MARJINALIZM
MARJINALIZM (frans. marginal – chegaraviy, eng soʻnggi) — iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni tadqiq qilish uchun chegaraviy kattaliklar tahlilidan foydalanishga asoslangan metodologik tamoyillardan biri. Dastlab 19-a. ning oʻrtalarida A. Kurno (Fransiya), N. Tyunen va G. Gossen (Germaniya) birinchi boʻlib, marjinal tahlilni iqtisodiy nazariyaga kiritishga harakat qildilar. 19-a. ning oxirgi choragida ingliz U. Jevans, avstriyalik K. Menger, shveysariyalikL. Valras Marjinalizmning nazariy asoslarini yaratdilar. 19-a. ning 90-y. laridan Marjinalizm subyektiv-psixologik yoʻnalishdan iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud shart-sharoitlar asosida tushuntirib berishga oʻtdi. Natijada yangicha iqtisodiy gʻoyalar namoyandalari klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi.
Ensiklopediya.uz
MARJINALIZM