Marganets (Mn) haqida to’liq malumot oling

Marganets (Mn) haqida to’liq malumot oling

Marganets (Mn) haqida

Organizmda marganetsning vazifalari:

• qonda glyukoza miqdorini tartibga solish, askorbin kislota ishlab chiqarishni rag‘batlantirish;

• qonda qand darajasini pasaytirish orqali qandli diabetni oldini olish;

• miya faoliyatini va asab tizimidagi jarayonlarni normallashtirish;

• oshqozon osti bezi ishida va xolesterin sintezida ishtirok etish;

• biriktiruvchi to‘qimalar va suyaklarning o‘sishiga yordam beradi;

• lipidlar almashinuviga ta’sir ko‘rsatish va jigarda yog‘ning ortiqcha to‘planishini oldini olish;

• hujayra bo‘linishida ishtirok etadi;

• «yomon» xolesterin faolligin pasaytiradi va xolesterinli blyashkalar paydo bo‘lishiga qarshilik qiladi.

Sutkalik ehtiyoj: 5–10 mg (kattalar uchun)

Marganetsga boy mahsulotlar:

yong‘oqlar, don va don mahsulotlari, dukkaklilar, sabzavotlar, ko‘katlar, rezavorlar, mevalar, qo‘ziqorinlar, mol go‘shti jigari.

Marganets yetishmovchiligi belgilari:

Ko‘p miqdorda uglevodlar (shirinliklar) iste’mol qilish organizmdan ko‘p miqdorda marganets chiqib ketadi va quyidagi belgilar kuzatiladi: kamqonlik, suyak kuchining pasayishi, o‘sishning kechikishi, ayollarda tuxumdonlar va erkaklarda moyaklar atrofiyasi.

Ortiqcha marganetsning belgilari:

Bu ham organizm uchun yaxshi emas, uning namoyon bo‘lishi uyquchanlik, mushaklarda og‘riq, ishtahaning yo‘qolishi va suyak shakllanishidagi o‘zgarishlar — «marganets» deb ataladigan raxit rivojlanishi mumkin.

@taomlanish_ilmi

Boshqa mavzular
Marganets (Mn) haqida