MARODYORLIK

MARODYORLIK

MARODYORLIK (frans. maraudeur — talonchi) — harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarning bir turi; halok boʻlganlarning yoki yaradorlarning buyumlarini egallash. OʻzR Jinoyat kodeksi boʻyicha, bunday jinoyatni sodir etganlar 5 y. dan 10 y. gacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Xalqaro huqukda Marodyorlik kengroq maʼnoda qoʻllaniladi (dushman hududi aholisini talash ham shunday jinoyat hisoblanadi) va unga xalqaro tusdagi harbiy jinoyat sifatida qaraladi.

Ensiklopediya.uz
MARODYORLIK