maxsus mashinalarda odd devordagi tuynuk orqali solinadi. Tayyor poʻlat chiqarish teshigidan chiqarib olinadi.

Ensiklopediya.uz
MARTEN PECHI