MARHAMAT TUMANI
MARHAMAT TUMANI — Andijon viloyatidagi tuman, viloyatning jan. qismida joylashgan. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. 1963-y. da Marhamat tumani yondosh tuman bilan birlashtirilib tuman markazi Marhamat tumani dagi Rus – f skoye selo posyolka – ( _ — siga koʻchirilgan. 1965-y. 15 fev. da tuman nomi oʻzgartirilib tuman markazi hoz. Asaka shla kuchirilgan. 1970-y. 7-dekabrda Marhamat tumani nomi bilan qayta tashkil etilgan. Marhamat tumani shim. da viloyatning Asaka, Xoʻjaobod, Buloqboshi tumanlari, sharq va jan . da Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatining Aravon tumani, gʻarbda Fargʻona viloyatining Quva tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,32 ming km2, aholisi 119,8 ming kishi (2000). Marhamat tumanida 1 shahar (Marhamat), 1 shaharcha (Polvontosh), 5 qishloq fuqarolari yigʻini (Marhamat, Qorabagʻish, Shukurmergan, Qoraqoʻrgʻon, Koʻtarma) bor. Markazi — Marhamat sh.
Ensiklopediya.uz
MARHAMAT TUMANI