Mariya Kyuri. Elementlar va radioaktivlik.
Mariya Kyuri.
Elementlar va radioaktivlik
Mariya Kyuri — Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan ilk ayoldir. Eri Pyer Kyuri bilan birgalikda u radioaktivlik hodisasini kashf qildi. Ushbu kashfiyot olimaning keyingi yorqin ilmiy faoliyatining ibtidosi bo‘lib xizmat qildi. Kyuri ilmiy faoliyatining eng yuqori cho‘qqisida, uning izlanishlari evaziga Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalida ikkita yangi element — radiy va poloniy paydo bo‘ldi. Mariya Kyuri tinib-tinchimas, izlanishlardan charchamaydigan va mehnatdan qochmaydigan ayol edi. Hatto eri Pyerning bevaqt o‘limi ham uning ilm-fanga bo‘lgan jo‘shqin ishtiyoqini so‘ndira olmadi. U o‘z ilmiy tadqiqotlarini o‘ta kamtarona jihozlangan, moddiy-texnik bazasi nihoyatda g‘arib laboratoriyada olib borgan. U bajargan tajribalarda o‘z tanasiga muayyan nurlanish dozalarini qabul qilar va bu uning salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirar edi. Shunga qaramay olima izlanishlarni hech qachon to‘xtatib qo‘ymagan. Birinchi jahon urushi yillarida Mariya Kyuri o‘z ilmiy izlanishlarining amaliy natijalarini, kasal va yaradorlarni davolash maqsadlarida tibbiyot xizmatiga qo‘ya oldi. Olimaning hayoti intihosi ham uning ilm-fanga bo‘lgan beqiyos muhabbati in’ikosi edi. U o‘z hayoti uchun xavfli sharoitlarda ishlab, ilmiy izlanishlar yuritgan bo‘lsa-da, lekin u qilgan kashfiyotlari minglab insonlarning hayotini saqlab qoldi.
Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko‘rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.
Muallif: — Adela Munoz Paez, 2012 (Asl nusxa, Barcelona, RBA Collectionables S.A. 2012).
o‘zbek tiliga www.Orbita.Uz sayti tarjimasi
Tematik yo‘nalishi: Kimyo, radioaktivlik, radioaktiv elementlar, biografiya, olimalar,
Tarixi: www.Orbita.Uz elektron kutubxonasii, 2017 yil.
Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .pdf formatidagi, kompyuterda terilgan.
Grafikasi: O‘zbek tili lotin alifbosida.
Yuklab olish (4.4 mb)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Kimyo
Mariya Kyuri. Elementlar va radioaktivlik.
Manba:orbita.uz