MARS

MARS

«MARS»Mars va kosmik fazoni oʻrganish uchun uchirilgan SSSR sayyoralararo avtomatik kosmik st-yalarning nomi. 1962—77 y. larda 7 ta «M». uchirilgan. Bortida radiotexnika as-boblari, avtomat st-yani Marsga tushiruvchi apparat, quyosh batareyalari, raqamli hisoblash mashinasi, teleskop, fototelevizion kamera va b. apparatlar oʻrnatilgan. Tushiruvchi apparat ekran-vakuum issiklik izolyatsiyasi, atm. bosimini oʻlchaydigan asboblar va b. bilan jihozlangan. Mars eltuvchi raketalar yordamida uchirilgan. «M-1» yordamida (1962) Yer bilan Mars orbitalari orasidagi kosmik fazoning fizik xossalari, kosmik nurlanish intensivligi va fazoning boshqa fizik xossalari oʻrganildi. «M-2» va «M-3» (1971) Mars sirtining tuzilishi, radionurlanishi, magnit maydoni va b. oʻrganildi. «M-3» sayyora sirtiga qoʻndiriladigan ilmiy kuzatuv apparatni ham yetkazdi. Ular 8 oy davomida Mars atmosferasi, sirtqi qatlamning harorati, suv bugʻi mikdori va b. ni tekshirdi. «M-4» 1973-y. da Mars sirtini fotosuratlarga tushirdi. «M-5» (1974) Mars sirtiga qoʻndirilgan apparatlarning joyini fotosuratlarga oldi. «M-6», «M-7» (1974) Mars sirtiga ap-paratlarni ohista qoʻndirdi va atmos-ferani tekshirdi. Ular Marsning sunʼiy yoʻldoshi orbitasida va uning sirtida turib, televizion tasvirlarni Yerga yetkazish masalalarini sinovdan oʻtkazdi. Bundan tashqari, kosmik apparatlar yordamida olingan fotosuratlarda Mars sirtidagi yil fasllariga qarab oʻzgaradigan qoramtir sohalarning chegaralari Yerdan turib olingan fotosuratlarga oʻxshamasligi, ular asta-sekin yorugʻ sohalarga tutashib ketishi aniqlandi.

Ensiklopediya.uz
MARS