Mart oyida kichik korхonalar tanlama kuzatuvi oʻtkaziladi
Kuzatuv Davlat statistika qoʻmitasining 2017 yil 27 fevraldagi 11-son buyrugʻiga muvofiq joriy yilning 28-31 mart kunlari oʻtkaziladi. Mazkur hujjat bilan “Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini amalga oshirgan mikrofirma va kichik korхonalar tanlama kuzatuvini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha vaqtinchalik tartib” tasdiqlandi.
Mamlakatimiz ilmiy salohiyatining rivojlanishida mikrofirma va kichik korхonalarning salmogʻini baholash uchun zarur boʻlgan statistik ma’lumotlarni shakllantirish ushbu kuzatuvning maqsadi hisoblanadi.
Shuni inobatga olib, Davlat statistika qoʻmitasi ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalari bilan shugʻullanadigan mikrofirma va kichik korхonalarning mazkur soʻrovda faol ishtirok etishlarini soʻraydi.
2-fan kuzatuv anketasini toʻldirish va toʻldirilgan anketalarni taqdim etish joriy yilning 10 mart kuni Davlat statistika qoʻmitasining veb-saytida joylashtiriladigan eStat 2.0 tizimi orqali elektron koʻrinishda amalga oshiriladi.
Savollarga javoblar
Mart oyida kichik korхonalar tanlama kuzatuvi oʻtkaziladi
manba:norma.uz