MARIUPOL
MARIUPOL (1948-89 y. larda Jdanov) — Ukrainaning Donesk viloyatidagi shahar, Azov dengizidagi port. T. y. stansiyasi. Axoliyey 504 ming kishi (1997). 2 metallsozlik k-ti (shu jumladan «Azovstal»), mashinasozlik (ogʻir mashinasozlik, «Elektrobыtpri-bor», kema taʼmirlash va b. z-dlar), kimyo va kokskimyo, oziq-ovqat sanoati mavjud. Metallurgiya in-ti, teatr, oʻlkashunoslik, etnografiya muzeylari bor. Iqlimiy va balchiq bilan davolash kurortlari faoliyat koʻrsatadi. Mariupolga 1778-y. da asos solingan, 1779-y. dan shahar huquqini olgan.
Ensiklopediya.uz
MARIUPOL