MARKOVIN Ivan Vasilyevich
MARKOVIN Ivan Vasilyevich (1878,Tver gubernyasi — 1947, Toshkent) — sud tibbiyoti mutaxassisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1941), prof. (1928), tibbiyot fanlari d-ri (1936). Moskva untining tibbiyot f-tini tugatgan (1908). Varshava untida, 1918-y. dan Rostov untining normal anatomiya kafedrasida ishlagan. ToshTI sud tibbiyoti kafedrasi mudiri (1928—46). Ilmiy ishlari sud tibbiyoti ekspertizasining dolzarb masalalariga bagʻishlangan.
Ensiklopediya.uz
MARKOVIN Ivan Vasilyevich