MARSO

MARSO

MARSO Marsel (1923.22.3, Strasburg, Fransiya) — pantomima sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan fransuz mim aktyori. 1940-y. larda Sara Bernar teatri qoshidagi dramatik studi-yada aktyorlik mahoratidan taʼlim olgan, keyinroq Sh. Dyullen va E. Dekru kabi sahna ustalaridan pantomima sirlarini oʻrgangan. 1947-y. Parijda «Mimlar hamdoʻstligi» truppasini tashkil etib, 1960-y. gacha unga rahbarlik qilgan. Oʻrta asrlardagi «Komediya del arte» teatri qahramoni Pyero va Charli Chaplin taʼsirida yaratilgan Bip obrazi orqali bir qancha pantomimik spektakllar («Bip-sport qiroli», «Bip — skripkachi», «Bip — hayvon urgatuvchi», «Parij yigʻlamoqda», «Parij kulmoqda», «Yarmarka», «Rassom» va b.) yaratdi. «Oʻspirinlik, yetuklik, qarilik, oʻlim» nomli miniatyurasi b-n mashhurligi yanada oshdi. Marso ijodi mim sanʼati anʼanalarini rivojlantirishga qoʻshgan katta hissasi, chuqur insoniy haqiqat bilan sugʻorilganligi, fikr oʻtkirligi, yorqin obrazlar umumlashmasi bilan ajralib turadi. 1978-y. Parijda pantomima maktabini tashkil etdi va hozirgacha unga rahbarlik qilib kelmoqda. Pantomima tarixi va nazariyasiga oid kitoblar muallifi.

Ensiklopediya.uz
MARSO