Maqtovlarga munosabat


Maqtovlarga munosabat
DO`STLARGA ULASHING:
Maqtovlar ham misoli zardek noyob bo‘lsagina qadrli.
B. JONSONMaqtov doim oqilonalikdir.
F. M. DOSTOEVSKIYMaqtashga arzirli odamlarning maqtovigina yoqimlidir.
GNEY NEVIYSendan hech qanday muruvvat ko‘rmagan kishininggina maqtovi eng durust maqtovdir.
ABUL FAROJMuttahamning maqtoviga uchishdan ham ortiqroq xunuk ish yo‘q.
R. ShUMANBama’ni maqtov gapirgani ham, maqtalganni ham yerga uradi.
F.GRIMMYaramas shaxsni maqtash bilan maqtaluvchining obro‘yi oshmaydi, maqtaganning yuzi qora bo‘ladi.
P. A. VYaZEMSKIYKimki seni maqtasa, shu rostligini bilish uchun o‘zingni tekshirib ko‘r
KATONAgar maqtovni noloyik deb topsang, bilginki, bu xushomad.
DEMOKRITSeni maqtasalar, tananga yaxshilab o‘ylab ko‘r, o‘zing shunga loyiqmisan, loyiq bo‘lsang, bilginki, seni kalaka qilishgan.
F. ChESTERFILDOmadli odam shaxsiy fazilatlarim uchun meni yaxshi ko‘radilar, deya hech qachon o‘ylamasligi kerak.
LUKANMe’yorsiz maqtov – yomon maqtov: kishini ko‘tar-ko‘tar gaplar emas, dalillar maqtashi kerak.
J. LABRUERBama’ni odam vaqt o‘tishi bilan maqtov va har turli izzatlarga deyarli har doim befarq bo‘lib qoladi.
J. LEOPARDIG‘oyat irodasiz va g‘oyat kaltafahm odamgina o‘zi sazovor bo‘magan maqtovlardan huzurlanishi mumkin.
A. SMITBiz hayotdagi yutuqlarimizga qanchalik ikkilansak, maqtovlar va dovruqlarga shu qadar orzumand bo‘lamiz.
A. BERGSONFoydali tanbehni soxta maqtovdan a’lo ko‘radigan aqlli kishilar barmoq bilan sanoqlidir.
F. LAROShFUKOAhmoqning tanbehi ham — maqtovdek gap.
SENEKAO‘zimizda yetishmaydigan fazilatlarga taalluqli maqtovlar doimo bizga yoqadi. Ahmoqqa aqllisan, aldoqchiga do‘nyodagi eng rostgo‘y odamsan, deb ko‘ring, u darhol sizga quchoq ochadi.
G. FILDINGAhmoq bizni maqtashi bilan u darrov ko‘zimizga bama’ni bo‘lib ko‘rinadi.
F. LAROShFUKOBiz halol maqtovlarni e’tiborsiz qabul etamizda, qilmagan ishlarimizni maqtaganlarida esa buni o‘zimiz bilib tursak ham minnatdor bo‘lib tinglaymiz.
O.GOLDSMITAyrim hollarda bizga g‘irt yolg‘onligi ma’lum maqtovlar ham yoqaveradi.
L. VOVENARGXushomad — soxta chaqa bo‘lib, manmanligimiz tufayligina mUomalada yuradi.
F. LAROShFUKOAgar biz o‘zimizga-o‘zimiz xUshomad qilmaganimizda birovning xUshomadidan bUzilmasdik.
F. LAROShFUKOXUshomadga o‘ch odamning tengi xUshomadgo‘y.
V. ShEKSPIROrtiqcha maqtovni men og‘U deb bilaman.
I. A. KRILOVMaqtov yoqqan odamni o‘ buzadi.
J. J. RUSSOX,azilga yo‘yib ham yolg‘on gapirish, maqtash kerak emas. Sen haqingda istagan odam nima o‘ylasa-o‘ylayversin, sen qanday bo‘lsang, o‘shandayligingcha qolaver.
V. G. BELINSKIYSizni maqtab, o‘zgalarni yomonlaganning so‘zini hech tinglamang.
L. TOLSTOYKimki tabiatan qo‘rqoq bo‘lsa, o‘zi biror-bir jasrrat ko‘rsatishi u yoqda tursin, hatto o‘rtoqlarini ham vahimaga soladi.
TOMAS MORBizning mamlakatimizda qo‘rqoq nafratga loyiq maxluqdir… Qo‘rqoq — bugungi sotqin na so‘zsiz, kurashda ham xoindir.
N. A. OSTROVSKIYBir marta qo‘rqoqlik qilgan odam kelasi safar ham shunday qiladi.
J. GOLSUORSIQo‘rqoqlik hech qachon axloqiy bo‘lolmaydi.
M. GANDIQo‘rqoqlik — rahmsizlikning boshi.
M. MONTENRahmsizlik hamisha ojizlik, qo‘rqoqlik, vahimadan kelib chiqadi.
K. GELVESIYQo‘rqoqlik kuchaysa qattiq -qo‘llikka o‘tadi.
G. IBSENOdamlarni qo‘rqitishni istaganlar ayni paytda o‘z qo‘rqoqliklarini namoyon etadilar.
R. EMERSONNafrat — qo‘rqoqning qo‘rqib ketganidan paydo bo‘lgan o‘chi.
B. ShOUQo‘rqoq xavf o‘tgandan keyingina do‘q-po‘pisa qiladi.
I. GYoTEQo‘rqoqlik va hadik tufayli ortga chekinish hanuzgacha mohirona uddaburonlik hisoblanyb kelmoqda.
O. BALZAKOdam o‘z qilmishiii oqlash uchun bir sababdai boshqa har qanday sababni topadi, o‘z jinoyatlarini oqlash uchun bir bahonadan boshqa har qanday bahonani topadi, o‘z tinchini ta’minlash uchun bir vajdan boshqa har qanday vajni topadi-yu, faqat qo‘rqoqligini o‘ylamaydi.
V. ShOUO‘ziga-o‘zi achinish jur’atsizlikning eng pastkash ko‘rinishir.
MARK AVRELIYJur’atsizlik bizda faqat nafrat uyg‘otadi.
F. ShILLERErkak kishining barcha sa’yi harakati mardlarcha bo‘lishi kerak.
A. KAZBEGIXotinchalish erkak inson zoti uchun mudhish dogdir.
V. G. BELINSKIYQo‘rquvni yengish — odamning epg birinchi vazifasi. Uning tizzalari qaltirab tursa, harakatlari qullarcha davom etaveradi.
T. KARLEYLQo‘rquv aqllilarni tentak, kuchlilarni ojiz qiladi.
F. KUPERQo‘rquv tilyoglamalikni keltirib chiqaradi.
DEMOKRITQo‘rqoqni har qanday firibgar ham xo‘rlaydi.
P. BOMARShEQo‘rquvga qul bo‘lish — eng yomon qullik.
B. ShOUOdamning odamligi qo‘rquvni qay daraja yengishida bilinadi.
T. KARLEYLQo‘rqmay yashash kerak. Qo‘rqoqqa doim qo‘sha ko‘rinadi,mard odamga esa har qanday og‘ir ish ham oson tuyuladi.
F. V. GLADKOVziyouz.uz
Maqtovlarga munosabat