MARJUMAK

MARJUMAK

MARJUMAK, grechixa (Fagopyrum) — torondoshlar oilasiga mansub oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; don ekini; 4—5 turi maʼlum. Vatani — Oʻrta va Kichik Osiyo. Fransiya, AQSH, Kanada, Xitoy, Hindistonda ekma Marjumak (F.esculentum) turi katta maydonlarga ekiladi, shuningdek, namsevar boʻlgani sababli Ukraina, Boshqirdi-ston, Uzoq Sharqda yaxshi hosil olinadi. Bir yillik tatar Marjumaki (F.tataricum) turi begona oʻt tarzida uchraydi. Dehqonchilikda mil. av. 3ming yillikdan boshlab ekiladi.

Ensiklopediya.uz
MARJUMAK